|
-мавзу. МАҚСАД ВА ВАЗИФАЛАР КАТАЛОГИНИ ИШЛАБ ЧИҚИШ
|
bet | 15/66 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #121215 |
Bog'liq portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR 3-мавзу. МАҚСАД ВА ВАЗИФАЛАР КАТАЛОГИНИ ИШЛАБ ЧИҚИШ.
Asosiy savollar.
1. Ta’lim jarayonida maqsad qo’yishning ahamiyati.
2. An’anaviy maqsad qo’yish turlari.
3. Identiv o’quv maqsadi
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Maqsad, ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsad, identiv o’quv maqsad, taksanomiya, bilish, tushuntirish, analiz, sintez, foydalanish, taqqoslanadigan ta’lim maqsadi.
Mavzuga oid muammolar:
Hozirgi kunda ta’lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda. Ta’lim-tarbiya ishlari innovatsion yondashuvlarga asoslangan holda olib borilmoqda. Sizningcha, nima uchun Yu.K. Komenskiy, I.G.Pestalotstsi, A.Disterveg, I.F.Gerbart, K.D.Ushinskiy kabi pedagoglarning fikrlari hali ham dolzarb deb hisoblanadi?
XIX- asrlarda O’rta Osiyo ta’lim tizimida maqsad qo’yishning qanday turlari mavjud bo’lgan va ularni hozirda ta’lim tizimida qo’llanilayotgan maqsad turlari bilan solishtiring.
Sizga ma’lumki, oliy ta’lim tizimida identiv o’quv maqsadlarini qo’yish samarali natija beradi. O’zbekistonda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ushbu maqsaddan foydalanish mumkinmi? Agar mumkin bo’lsa, qay yo’sinda ?
Birinchi asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi.
Talabalarga ta’lim jarayonida maqsad qo’yishning ahamiyatini tushuntirish, tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi o’quv maqsadlar haqida tushuncha berish.
Identiv o’quv maqsadlari.
1. O’quv jarayonida maqsad qo’yishni o’rganadi.
2. Ta’lim tizimida maqsad qo’yishning ahamiyatini yoritadi.
3. An’anaviy maqsad qo’yishning turlarini taqqoslaydi.
Birinchi asosiy savolning bayoni.
Pedagogik texnologiya so’z birikmasi asosida "Texnologiya", "Texnologik jarayon" tushunchalari yotadi. Bu sanoatda texnik hujjatlar belgilanadigan va aniq natijaga erishishga qaratilgan operatsiyalar tizimini anglatadi, pedagogikada esa o’quv predmeti bo’yicha metodik ishlanma.
Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy yo’li aniq belgilangan maqsadlarga karatilganlik, ta’lim oluvchi bilan muntazam o’zaro aloqani o’rnatishdir. O’zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib o’quv jarayonini to’liq qamrab olishi kerak. Shu tezisni batafsil ko’rib chiqaylik.
Pedagog, odatda o’z oldiga o’quvchilar o’quv materialining mazmunini tushunib, o’zlashtirib olishsin, ma’lum bilimlarni egallab, amaliyotda qo’llashga o’rgansin degan maqsadni qo’yadi. Lekin, o’zlashtirish, tushunish, qo’llash nimani anglatadi?
Pedagog o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishganligini qanday biladi?
Pedagogik maqsadlarga erishganlik yoki erishmaganlikni bilishning aniq vositalari bo’lgandagina, pedagog o’zining mehnati samarali ekanligiga va tanlagan uslublari maqsadga muvofiqligiga yoki aksincha, samarasiz ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin. Odatdagi o’qitish uslubini tadqiq qilishda pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan shu narsani nazarda tutishgan edi.
Ma’lumki, pedagog jamiyatdan buyurtmani umumiy ko’rinishda oladi. Hattoki, o’quv dasturlarida belgilangan maqsadlar ham bir nechta tushuntirishlar bilan cheklangan. Bu erda maqsadlarni aniqlashtirishning o’ziga xos pillapoyasini tuzish mumkin.
Endi maqsadlarni to’g’ri qo’yilishi, maqsadlarni ta’lim mazmuni va uni o’zlashtirish natijalari bilan bog’lanishi bundagi nazorat topshiriqlarini tayyorlash darajasini mukammal egallash maqsadida o’qituvchilar pedagogik texnologiyalar asosida ma’ruza matnlari ko’rinishidagi metodik ishlanmalar tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Biz quyida metodik ishlanmalarning modelini keltiramiz. Bu modelda metodik ishlanmalar turli sxemada tuzilishi mumkin. Eng muhimi ishlanmalar tayyorlashda umumiy maqsadlar, identiv o’quv maqsadlari va yakuniy natija orasidagi bog’lanish o’quvchini (talabini) qoniqtirishi lozim. Buning uchun metodik ishlanma mazmuni I, II, III, IV o’zlashtirish darajali qilib tayyorlanadi. Ta’lim mazmunini o’zlashtirish qoidalari o’quvchilarga tushuntiriladi va bu ishlanmalar o’quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda ta’lim olishlariga ko’maklashishi nazarda tutiladi.
Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo’nalishlariaalga oshirilayotgan hozirgi sharoitda ta’lim-tarbiya bolalarning har tomonlama kamol toptirishning asosini vujudga keltiradi. Ularda o’tilgan materialni tez tushunishini, amaliyotda qo’llay olishini, hisoblash, yozish va madaniy xulq malakalarining mustahkam shakllanishini ta’minlaydi. Bundan tashqari umumiy o’rta ta’lim va kasb-hunar maktablari o’qishga ijtimoiy-foydali mehnata halol munosabatni, Vatanga muhabbatni tarbiyalaydi. O’qitish jarayonida ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarning qo’yilishi bilimlarni o’zlashtirish hamda zarur shaxsiy sifatlarni shakllantirish uchun yaxshi sharoitlarni vujudga keltiradi. Darsda bilimlarni o’zlashtirish jarayonida qarashlar va ma’naviy sifatlar ham shakllanadi, albatta, ya’ni mazkur funktsiyalarning birligi va o’zaro bog’liqligi kuzatiladi. Masalan, agar bola dastur materialini o’zlashtirsa, mustaqil fikrlashi etarli darajada rivojlanmaganidan qat’iy nazar, unga yuqori baho qo’yamiz. Va aksincha, mustaqil holda va ishonch bilan mushohada yurita oladigan o’quvchi dastur materialini etarlicha o’zlashtirmagan bo’lsa, ijobiy baho ololmaydi. o’qituvchinng o’qitish funktsiyalari o’zaro bog’liqligini chuqur tushunish unga darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini ijodiy yo’sinda qo’yish va hal qilish imkonini beradi. Darslarda qo’yiladigan maqsadlar ta’lim tarbiya ishlarini amalga oshirishda usullarni izlash va darsning rang-barangligini ta’minlashga yordam beradi. O’qituvchining o’qitish jarayonida ushbu vazifalarni amalga oshirishni bilishi ularning ijodkorlik va pedagogik mahorat bilan ishlashini ta’minlaydi
|
| |