|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|
bet | 23/66 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #121215 |
Bog'liq portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR Nazorat savollari.
1.Amerikalik olim B.Blumning taksanomiyasi qachon yaratildi?
2.B.Blum taksanomiyasining tartibini aniqlang va boshqa olimlarning taksanomiyasidan farqini ajrating.
3."Analiz" va "sintez" kategoriyalarini taqqoslang va farqini izohlang.
4.O’quv maqsadlari taksanomiyasiga mos fe’llardan foydalanib, maqsad qo’yishni o’rganib keling.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Pedagoglar tomonidan ishlab chiqilgan taksanomiyalarni o’rganing va tahlil qiling.
2. Mutaxassislik faningizdan B.Blum taksanomiyasiga mos keladigan fe’llarni tuzing va izohlab bering.
Mavzu bo’yicha ilmiy xulosalar:
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalasi so’ngi yillarda keng qamrovda amalga oshmoqda hamda uning o’ziga xos metodikasi shakllanmoqda. Ammo uzluksiz tarbiya texnologiyasini yaratish va uning tarkibiy qismi aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiya texnologiyalarining milliy va umuminsoniy tarbiya, milliy g’oya, milliy mafkura asosida shakllantirish dolzarb ilmiy muammo bo’lib uzluksiz talim tizimida o’z echimini kutmoqda. Qolaversa, uzluksiz tarbiya texnologiyasini yaratish dunyo miqyosida hal etilmagan, hozircha maqola ko’rinishidan nariga o’tmagan fundamental muammoligicha qolib kelmoqda.
Milliy-Mustaqillik, o’tish davriga xos muammolar, bozor
iqtisodiyoti munosabatlari va jumladan fan va texnikaning
jadal rivoji, axborot texnologiyasini ta’lim mazmuniga ta’siri,
tarbiya mazmuni va mohiyatiga xos uzluksizlikni tadqiq etish
talabini keltirib chiqarmoqda. Tarbiya mazmunidagi
uzluksizlikni ta’minlash uning tarkibiy qismlarini (aqliy,
axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, kasbiy tarbiya va h.k) izchil
ravishda to’ldirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi. Ammo
bugungi kunda milliy va umuminsoniy tarbiyada muayyan uzilishlar
ko’zga tashlanib turmoqda. Tarbiya texnologiyasi mohiyat — e’tiboran
shu uzilishlarni bartaraf etish yo’l — yo’riqlarini ilmiy
asoslab berishi lozim.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|