O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi




Download 8,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/191
Sana05.09.2024
Hajmi8,87 Mb.
#270328
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   191
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kompyuter ta`minoti

Kompyuter arxitekturasi 
IBM PC Shaxsiy kompyuteri quyidagi asosiy tarkibdan iborat: 
U tizimli blok - shaxsiy kompyuterni asosiy elektron tarkibini o’z ichiga oladi. 


122 
u monitor (displey) axborotni elektron nurli trubka ekranida vizual 
tasvirlaydigan qurilma u klaviatura - axborot kiritishning universal standart qurilmasi 
u tashqi qurilmalar - qo’shimcha moslamalar (printer, skaner, plotter, “sichqoncha” va 
boshqalar). 
TIZIMLI BLOK. 
Ma’ruzaning maqsadi: tizimli blok va uning tashkil etuvchilari haqida ma’lumot 
berish.Aynan tizimli blok kompyuterning eng muhim bloki bo’lgani uchun uni batafsil 
ko’rib chiqamiz. Avval ta’kidlanganidek, tizimli blok kompyuterning asosiy elektron 
qurilmalarini o’z ichiga oladi. 
Shuning uchun u SHK ning eng muhim tashkil etuvchilaridan biri 
sanaladi.Tizimli blokning tarkibi quyidagilardan iborat: 
1. Tizimli plata;2. Diskyurituvchi;3. Qattiq disk (vinchestr);4. Tok manbai bloki. 
Tizimli plata bu - maxsus materialdan yasalgan plastinada joylashgan 
mikrosxemalardan iborat bo’lib, ular o’zaro bog’lovchi elektr (tok) o’tkazuvchi yo’llari 
bilan bog’langan. Tizimli plata EHMning eng muhim elementlarini o’zida jamlaydi, 
chunonchi:U markaziy protsessor;u tezkor xotira mikrosxemalari; U doimiy xotira 
qurilmasi; U taymer (joylashtirilgan soatlar); U kengaytirish tutashmalari va 
boshqalar.Tizimli plataning eng muhim elementlaridan biri - markaziy protsessoridir. 
Dastur bilan berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash 
jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro 
aloqasini o’rnatadigan qurilma-protsessor deb ataladi. Protsessorda arifmetik va 
mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturda berilgan 
ko’rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish hamda asosiy xotira 
o’rtasida aloqa o’rnatish amalga oshiriladi. 
Protsessor katta integral sxemalardan foydalanish asosida quriladi. Protsessor 
kompyuterning asosiy qurilmalaridan, ya’ni kompyuterning “yuragi” deb hisoblanadi. 
Bir so’z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha 
ko’rsatmalarini bajaradi. 
Shaxsiy kompyuterning eng muhim ko’rsatkichi uning ishlash tezligi va 
ma’lumotlarni saqlash uchun xotira hajmidir. Ma’lumki, 2 sonini turli darajalari 
bo’lgan 4, 8, 16, 32, 64 lar bilan bog’liq bo’lgan mikroprotsessorlar qabul qilishi 
mumkin bo’lgan betlar soni kompyuterlarning razryadini belgilaydi. 
Kompyuter taminoti va uning turlari 
Kompyuter ikkita ajralmas qismdan tashkil topgan bo'ladi: apparat ta'minoti 
(hardaware) va dasturiy ta'minot (software). Ular o'zaro bog'langan holda yagona 
uyg'unlikda ishlaydi va muayyan vazifalarni bajaradi. 
Kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiradigan va turli vazifalar bajarishini 
ta'minlaydigan vosita bu albatta dasturiy ta'minotdir. Dasturiy ta'minot odatda 
kompyuterning qattiq diskida saqlanadi va kompyuter yoqilishi bilan maxsus dastur - 
operasion sistema ishga tushadi. 
Dasturiy ta'minot ikkita asosiy guruhga bo'linadi: 
1. Sistema dasturiy ta'minoti 
2. Amaliy dasturiy ta'minot 


123 
Sistema dasturiy ta'minotga odatda operasion sistema va qobiqlar, qo'shimcha dasturiy 
ta'minotga ega yordamchi vazifalarni bajaradigan har xil dastur va dasturiy majmualar 
kiradi (masalan, matn muharriri, elektron jadval, grafik dasturlar va hokazo). 
Bundan tashqari, dasturiy ta'minot tarqatilishi va targ'ib qilinishi bo'yicha quyidagi 3 
ta turga ajratiladi: 
- Software - qiymati 100% to'langanidan keyin o'rnatilib, foydalaniladigan 
dasturiy ta'minot. 
- Shareware - aprobasiya, ya'ni sinovdan o'tkazish muddatiga ega bo'lgan (odatda 7 
kundan 40 kungacha, yoki bir necha bor kirib ishlashga) yoki imkoniyatlari cheklangan 
dasturiy ta'minot. Undan foydalanib, zarurligi aniqlanganidan keyin xarid qilish 
mumkin. 
- Freeware - mutlaqo bepul dasturiy ta'minot. Aksariyat hollarda reklama sifatida 
yoki dasturchilarning ilk ishlanmalari tarqatiladi. 
Kompyuterga dasturiy ta'minotni o'rnatish jarayoni installyasiya deyiladi, uni o'chirish 
esa deinstallyasiya deb ataladi. Biror bir dasturiy ta'minotni o'rnatishdan oldin sistema 
talablarini, ya'ni kompyuterga qo'yiladigan talablarni ko'rib chiqib, mosligini aniqlash 
lozim. Agarda kompyuterning konfigurasiyasi dasturning sistemaga bo'lgan talablariga 
javob bermasa, u holda mazkur dastur ishlamaydi yoki noto'g’ri ishlaydi. 
Dasturiy ta'minotni o'rnatishga mo'ljallangan nusxasi odatda zich holatdagi majmua 
shakliga ega bo'lib distributiv deb nomlanadi. Distributiv aksariyat hollarda kompakt-
diskda joylashgan bo'ladi, lekin zarurat tug'ilsa, uning nusxasini qattiq disk yoki boshqa 
ma'lumot saqlash vositasiga ko'chirish mumkin. 
Har bitta distributiv lisenzion shartnoma (yoki kelishuv)ga ega bo'lib, o'rnatish 
uchun zarur bo'ladigan maxsus kalit yoki maxfiy parolga ega bo'ladi (cd-key). Mazkur 
parol yoki kalit kiritilmaguncha dasturiy ta'minotni o'rnatib bo'lmaydi. 
hokazo. 

Download 8,87 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   191




Download 8,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi

Download 8,87 Mb.
Pdf ko'rish