156
1-topshiriq
Windows tarixida hozirgi kungacha bo’lgan siz bilgan versiyalarini tartib
bilan joylashtirib chiqing!
2-topshiriq
3-
topshiriq
Windows versiyalari
Mustahkamlash uchun savollar:
1.
Windows deganda nimani tushunasiz?
2.
Windows OT tarixi haqida nimalarni bilasiz?
3.
Windows ishchi muhitida nimalar qilish mumkin?
4.
Windows OT versiyalariga misollar ayting?
157
15-AMALIY MASHG’ULOT; FAYLLARGA HIZMAT KO'RSATUVCHI
DASTURLAR
Kompyuterga drayver o‘rnatish:
Bu birinchi qarashdagina murakkab tuyuladi. Aslida barcha drayverlar uchun bir xil
bo‘lgan
ketma-ketlikdagi
bir
necha
amallar
bajarilsa,
kifoya.
Barcha drayverlarning o‘rnatish fayllari mavjud bo‘ladi. Ular odatda Install.exe yoki
setup.exe ko‘rinishida bo‘ladi. Ushbu fayllarni bosganingizda ketma-ket darchalar
ochiladi. Ulardagi «Dalee» «(Keyingi) tugmasini bosib borasiz. O‘rnatishga oid
boshqa barcha jarayonlar avtomatik tarzda kompyuter tomonidan bajariladi.
Drayver o‘rnatayotganingizda bitta muammo chiqishi mumkin. Bu ham bo‘lsa,
tegishli qurilma topilmaganligi haqida xabar paydo bo‘lishi. Bu muammoni hal etish
uchun avvalo o‘rnatilayotgan drayver haqiqatan yangi qurilmaga tegishli ekanligini
tekshiring (barcha qurilmalar uchun universal drayver hozircha o‘ylab topilmagan!).
Agar drayver aynan shu qurilmaniki bo‘lsa, unda u qurilmaga qaraganda ancha keyin
chiqqan bo‘ladi, shuning uchun eski talqindagi drayverni topib, o‘rnating.
Drayver o‘rnatishning kompleks uslubi:
Drayver o‘rnatishning ikkinchi uslubi biroz murakkabroq bo‘lsa-da, bir marta unnab,
tushunib olsangiz, keyin har qanday drayverni muammosiz o‘rnata oladigan bo‘lasiz.
1. «Пуск» menyusiga kirasiz, «Мойкомпьютер» (Mening kompyuterim)
tugmachasiga strelkani olib borib, sichqonchaning o‘ng tomonini bosasiz. Paydo
bo‘lgan ro‘yxatdan «Свойство» (Xususiyatlar) ni tanlang.
2. «Оборудование» (Qurilmalar) sahifachasini tanlang va «Диспетчер устройств»
(Qurilmalar dispetcheri) tugmachasini bosing.
3. Paydo bo‘lgan darchada drayver o‘rnatish lozim bo‘lgan qurilmani tanlang va
sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing. Ro‘yxat ochiladi, undan «Свойства»
(Xususiyatlar) ni tanlaysiz.
E'tibor bering: drayver o‘rnatilmagan qurilma, odatda, so‘roq belgisi bilan ajratib
ko‘rsatilgan bo‘ladi. Agar o‘rnatilgan drayver talab darajasida ishlamayotgan bo‘lsa,
bunday qurilma undov belgisi bilan belgilangan bo‘ladi.
4. «Драйвер» sahifachasini tanlang va «Обновить» (Yangilash) tugmasini bosing.
5. «Нет, невэтотраз» (Yo‘q, bu gal emas)ni tanlaysiz va «Далее» tugmasini bosing.
158
6. Ikkita variant mavjud. Oldin «Автоматическая установка (рекоммендуется)»
(Avtomatik o‘rnatish (tavsiya etiladi))ni bosing, bunda kompyuter drayverni o‘zi
qidirib topish va o‘rnatishga harakat qladi. Agar topa olmasa, bu haqda xabar ekranda
chiqadi. Agar u topa olmasa, ortga qayting («Назад» (Orqaga) tugmasi yordamida) va
«Установка из указанного места» (Ko‘rsatilgan joydan o‘rnatish)ni tanlab, «Далее»
tugmasini bosing.
7. Keyingi darchada ham sizni ikkita yo‘l kutmoqda. Agar drayverli diskingiz bo‘lsa,
uni diskovodga joylasangiz va «Поиск на сменных носителях (дискетах, компакт-
дисках...)» (Almashinuvchan tashuvchilar (disketlar, kompakt-disklar va b.)larda
izlash) qarshisiga belgi qo‘yib, «Далее» tugmasini bossangiz bo‘ldi.
8. Kompakt-diskingiz bo‘lmasa, drayverni Internetdan yuklab olgan
bo‘lsangizu, arxivda setup.exe fayli bo‘lmasa, mana shunday hollarda drayverga
boradigan yo‘lni qo‘lda ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi. Oldingi bosqichda tasvirlangan
darchaga qaytasiz.
«Включить следующее место поиска:» (Qidiruv uchun quyidagi joyni
qo‘shish:) qarshisiga belgi qo‘yasiz va «Обзор» (Sharh) tugmasini bosasiz. Paydo
bo‘lgan ro‘yxatdan yuklab olingan drayver turgan joy (papka)ni tanlab, «OK»
tugmasini bosing. Yo‘lni ko‘rsatib bo‘lganingizdan so‘ng «Далее» tugmasini bosasiz
va drayverning o‘rnatilishi boshlanadi.
Ko‘rib turganingizdek, drayver o‘rnatish unchalik murakkab emas. Ha, yana bir
gap – yuklab olgan drayveringiz «drayvernomi.inf» ko‘rinishida bo‘lsa, bu faylga
sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va paydo bo‘lgan ro‘yxatdagi
«Установить» (O‘rnatish) ni tanlang.
Familiya nimani anglatadi? Qaysi oilaga mansubligimizni. Xuddi shu kabi,
fayllar formatlari ularning qaysi turdagi fayllar «oilasiga» tegishli ekanligini, ularni
qaysi dastur bilan ochish kerakligini ko‘rsatadi. Fayl nomi va formati o‘rtadagi nuqta
bilan ajratiladi (masalan: maqola.doc). fayl nomini foydalanuvchining o‘zi tanlashi
mumkin. Format esa, (ba’zida uni «расширение» – «kengaytma» deb ataydilar) fayl
turiga qat’iy biriktirilgan bo‘lib, uni o‘zgartirish taqiqlanadi (albatta, istisnolar bo‘ladi,
lekin ularni keyinchalik ko‘rib o‘tamiz).
Har kim o‘z qiziqishi doirasidagi fayllar bilan ishlaydi. Musiqachi – musiqali
fayllar, dizayner – grafika, jurnalist – matnli fayllarni ko‘p ishlatadi. Lekin shunday
fayl formatlari borki, ularni barcha birdek ko‘p qo‘llaydi.
Arxivlar:
RAR – RAR-siqish yordamida siqilgan fayllar yoki fayllar guruhi (u ZIPga qaraganda
ko‘proq siqadi). «RAR» atamasi «Roshal ARchive»dan yasalgan (WinRar dasturi
yaratuvchisi – Yevgeniy Roshal).
ZIP – ZIP-siqish yordamida siqilgan fayl, u aksariyat arxivator dasturlar
(siqilgan fayllar ustida ishlovchi dasturlar)ga tushadi. Windows foydalanuvchilari
WinZip
dasturi
yordamida
ZIP-fayllar
yarata
oladilar.
Video:
AVI – turli kodeklarda kodlanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarga ega videofayllar
formati. Unda siqish boshqa formatlarga qaraganda kamroq qo‘llaniladi. AVI-fayllar
turli pleyerlarda ijro etilishi mumkin, lekin pleyerga tegishli videoni kodlash uchun
159
ishlatiladigan kodek tushishi kerak (kodek so‘zi KOdlash va DeKodlash (qayta
kodlash) so‘zlaridan olingan).
MPEG1-2(MPG) – ma’lumotlarni siqish va o‘chirish yordamida video va ovozni
saqlash formati.
MPEG4(MP4) – MPeG-4 standartida siqilgan film yoki videoklip bo‘lib, odatda
Internetda video-fayllarni almashish va jo‘natish uchun qo‘llaniladi. Bu formatda
audio-
va
videoyo‘lkalar
uchun
alohida
siqish
qo‘llaniladi.
SWF - ShockWare Flash. SWF fayllari Macromedia Flash dasturi yordamida tuziladi.
Uni yana Flash Player formati deb ham ataladi. Bu format vektorli grafika va ovozli
animatsiyali kliplarni saqlash uchun mo‘ljallangan. Ko‘rish uchun Flash Player
proigrivateli, shuningdek, zamonaviy veb-brauzerlardan foydalaniladi. SWF fayllarni
tahrir
qilib
bo‘lmaydi.
Grafika:
BMP – rastrli grafik format. Windows uchun standart grafik fayllar formati. Windows
dagi barcha tasvirlarni tahrir qilish dasturlari BMP fayllarni yarata va o‘qiy oladi.
Tasvirning rangini oq-qoradan to to‘liq ranglargacha belgilash mumkin. Bu formatda
tasvir
siqilmaydi.
Taxminan
16,7
million
xil
rang
ishlatiladi.
GIF – Graphics Interchange Format (grafik ma’lumotlarni almashish formati).
CompuServe firmasining standarti, u rastrli rangli tasvirlarni aniqlash uchun
qo‘llaniladi. Tarmoq orqali tarqatish uchun mo‘ljallangan ushbu format fayllari juda
kichkina bo‘ladi. Format kulrangning 256 xil jilosi yordamida oq-qora tasvirni va 256
xil yoki undan kam rangni qo‘llab, rangli tasvirni yozib oladi. Tasvirni animatsiyada
ham ishlatish mumkin.
JPEG (JPG) – asosan rastrli tasvirlar (fotosuratlar, rasmlar va b.) uchun ishlatiladi.
JPEG formatida yuqori darajada siqilganligi tufayli, tasvir fayli hajmi sezilarli darajada
kamayadi. Lekin bunda tasvir sifati yo‘qoladi. Bugungi kunda JPEG fotosuratlar va
ko‘psonli ranglar ishlatilgan tavsirlar uchun eng yaxshi format sanaladi. U Internetda
ishlatish va elektron pochta orqali jo‘natishga qulay. Taxminan 16,7 million xildagi
rang qo‘llaniladi.
PSD – Photo Shop Data. Fotosuratlarni qayta ishlovchi fotoshop dasturida yaratilgan
fayllar formati. Taxminan 250 trillion xil rang qo‘llaniladi.
TIFF(TIF) – Tagged Image File Format (tasvirli fayllarning teglangan formati), rastrli
grafik format. Bu format tasvirlarni yuqori sifatini ta’minlaydi va kompyuterlar
o‘rtasida ma’lumotlar almashishdagi standart format sanaladi. TIFF formati tasvirni
ma’lumotlarni
yo‘qotmay
siqish
imkonini
beradi.
Raqamli
kameralar
foydalanuvchilari tomonidan keng qo‘llaniladi. Taxminan 16,7 million xildagi ranglar
mavjud.
Hujjatlar, matn:
DOC – Microsoft Word da yaratilgan fayl. U matn, surat, jadval, grafika,
diagrammalarni, sahifalarni formatlash va chop etish o‘lchamlarini o‘z ichiga oladi.
|