148
WINDOWS NT OT ning birinchi versiyasi bozorda 1993 yilda paydo bo’ldi,
hozirgi vaqtda esa uning 3. 0 va 4. 0 versiyalari turli xil tashkilotlar, banklar, sanoat
korxonalari va shaxsiy foydalanuvchilar tomonidan keng qo’llanilmoqda.
Windows ni ba’zi imkoniyatlari quyidagilardir:
Universal grafika – Windows dasturlarning qurilmalarga va dastur ta’minotiga
bog’liqsizligini ta’minlaydi.
Yagona interfeys – Windows da foydalanuvchining muloqati yagona, ya’ni turli
dasturlar bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalaninishingiz mumkin.
Mavjud dastur ta’minoti bilan muvofikligi – Windows MS DOS ning barcha amaliy
paketlari, muxarrirlari, elektron jadvallari ishini ta’minlaydi.
Ko’p masalaligi- Windows bir paytning o’zida bir necha
xujjat va dasturlar bilan
ishlaydi, bir dasturdan boshqasiga o’tishni ta’minlaydi. Mavjud tezkor xotiradan to’liq
foydalanish imkoniyati mavjud. Qurilma resurslaridan xam to’liq foydalaniladi.
Windows qurilmalari ora sidagi muloqotni dasturlarning o’zi ta’minlaydi.
Ma’lumotlar almashinuvi - Windows dasturlararo ma’lumot almashish imkoniyatiga
ega. Bu maxsus Clipboard (ma’lumot almashish buferi), yoki DDE (Dinamic Data
Exchange-ma’lumotlarning dinamik almashinuvi, ya’ni boshqa dastur natijalardan
foydalanishi), OLE (Obiect-Linking Emboding- dastur ilovalarida ma’lumotlardan
taxrirlangan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi.
Dasturlardan foydalanishning oddiyligi tufayli foydalanuvchini o’rgatishga talablar
kamayadi va tajribali foydalanuvchilar tizimining yangi
imkoniyatlarini tashqi
yordamsiz o’zi o’rganishi mumkin. Buning uchun “Pusk”- ishga tushirish tugmasidan,
masalalar panelidan, Provodnik dasturidan, yordam berishning yangi tizimlari va
imkoniyatlaridan foydalaniladi.
MICROSOFT firmasi WINDOWS dasturini 1983 yilda yaratib, dastlab,WINDOWS-
3.1-WINDOWS-3.11 versiyalari, WIDOWS-95, WINDOWS-98 , WINDOWS-2000 ,
keyinchalik esa WINDOWS-XP versiyasi yaratildi va
Respublikamizda ayni vaqtda
oliy va o’rta maxsus bilim yurtlari o’quv jarayonida qo’llanilmoqda. Windows
so’zining ma’nosi “darchalar”,”oynalar”. Windowsga kirganda dasturlar oynalarda
bajariladi. Oynalarning piktogrammalarga kichraytirish mumkin. Bu esa ekrandan
unumli foydalanish imkonini beradi.
1-Topshiriq.
Har bir guruh “Tarmoq sestemalari” so’ziga doir klaster tuzish topshiriladi,
muxokama qilinib umumlashtiriladi.