|
Birinchi asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi
|
bet | 21/66 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #121215 |
Bog'liq portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR Birinchi asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi.
Talabalarga taksanomiya haqida tushuncha berish, chet mamlakatlarining olimlari tomonidan ishlangan taksanomiyalar bilan tanishtirish, taksanomiyalarning o’quv jarayonidagi ahamiyatini yoritish. Talabalarning dunyoqarashini shakllantirish va bo’lajak kasbiga bo’lgan muhabbatini oshirish.
Identiv o’quv maqsadlari.
1.Taksanomiya haqida tushuncha beradi.
2.Taksanomiyalarning o’quv jarayonidagi ahamiyatini izohlaydi.
3.Chet mamlakatlaridagi olimlarning ishlab chiqqan taksanomiyalari bilan tanishadi.
4.Taksanomiyalardan dars jarayonida foydalanishga o’rganadi.
Birinchi asosiy savolning bayoni.
Maqsadlar taksanomiyasi, ya’ni maqsadlarni tanlashda «osonlikdan qiyinlikka» yoki «soddalikdan murakkablikka» printsipi qo’llaniladi. «Taksanomiya» tushunchasi ob’ektlarning tabiiy bog’liqlari va xususiyatlariga qarab iearxik (ko’p bosqichli) tuzilishi asosida klassifikatsiyalash va sistematizatsiyalash (tizimlash)ni anglatadi. Shuning uchun umumiy maqsadlarni bir-biri bilan bog’lanishda tanlash va o’qitishning konkret natijalarini ifodalashda taksanomiyalardan foydalaniladi. Maqsadlarni tanlashda B.Blum taksanomiyalaridan foydalaniladi. Blum taksanomiyalari eng avval ishlab chiqilgan taksanomiyalardan bo’lib bunda kamchiliklar mavjud. Blumdan boshqa juda ko’p olimlar tomonidan taksanomiyalar ishlab chiqilgan, biroq amalda Blum taksanomiyalari ularga qaraganda ma’qulroq. Blum taksanomiyalari faqat ta’lim uchun ishlab chiqilgan. Tarbiya taksanomiyalari ham bor. Jumladan, D.Kratvol taksanomiyalari qo’llaniladi. Lekin, bu taksanomiyalarni foydalanish ko’tilgan natija bermayapti.
Dastlabki, taksanomiya 1934 yilda amerikalik olim R.Tayler tomonidan ishlab chiqildi. Bu taksanomiyada 8 ta kategoriya mavjud edi. 1967 yilda amerikalik olim J.Gilford tomonidan taksanomiya ishlandi. Bu taksanomiyaning B.Blum taksanomiyasidan farqi, bu taksanomiyada 5 ta daraja ko’rsatilgan. Ya’ni, ma’lumot, analiz va sintez, tushunish, foydalanish va baholash. Bunday tipdagi taksanomiyalar Evropa va G’arb davlatlarining olimlari tomonidan yaratilgan. Masalan B.Blum(1956) bilish, tushunish, foydalanish, analiz, sintez, baholash, Gilford (1967) ma’lumot, analiz, sintez, tushunish, foydalanish, baholash; Mak Gyur (1969) bilish, umumlashtirish, echish (oddiy muammoni), echish (murakkab muammoni), baholash, sintez; Gronland (1970) bilish, tushunish, foydalanish, idrok qilish; Vandeveld (1975) bilish, tushunish, foydalanish, analiz, yaratish, baholash kabi darajalar ko’rsatilgan.
|
| |