• Tarbiyaviy maqsadlar
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi




    Download 1,16 Mb.
    bet17/66
    Sana17.12.2023
    Hajmi1,16 Mb.
    #121215
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR

    Umumta’lim maqsadlari:
    1. O’quvchilarga ma’lum tizimdagi bilimlar, ko’nikma va malakalar berish.
    2. O’quvchilarni og’zaki yoki yozma nutqini barcha kerakli sifatlari bilan rivojlantirish.
    3. O’quvchilarni real borlikni to’g’ri tushunishlari uchun mazkur fan mazmunidan unumli foydalanish. O’quv materialini qo’llash.
    4. Kelajakda o’quvchi mustaqil uzluksiz ta’limni davom ettirishi (to’ldirishlari) uchun kerakli bilim, ma’lumot, ko’nikma va mahoratni ta’minlash.
    5. O’quv mazmunini tanlash va uning strukturasini tuzish. Yangi o’quv materialini qayta ko’rib chiqish va rejalashtirish (qayta strukturalash) tayanch tushunchalarni aniqlash.
    6. O’quv materialidagi umumiy masalalardan konkret masalalarni echishga o’tish.
    Tayanch iboralar yoki tayanch tushunchalar (asosiy tushunchalar) deganda o’quv materialidagi asosiy ma’lumotlar tushuniladi. Tayanch iboralar o’rganilayotgan mavzuni rejalashtirishda yoki qayta strukturalashtirishdan (tuzishda) ham kelib chiqadi va foydalaniladi. O’quv materialini o’zlashtirish asosan tayanch iboralarni (asosiy tushunchalar) o’zlashtirilishiga ham bog’liq. Tayanch iboralar o’quv materialining boshqa mavzularida ham tez – tez uchrashi mumkin. Shuning uchun, o’quv materialini tayanch iboralarga asoslanib o’rganish qulay.
    Tarbiyaviy maqsadlar:

    1. 1. Dialektik materialistik dunyoqarashni tarbiyalash.

    2. 2. Nazariyani amaliyot bilan bog’lash.

    3. Fanga o’rganishni qiziqtirish.

    1. 4. To’g’ri fikrlash madaniyatini tarbiyalash.

    5. Aqliy, jismoniy, axloqiy, nafosat, mehnat, kasb tarbiyasi, g’oyaviy, vatanparvarlik kabi insoniy xislatlarni tarbiyalash.
    6. Fandan mustaqil bilim olishni davom ettira olish.
    Rivojlantiruvchi maqsadlar (o’quvchi shaxsini shakllantirish).
    7. Fandagi nazariy bilimlarni o’quvchining o’zlashtirish darajasi. O’quvchining
    ilmiy – nazariy fikrlashini rivojlantirish.
    8. O’quvchilarga individual va differentsial yondashish natijasidan kelib chiquvchi, insonning fikrlashi, irodasi, hissiyoti, ehtiyoji, qobiliyatlarining rivojlanishi.

    1. 9. Fanni o’rganishda ilmiy metodlardan foydalanish.

    10. Fandagi xususiy metodlarni qo’llay olish.
    Ta’limning maqsadlarini belgilashda o’qituvchi o’quv dasturlarini, o’quv darsliklarini, qo’llanmalarni va kerakli adabiyotlarni tahlil qiladi. O’quv materialini qayta tuzadi (strukturalaydi). Materialni mavzu maqsadlariga ko’ra tanlaydi. O’quvchining qobiliyati, ta’limdagi individual yondashish talablarini hisobga oladi. Fanlarning o’zlashtirish darajasiga mos nazariy va amaliy materialni tanlaydi.
    Pedagoglar tomonidan maqsadlarni belgilashning tipik usullariga qaraylik
    (M.V.Klarin bo’yicha)
    1.O’quv materialining rejasidan kelib chiqib, maqsadni belgilash. Masalan «Nyutonning ikkinchi qonunini o’rganish yoki birinchi bobning mazmunini o’rganish». Maqsadni bunday qo’yish bilim sohasining predmetli mazmuniga qaratilgan va pedagog o’z maqsadiga erishganligi haqida aniq xukm chiqarishi qiyin. Bu usulda maqsadga erishganlikni qanday aniqlash mumkinligi ko’rsatilmagan.
    2.Maqsadni pedagog faoliyati orkali aniqlash. Masalan "O’quvchilarni ichki yonuv dvigatelining ishi bilan tanishtirish" yoki " detall chizmasida shartli ifodalarni o’qish usullarini ko’rsatish". Maqsadni bunday qo’yish-"Pedagogdan" uning o’z faoliyatiga qaratilgan. Bu erda ham ta’lim jarayonining aniq maqsadlariga erishganlikni qanday bilish mumkinligi ko’rsatilmagan.
    3.O’quvchining intellektual, emotsional, shaxsiy rivojlanishi ichki jarayonlari va qonuniyatlari orqali o’quv maqsadni qo’yish. Masalan, "hodisani tahlil qilish malakasini tartib toptirish", "matematik masalalarni mustaqil echish malakasini rivojlantirish", "fizik masalalarni echish jarayonida o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish".
    Bunday mavzularda o’quv maqsadlari o’quv yurti doirasida, o’quv predmet yoki predmetlar tsikli doirasida qo’yilganligi ko’rinib turibdi, lekin aslo o’quv mashg’uloti yoki hatto, mashg’ulotlar seriyasida ham emas. Bunda o’quv maqsadiga erishganlik haqida ko’rsatkichlarni topib bo’lmaydi.
    4. O’quv masalalarini o’quvchilar faoliyati orqali qo’yish. Masalan "mashg’ulot maqsadi kvadrat tenglama ildizlarini topish bo’yicha masalani echish".
    Bir qarashda o’quv maqsadini bunday echish mashg’ulotni rejalashtirish va o’tkazish xususida aniqlik kiritadi. Lekin, bu erda ham diqqat markazidan asosiy narsa tushib qoladi,ya’ni o’qitishdan kutilayotgan natija va uning oqibati. Bu natija o’quvchi rivojlanishidagi ma’lum siljishdir.
    Shu munosabat bilan o’qitishning maqsadlarini ta’lim mazmuni, pedagogning yoki o’quvchining faoliyati orqali belgilash ta’limda kutilayotgan natijalar haqida aniq taassurotga ega bo’lishga imkon bermaydi. Bu natijalar haqida o’quvchilar faoliyatining faqat tashqi namoyon bo’lishidan kuzatish mumkin. Lekin, bu maqsadga erishishning juda sodda va shuning bilan birga samarasiz yo’lidir.
    Pedagogik texnologiyada nazarda tutiladigan maqsadlarni qo’yish uslubi o’zining instrumentalligiga ega. Bu shundan iboratki, ta’lim maqsadlari o’quvchilar harakatida ifodalanadigan va aniq ko’rinadigan hamda o’lchanadigan natijalar orqali belgilanadi.

    Download 1,16 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66




    Download 1,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi

    Download 1,16 Mb.