104
tomonlama chuqur o’zlashtirilishiga mo’ljallanganligidadir. Shuningdek, ushbu
turdagi qo’llanmalar ilmiy ma’lumotlarning jamlanganligi, ta’lim oluvchilarning yoshi
va fiziologik xususiyatlarini hisobga olinishi jihatidan an’anaviy o’quv
qo’llanmalaridan afzalroqdir.
MED bu davlat ta’lim standartining mutaxassislik va yunalishlar bo’yicha
fanlarning alohida muhimroq bo’limlari bo’yicha
tayyorlangan elektron nashrlar,
namunaviy va ishchi rejalar, shuningdek, mashqlar va masalalar to’plamlari, xarita va
sxemalar al’bomlari, tuzilma atlaslari, fanlar bo’yicha xrestomatiyalar, diplom loyihasi
bo’yicha ko’rsatmalar, ma’lumotnomalar aks etgan elektron manbadir.
MED dasturlash tillaridan birida yoki html tilida yaratilgan biror fan yoki kurs
bo’yicha tugal mul’timediali materialni o’zida aks ettiradi.
MEDdan foydalanishning ikki xil, ya’ni on line va off line variantlari mavjud.
On line (ochiq) varianti foydalanuvchining uzoq vaqt global yoki lokal tarmoqda
bo’lishini nazarda tutadi, Off line (yopiq) varianti esa vaqti – vaqti bilan tarmoqqa
kirishni nazarda tutadi.
Elektron qo’llanma
umuman yangi, ya’ni birinchi marta e’lon qilinayotgan
bo’lishi ham, avval chop etilgan o’quv - uslubiy qo’llanmaning elektron versiyasi
bo’lishi mumkin.
Dasturiy mahsulot ―Delphi va ―HTML dasturlash tillarida yaratilgan bo’lib, uni
yaratishda Flash, Corel Draw, Photoshop va Sound Forge kabi dasturiy vositalardan
ham foydalanilgan. Ma’lumotlarning ovoz va turli animatsiyalar bilan uyg’unligi,
asosiy atamalar va negizlarga gipermurojaat mavjudligi va boshqa ko’rsatkichlari
bilan
dasturiy
mahsulot
ahamiyatlidir.
Dasturiy
mahsulot
Windows
9xG’2000G’NTG’XR operatsion tizimlarida ishlaydi.
R.H.Djuraev, N.I.Taylakov, N.R. Rustamov tomonidan umumta’lim maktablarining 9-
sinfi uchun yaratilgan «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» elektron darsligi
mavzular bo’yicha etarlicha nazariy ma’lumotlar keltirilganligi, ma’lumotlarning
ovoz va turli animatsiyalar bilan uyg’unligi, asosiy
atamalar va negizlarga
gipermurojaat mavjudligi va boshqa ko’rsatkichlari bilan dasturiy mahsulotlar orasida
ahamiyatlidir [ 6.4 ]