8
Yaponiya va Germaniyadan so‗ng uchinchi davlat deb topildi. 2011-yil
Rossiyada
«Eng yaxshi avtomobil» sifatida O‗zbekistonda ishlab chiqarilgan «SPARK»
avtomobili - deb topildi.
Bir so‗z bilan aytganda «GM-Uzbekiston» qo‗shma korxonasi keyingi o‗n yilda
mamalakat eksport salohiyatining qariyb 7,6 foiziga
oshishiga munosib hissa
qo‗shmoqda. Eng muhimi dastlabki kezlarda atigi 3 rusumdagi avtomobillar ishlab
chiqarilardi. Hozirda esa konveyrlarda 8 turdagi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.
Ayni paytda yana 3 ta loyiha uchun zarur mablag‗lar ajratilgan.
Endilikda esa ular
bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
«GM-UZBEKISTON» (UzDAEWOO) qo„shma korxonasining qisqacha tarixi:
1992-yil iyun oyi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Janubiy
Koreyaga
birinchi marta tashrif buyurib, DAEWOO zavodi bilan tanishdi.