161
Kompyuterlar axborotlarni qayta ishlovchi qurilma sifatida xizmat qilar ekan,
undan foydalanish inson uchun qulay va sodda bo’lishi kerak. Bunday imkoniyatni esa,
har bir foydalanuvchi o’ziga moslab «yaratib oladi».
Diskni tekshirish
Diskni tekshirish buyrug’i berilganda ekranda quyidagi oyna namoyon bo’ladi:
SkanDisk dasturi disklardagi nosozliklarni tekshiradi,
papkalar va asosiy
diskdagi fayllarning xatoliklarini aniqlaydi. Bu dasturdan ko’pincha Windowsdan
noto’g’ri chiqqanda (ya’ni kompyuterni noto’g’ri o’chirilganda) foydalaniladi.
Diskdagi fayllar bilan
ishlaganda operatsion tizim, o’zak katalog, fayllar
joylashish jadvali (FAT-Fail allocation Table), diskning
yuklanish dasturi yozilgan
qismidagi ma`lumotlardan foydalaniladi. Agar diskning tizimli qismi buzilsa, diskdagi
ma`lumotlardan to’la yoki qisman xam foydalanib bulmaydi. Diskning tizimli
bo’limini (Disk Edit turidagi dastur yordamida) qayta tiklash mumkin. Lekin bunday
ish foydalanuvchidan yuqori malaka va ko’p vaqt talab qiladi. Agar tizimli bo’lim
fayllarini doimiy ravishda Image dasturi yordamida nusxalanib qo’yilsa,
diskning
tizimli sohasi bo’zilganda uni qayta tiklash ancha yengil bajariladi.
Image.exe dasturi diskning tizimli sohasi haqidagi ma`lumotlarni Image.dat
fayliga yozib qo’yadi. Ushbu faylni yuklash jarayonida fayllar joylashish jadvali va
o’zak katalog haqida ma`lumotlar tasvirlanadi.
Har safar
Image.exe
fayli ishga tushirilganda undagi axborot yangilanib turadi,
faylning avvalgi xolati esa, Image.bak faylida saqlanadi.
Image. exe faylini ishga tushirish quyidagicha bajariladi: