• ADABIYOTLAR
  • Lug‘at va ularning turlari
  • Ilm-fan, texnika, san’atga xos so‘zlar nima deyiladi?




    Download 0.86 Mb.
    bet14/62
    Sana12.02.2023
    Hajmi0.86 Mb.
    #41963
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua
    17,09,2022, 22.11.2022, 4r9qZmi4dsrxkE0zRhP87OCZPteKEWYMplSkoNRO, amaliy o\'zbek(rus) tili, Simsiz tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish asoslari. Simsiz tiziml-fayllar.org, Abdug\'ani, 028-21 Jo\'rayev Samandar Radi, 029-21 Xudayqulova S Radio, Физика мустақил иш 6.1.1.1.1.1.., Физика мустақил иш 6.1.1.1.1.1..1, Технология PON (1), Сўровнома, Тилхат, 2 5357509885401512451
    3.Ilm-fan, texnika, san’atga xos so‘zlar nima deyiladi?

    1. Atamalar

    1. Omonimlar

    1. Antonimlar

    1. Paronimlar

    4.O‘g‘rilar, bezorilar qimorbozlar o‘rtasida ishlatiladigan yashirin ma’noli so‘zlar qanday so‘zlar deyiladi?

    1. argo so‘zlar

    1. jargon so‘zlar

    1. olinma so‘zlar

    1. yangi paydo bo‘lgan so‘zlar

    5.Qiziqishlari, mashg‘ulotlari umumiy bo‘lgan odamlar (saroy aristokratiyasi, savdogarlar, otarchilar, talabalar, o‘quvchilar) tomonidan ishlatiladigan so‘zlar qanday so‘zlar deyiladi?

    1. jargon so‘zlar

    1. argo so‘zlar

    1. olinma so‘zlar

    1. arxaik so‘zlar

    6.Terminologik lug‘atda nimalarga izoh beriladi?

    1. Ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalarga izoh beriladi

    1. tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarga izoh beriladi

    1. tilda mavjud bo‘lgan talaffuzdosh so‘zlar haqida m’lumot beradi

    1. ma’lum asarlarda so‘zlarning qo‘llanish darajasi haqida ma’lumot beradi

    7.O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. Davlat tili haqidagi nechanchi modda?

    1. 2 –modda

    1. 3 – modda

    1. 4 – modda

    1. 5 – modda

    8. davlat tili haqidagi nechanchi moddada O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi.

    1. 24 – moddada

    1. 21- moddada

    1. 22- moddada

    1. 23- moddada

    9. Leksikografiya atamasining mazmuni?

    1. so‘zlarning shakli va ma'nosi haqidagi ilm, lug‘atshunoslik

    1. belgilarini qo‘llash to‘g‘risidagi ilm

    1. so‘z va gaplar ma'nosi, tamg‘a, mohiyat, belgi.

    1. To‘g‘ri yozish qoidalari

    10.Har bir amiriki arkoni islomdan zarracha yuz o‘girsa, u kimarsa jamoaviy islom ustiga samir emas, sharirdir. Abdulla Qodiriy asaridan olingan ushbu parchada qo‘llangan "sharir” so‘zining lug‘aviy ma’nosini belgilang.

    1. yomon, yaramas

    1. nikohiga olish.

    1. Hukmlar

    1. Darvoza

    ADABIYOTLAR


      1. Abdumajidov L. “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonuniga sharhlar. – Toshkent : Adolat, 1999.

      2. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. Amaliy qo‘llanma. – Toshkent: O‘zMU, 2000.

      3. Is’hoqov M. Unitilgan podsholikdan xatlar– Toshkent: FAN, 1992.



    MAVZU: TERMIN VA LUG‘AT TUSHUNCHASI
    Reja:

    1. Lug‘atshunoslik

    2. Lug‘at turlari haqida ma’lumot.

    3. Termin va atama

    Darsning maqsadi: Talabalarga lug‘atshunoslik, lug‘at turlari termin (atama) haqida ma’lumot berish.


    Tayanch so‘z va iboralar:
    Leksikologiya, lug‘at, qomusiy lug‘atlar, lingvistik (tilshunoslik) lug‘atlar,bir tilli lug‘atlar, orfoepik lug‘at, izohli lug‘atlar , chastotali lug‘atlar
    Kerakli jihoz va materiallar: videoproyektor, mavzu yuzasidan taqdimotlar, doska, internet ma’lumotlari.


    Leksikologiya so‘zi leksis –so‘z, logos – fan, ta’limot degan ma’nolarni bildiradi. Leksikologiyada tilning lug‘at boyligi o‘rganiladi. Uning lug‘at tuzish masalalari bilan shug‘ullanadigan bo‘limi leksikografiya deb ataladi.
    Tilimizdagi so‘zlarning alifbo tartibida joylashtirilishiga lug‘at, lug‘at tuzish qoidalarini o‘rganuvchi tilshunoslik sohasiga esa lug‘atshunoslik (leksikografiya) deyiladi.

    Lug‘at va ularning turlari


    Tildagi jamiki so‘zlar, ularning tarixi, izohi, imlosi kabi muhim masalalar bilan lug‘atshunoslik shug‘ullanadi. Mukammal tuzilgan lug‘at va so‘zliklar u yoki bu tilning boyligini o‘zida to‘playdi. Lug‘atlar qadimdan yaratib kelingan. Masalan, Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan XX asrda yaratilgan «Devonu-lug‘atit-turk», XVI asrda usmonli turk tilida yaratilgan «Abushqa» lug‘atlari tarixdan bizga ma’lum. Lug‘atlar ikki guruhga bo‘linadi:
    1. Qomusiy lug‘atlarda mashhur shaxslar, ilmiy, siyosiy, adabiy hamda ishlab chiqarishga xos tushunchalar, boliqdagi predmetlar, hodisalar haqida ma’lumot beriladi.
    a) O‘zbek milliy ensiklopediyasi;
    b) Salomatlik ensiklopediyasi;
    v) U kim, bu nima ensiklopediyasi.
    kabi lug‘atlar shular jumlasidandir.
    2.Lingvistik (tilshunoslik) lug‘atlar bir tilli va ko‘p tilli bo‘ladi.
    Bir tilli lug‘atlarga:
    a) imlo lug‘ati(so‘zlarni to‘g‘ri yozishga yordam beradi)
    b) chappa (ters) lug‘at (so‘zlar oxirgi harfi bo‘yicha alfavit tartibida joylashtiriladi)
    v) orfoepik lug‘at (so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi)
    g) morfem lug‘at (so‘zlarni o‘zak va qo‘shimchalarga ajratishga yordam beradi)
    d) o‘zlashma so‘zlar lug‘ati (chet tillardan kirgan so‘zlarga ta’rif beriladi)
    frazeologik lug‘at (ibora lug‘ati)
    yo) terminologik lug‘at (ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalarga izoh beriladi)
    j) izohli lug‘atlar (tilda mavjud bo‘lgan so‘zlarga izoh beriladi )
    z) chastotali lug‘atlar (ma’lum asarlarda so‘zlarning qo‘llanish darajasi haqida m’lumot beradi)
    i) paronimlar lug‘ati (tilda mavjud bo‘lgan talaffuzdosh so‘zlar haqida ma’lumot beradi).
    1981-yilda yaratilgan «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» 2 jilddan iboratdir. Bu lug‘atda so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolari haqida to‘la ma’lumot beriladi. 2006-2008 yillarda 5 jilddan iborat «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» tuzildi, unda 80000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi berilgan.
    Bunday lug‘atlar ma’lum bir ijodkor asarlari bo‘yicha ham yaratilishi mumkin. Masalan, Alisher Navoiy asarlari uchun yaratilgan 4 tomlik lug‘atda 60000 dan ortiq so‘z berilgan.
    Ko‘p tilli lug‘atlarga esa tarjima lug‘atlari kiradi. Masalan, Q.Berdiyev, Q.Meliyev «Tibbiy atamalar» ruscha-o‘zbekcha lug‘ati kiradi. O‘zbek tilida mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar (shu jumladan, sheva so‘zlari ham) yig‘ilsa 100-120 ming so‘zdan oshib ketadi.
    So‘zlarning kelib chiqishini izohlaydigan lug‘atlar etimologik lug‘atlar deb ataladi.


    Download 0.86 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   62




    Download 0.86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilm-fan, texnika, san’atga xos so‘zlar nima deyiladi?

    Download 0.86 Mb.