|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|
bet | 2/66 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #121215 |
Bog'liq portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR K IRISh
Jahon ta’limi taraqqiyoti tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti ta’limning takomillashishi va taraqqiy etishi bilan chambarchas bog’liqdir.
Prezident I. A. Karimov ta’kidlab o’tganidek: «Aslida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi yo’q. toki hayot davom etar ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o’rtaga qo’yayotgan yangi-yangi talablarga ko’ra mustaqil ravishda o’zgarib-yangilanib boraveradi». 1
Respublikamizda «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy dastur» va «Davlat ta’lim standart»lari talablariga mos keladigan yangi ta’lim texnologiyalarini yaratish dolzarb muammoga aylandi. An’anaviy ta’lim tizimidan farqli ravishda, pedagogik texnologiyalar ta’limdagi boshqa innovatsiyalar bilan kirishib va rivojlanib keta olishi ilg’or davlatlar tajribasida allaqachon o’z isbotini topgan.
Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olib borilgan darslar samarali natija berib, o’quvchilarni bevosita o’qishga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Ushbu qo’llanmada berilgan mavzularni o’rganish uchun talaba pedagogikaning nazariy asoslarini egallagan bo’lishi lozim. Chunki pedagogikaga oid bilimlarni o’zlashtirmasdan o’qituvchi ta’lim jarayonini tashkil eta olmaydi. Shuning uchun talaba dars, dars maqsadi, ta’lim metodi, dars jihozi, dars ishlanmasi haqida to’la ma’lumotga ega bo’lishi kerak.
Mazkur o’quv-metodik qo’llanma zamonaviy pedagogik texnologiyalarning O’zbekistonda keng tarqalgan va ko’pchilik olimlar tomonidan ma’qullangan professor B.L.Farbermanning yondashuviga asoslangan holda bayon etilgan. Guliston davlat universiteti mutaxassislari, jumladan «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi professor o’qituvchilarining ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalarga oid fikr va mulohazalariga tayangan holda ular tomonidan muammoli shaklda takomillashtirilgan qoidalarga amal qilinib, har bir mavzu bo’yicha asosiy savollar, tayanch tushuncha va iboralar, muammoli savol, vazifa va vaziyatlar, tegishli maqsadlar tizimi, ularning mazmunda aks ettirilishiga alohida e’tibor qaratilgan.
1- мавзу.ЯНГИ ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯ ФАНИНИНГ
МАҚСАД ВА ВАЗИФАЛАРИ
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|