|
Avtomobilning rivojlanish tarixiBog'liq Ma\'ruza №1 (3)1.1. Avtomobilning rivojlanish tarixi
1.2 Respublikamizda avtomobilsozlikning rivojlanish bosqichlari
1.3. Yengil avtomobillarning umumiy tuzulishi
Avtomobillarning birinchi avlodlari ot tortadigan aravalar shaklida ishlanib, unga
oldingi g‗ildirakni aylantirish uchun bug‗ dvigateli o‗rnatilgan.
Avtomobil kashfiyotchilarning bug‗ dvigatelini rivojlantirish, takomillashtirish va
uning ustida uzoq yillar mobaynida tinimsiz ish olib borilishi natijasidir. Bir necha
yillar davomida bug‗ dvigateli asosida bir qancha o‗ziyurar avtomobillar yaratildi.
Birinchi mukammal harakatlanuvchi bug‗ avtomobilini 1769-yilda fransuz harbiy
injeneri Nikol-Jozef Kyunyo yaratdi (1.1-rasm).
Bu avtomobilda bug‗ dvigateli oldingi g‗ildiragiga o‗rnatilgan bo‗lib, oldingi
g‗ildirak ham yetakchi ham boshqariluvchi bo‗lgan. Bug‗ dvigatelining bunday
o‗rnatilishi aravani boshqarishda qiyinchiliklar tug‗dirardi, chunki g‗ildirak o‗ng yoki
chap tomonga burilganda u bilan birga katta hajmga ega bo‗lgan bug‗ qozoni ham
buriladi.
Kyunyoning bug‗ avtomobili asosan yuk tashishga mo‗ljallangan bo‗lib ko‗proq
harbiy maqsadlarda (artileriya qurollari va snaryadlarni tashishda) qo‗llanilgan.
Avtomobilning umumiy og‗irligi 4 tonna bo‗lib, uning tezligi 3 tonna yuk bilan 2-4
km/soatni tashkil qilgan. Ushbu bug‗ avtomobilini dastlabki yuk avtomobili deyish
mumkin. Avtomobil ikki ot kuchiga teng bo‗lgan quvvatga qiyinchilik bilan erishardi.
Qozon katta hajmga ega bo‗lib, buning bosimi tez orada pasayib qolardi. Bosimni bir
maromda ushlab turish uchun har chorak soatda to‗xtab olovni kuchaytirish kerak
bo‗lgan. Bu ish «kochegar» tomonidan amalga oshirilgan va ko‗p vaqt talab qilar edi.
|
| |