2008-yil mart oyi. Yangi GM-UZBEKISTON qo‗shma qorxonasi tashkil topdi va
Shevrolet markasi ostida CAPTIVA, EPICA, TACUMA avtobillari ishlab chiqarila
boshlandi. 2008-yil mart oyi. NEXIA-2 avtomobilining prezentatsiyasi o‗tkazildi va ishlab
chiqarish boshlandi.
2010-yil. SPARK avtomobilining prezentatsiyasi o‗tkazildi va ishlab chiqarish
boshlandi.
2011-yil avgust oyi.CAPTIVA-2 avtomobilining prezentatsiyasi o‗tkazildi va
2012- yilning fevral oyidan boshlab ishlab chiqarildi. 2012-yil mart. MALIBU avtomobilining taqdimoti bo‗lib o‗tdi va 2012-yilning
iyun oyidan boshlab ishlab chiqariladi. 1.3. Yengil avtomobillarning umumiy tuzilishi Insoniyat hayotini avtomobilsiz tasavvur qilish qiyin. Avtomobilning bajaradigan
funksiyasiga qarab to‗g‗ri ekspluatatsiya qilinsa, uzoq muddat ishonchli va chidamli
xizmat qiladi.
Avtomobil - o‗zi harakatlanuvchi (avto-grekcha o‗zi, mobil -lotincha
harakatlanuvchi) degan ma‘noni bildiradi.
Avtomobil - mustaqil energiya manbaiga ega bo‗lgan, quruqlikda relssiz yo‗llarda
yuk va odamlarni tashishga yoki unga o‗rnatilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni
bajarishga mo‗ljallangan, kamfortabellik va xavfsizlikka ega bo‗lgan g‗ildirakli
mashinadir.
Vazifasiga ko‗ra avtomobillar quyidagi turlarga bo‗linadi.
AVTOMOBIL
10 Transport avtomobillariga yo‗lovchi, yukvayuk-yo‗lovchitashuvchi
avtomobillari kiradi.
Maxsus avtomobillar ma‘lum ishlarni bajarishga mo‗ljallangan mexanizm, asbob
va uskunalar bilan jihozlangan bo‗ladi. Bularga sanitariya, o‗t o‗chirish, ko‗cha
supirish, yuk ortish kabi avtomobillar kiradi.