7
quvvatiga ega edi. Bu avtomobillarga ehtiyot qism va materiallarning o‗zimizda
mahalliylashtirish dasturiga asosan ishlab chiqarish joriy qilinmoqda. Tinimsiz
izlanishlar natijasida «TICO» avtomobili o‗rniga «MATIZ», «SPARK», «DAMAS»
avtomobilining
kuchaytirilgan varianti, «NEXIA» avtomobili o‗rniga «NEXIA-2»,
«LACETTI» avtomobillari ishlab chiqarilib, Respublikamiz va chet mamalakatlarda
avtoishqibozlar e‘tiborini tortmoqda.
O‗zbekiston avtomobil sanoatini yanada
rivojlantirish maqsadida GM
korparatsiyasi bilan shartnoma tuzilib, zavod «GM-Uzbekiston» qo‗shma korxonasiga
aylantirildi va quvvati yiliga 250 000 donaga oshirildi.
Shu bilan bir qatorda 1999-yil Samarqand shahrida O‗zbekiston - Turkiya qo‗shma
korxonasi «Sam-Koch-avto» zavodidan «OTOYO‘L» markali kichik rusumdagi
avtobuslar va ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillari ishlab chiqarilib,
ekspluatatsiya
qilindi. Keyinchalik bu zavod negizida O‗zbekiston-Yaponiya qo‗shma
korxonasi
«SamAvto» zavodi tashkil etilib, bu zavoddan ham «ISUZU» markali kichik rusumdagi
avtobuslar va ixtisoslashgan yuk avtomobillari ishlab chiqarilib, ekspluatatsiya
qilinmoqda.
Shuningdek, Samarqandda yana bir O‗zbekiston-Germaniya qo‗shma korxonasi
«MAN» yuk avtomobillari ishlab chiqarishga mo‗ljallangan zavod o‗z ishini boshlab
yubordi.
Avtomobilning yuragi hisoblangan motor dunyoda sanoqli davlatlarda ishlab
chiqariladi.
Shu bois, «GM-MOTORS» zavodi qurilishi bilan O‗zbekiston ham shu
davlatlar qatoriga qo‗shildi. Zavodning hozirgi kundagi quvvati yiliga 225 000 dona
motor ishlab chiqarishga mo‗ljallangan.
Mamalakatimizda avtomobil sanoatining rivojlanishiga juda katta e‘tibor
qaratilmoqda, jumladan, Davlatimiz rahbari Islom Karimov
Vazirlar Mahkamasining
2011-yil 21-yanvarda bo‗lib o‗tgan majlisida olib borilayotgan islohotlar ko‗lamiga
baho berib:
«Ozbekistonda avtomobilsozlik Asakadan boshlandi. Shu zavodni ochgan