3
KIRISH
Insoniyat kashfiyotchiligining ne‘mati bo‗lgan avtomobil
bugungi kunda barcha
sohalarni rivojlanishida o‗zining katta hissasini qo‗shib kelmoqda. Avtomobilning
yaratilishi va foydalanish davrini shartli uchta bosqichga bo‗lishimiz mumkin:
■
loyihalash;
■
ishlab chiqarish;
■
ekspluatatsiya davri.
Bu ma‘ruzalar matnida mutaxasislar tomonidan loyihalanib
ishlab chiqarilgan
avtomobillarning umumiy tuzilishini, ekspluatatsiya davrida
uchraydigan nosozliklar
hamda ularga texnik (servis) xizmat ko‗rsatish turlari ko‗rsatilgan.
Ma‘ruzalar matnida hozirgi vaqtda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan har xil
rusumli yengil avtomobillarini va hozirda Respublikamizda ko‗p tarqalgan chet elda
ishlab chiqarilgan avtomobillar konstruksiyasi misolida avtomobilning asosiy qismlari,
mexanizm
va tizimlarining vazifasi, turlari, tuzilishi,
ishlash prinsipi, konstruktiv
xususiyatlari hamda ulardan foydalanishda uchraydigan
nosozliklar batafsil bayon
etilgan.
Yuk va yo‗lovchilarni o‗z vaqtida manziliga yetkazish uchun mavjud
avtomobillarga kamroq mablag‗ sarflagan holda, ularning texnik tayyorgarligini yuqori
darajada ta‘minlab turish zarur. Buning uchun avtomobillarga
muntazam ravishda
texnik (servis) xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash ishlarini bajarish,
ularning saqlash
joylari, ehtiyot qism va materiallar bilan ta‘minlash va boshqa xizmatlar majmuini
amalga oshirish lozim.
Hozirgi vaqtda hech bir soha yo‗qki, unda avtomobil transportidan foydalanmasa.
Xususan, yo‗lovchilar va yuklarni tashish hamda
maxsus ishlarni bajarishda
avtomobillardan foydalaniladi.