• Uchinchi asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi.
  • Identiv o’quv maqsadlari.
  • Uchinchi asosiy savol bayoni.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi




    Download 1,16 Mb.
    bet18/66
    Sana17.12.2023
    Hajmi1,16 Mb.
    #121215
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR

    Nazorat savollari.
    1. M.Klarin bo’yicha maqsad qo’yishni o’rganing va mutaxassislik fani bo’yicha maqsadlar qo’ying.
    2. Dars maqsadi va o’qituvchining maqsad haqida tushuncha bering va ular o’rtasida qanday farq mavjud?.
    3. Maqsad qo’yishning turlarini solishtiring va ular o’rtasida bog’liqlik va o’xshashlikni aniqlang.
    4. Yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilingan darslarda maqsad qo’yishning o’ziga xosligini izohlang.


    Uchinchi asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi.
    Talabalarga identiv o’quv maqsadi haqida tushuncha berish, identiv o’quv maqsadi qo’yishda foydalaniladigan fe’llar haqida tushuncha berish, ta’lim jarayonida identiv o’quv maqsad qo’yishning ahamiyatini yoritib berish. Talabalarni maqsad qo’yishga va maqsad sari intilishga o’rgatish.


    Identiv o’quv maqsadlari.
    1. Identiv o’quv maqsadi haqida tushuncha beradi.
    2. O’quv jarayonida identiv o’quv maqsadi qo’yishning ahamiyatini izohlaydi.
    3. Identiv o’quv maqsadini qo’yishda fe’lning bir necha turlaridan foydalanadi.
    4. Identiv o’quv maqsadlarini qo’yishda fe’llarni tahlil qiladi
    Uchinchi asosiy savol bayoni.
    Amerika Qo’shma Shtatlarida, Angliyada va boshqa davlatlarda o’quvchi va o’qituvchi uchun maqsadlarni alohida-alohida belgilash odatga kirgan. Bu mantiqan to’g’ri, chunki o’qitish pedagog va o’quvchining o’zaro hamkorlikdagi faoliyati hisoblanadi. Bunda maqsadlar o’qituvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda qo’yiladi (o’rgatish, tushuntirish, ko’rsatish, aytib berish va hokazo) o’quvchining xarakterlarida ifodalanadigan natijalar esa ta’limning vazifalari deyiladi. Bunday ma’noda ta’lim vazifalari o’quvchi mashg’ulotning oxirida bilishi yoki bajara olishi mumkin bo’lgan narsani anglatadi.
    Vazifalarni o’lchash, aniqlash, o’qitishni qayta takrorlash imkoniga ega bo’lish uchun har bir maqsadga erishish mezonini bilish kerak, ya’ni ta’lim maqsadi shunday qo’yilishi kerakki, unga erishganlik xaqida aniq xulosa chiqarish mumkin bo’lsin. Shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik adabiyotlarda vazifalar ba’zan taqqoslanadigan pedagogik maqsadlar deb ataladi (M.V.Klarin, 1989).
    Vazifa so’zi bir necha ma’noni anglatadi va keyinchalik aniqlik kiritish uchun bu so’zni kontekstga qarab "vazifa" yoki "taqqoslanadigan ta’lim maqsadi" iboralari deb karaymiz.
    Identifikatsiyalashgan yoki identiv o’quv maqsadlari – bu o’quvchining o’quv maqsadi bo’lib, ba’zan o’quvchi bilishi kerak bo’lgan vazifa yoki masalalar ham deyiladi. O’quvchining masalasi deganda ta’limda o’quvchi o’quv materialiga oid nimani bilmaydi, nimani bilishi kerak, qanday o’rganishi kerak –degan savollarga javob bilan bog’liq tushunchaga aytamiz. O’quvchining o’quv faoliyati orqali maqsadini belgilash identifikatsiyalashgan o’quv maqsadi deyilib, bu o’qituvchining maqsadi bilan bir ma’nolidir. Identiv o’quv maqsadi bu o’qituvchining o’quv maqsadi bilan bir ma’noli ifodalanishidir. O’qituvchining o’rgatish maqsadi (dars maqsadi bu o’qituvchining maqsadi) bilan o’quvchining o’rganish maqsadi aynan teng ma’noda lekin turlicha ifodalanadi. Talabaning (o’quvchining) o’quv faoliyatidagi kuzatilayotganlari, xatti-Harakatlari, o’rganayotgan atamalari, tayanch ibora va tushunchalar yordamida ifodalanishi maqsadga muvofiqdir. Ta’limda o’qituvchining belgilangan maqsadlari (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) o’quvchining identiv maqsadlarida fe’llar orqali, o’quvchini xatti-harakatlarini tartibga soluvchi, nima qilinishini aniq bildiradigan ma’noda akslanishi lozim. Materialni o’rganishda o’quvchi aynan maqsad nimaligini chuqur tushunishi kerak. Identiv maqsadlarga erishish bu ta’limda ko’zlangan yakuniy natija bilan bog’liq. O’quvchining identiv maqsadlari bevosita uning o’zlashtirish natijasi bilan bog’langan bo’lib, bu maqsad bevosita nazariyani amaliyot bilan bog’laydi. Identiv o’quv maqsadlari o’qituvchining maqsadidan kelib chiqadi. O’quv materiali bir necha mantiqan bir-biriga bog’liq kichik o’zlashtirilishi oson bo’lgan o’quvchiga mos holda bo’laklarga (qismlarga) bo’linadi. Bu kichik bo’lakni asosiy savol deb ataymiz. Mavzu rejalanishiga undagi tayanch ibora va tushunchalarga asoslanib bir necha (kamida ikkita) asosiy savolga bo’linadi. Mavzudagi umumiy maqsadlar (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) endi har bir asosiy savolda aniq holda shu savol uchun o’qituvchi tomonidan ta’lim maqsadi belgilanadi. Bu erda maqsadlar ketma-ketligi hosil bo’lib, bu maqsadlarni qaysi biri avval, qaysi biri keyin kelishi tartiblanadi. Maqsadlarning tartiblanishi umumiy maqsadning yakuniy natijani olishi bilan bog’liq Holda belgilanadi.
    Maqsadlarni mutlaqo to’liq taqqoslash g’oyasi shuni nazarda tutadiki, bundan so’ng o’quvchi faoliyatini kuzatish, o’lchash vositalari orqali tushuntirish imkoni tug’iladi.
    Programmali o’qitishning asoschisi (pedagogik texnologiyaning paydo bo’lishida muhim ahamiyat kasb etgan) B.Skinner shuni ta’kidlaydiki, uzga yondashuvda o’qituvchi o’qitish maqsadlarini har doim qayta ko’rib chiqishga majbur bo’ladi va bunda maqsadlarni shunchalik noaniq ifodalaydiki, ularga erishganlikni tajribada aniqlash mumkin bo’lmay qoladi.
    Ta’lim mazmuni odatga ko’ra, asosan tematik yo’nalishga ega va unday o’qitishning aniq maqsadlarini ko’rish qiyindir. O’qitish vazifalarini (taqqoslanadigan) maqsadlarni ishlab chikishni engillashtirish uchun ularning ta’rifida o’zlashtirgan o’quvchilar malakasini ifodalovchi fe’llardan foydalanish mumkin, masalan:
    - konkret faktni biladi;
    - qoidani biladi;
    - og’zaki materialni matematik ifodaga ko’chiradi;
    - sxema (grafik, diagramma va b.)ni tushuntiradi;
    - berilganlardan natijalarni keltirib chiqaradi;
    - yangi vaziyatda tushunchani ishlatadi;
    - qoida (konun)ni ishlatadi;
    - ma’lum qoidani yangi Holatda qo’llashni to’g’ri namoyish qiladi;
    - mavxum farazlarni ajratadi;
    - fikrlash mantiqida xato va kamchiliklarni topadi va h.k.
    Shuni ham ta’kidlash kerakki, fe’llar umumiy va xususiy ko’rinishga ega bo’lishi mumkin, masalan:
    o’rganish belgilash
    aniqlash ajratish
    tanishish to’plash
    tushunish tuzish
    Vazifalarni (taqqoslanadigan o’quv maqsadlarini) aniqlashtirish uchun o’qishda o’quvchi tomonidan bajara oladigan va o’qituvchi tomonidan kuzatiladigan va o’rganiladigan konkret operatsiya, harakat yoki malakani ifodalaydigan fe’llardan foydalanish kerak. Yuqoridagi o’ng katorda ko’rsatilgan fe’llar shular jumlasidandir. Masalan, quyida ko’rsatilgan maqsadlardan ikkinchisi aniqroqdir:

    1. o’quvchi qoidani o’zlashtirmoqda va o’quvchi tanish (yoki notanish) vaziyatda qoidani qo’llamoqda.

    Shunday qilib, maqsadlarni aniqroq, konkretroq qo’yishning asosiy yo’li ma’lum natija bilan yakunlanadigan xarajatlarni ifodalaydigan fe’llardan foydalanishdir.
    Taqqoslanadigan ta’lim maqsadlarini (vazifalarini) shakllantirish quyidagi sxema bo’yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak: konkret o’quv mashg’ulotining umumiy maqsadi - o’qitishning xususiy maqsadi - taqqoslanadigan o’qitish maqsadi (vazifa).
    Ta’kidlash kerakki, takkoslanadigan o’qitish maqsadi (vazifasi) kutilayotgan natijaning oxirigacha absolyut ta’rifi hisoblanmaydi, balki unga yaqinlashtirilgan natijadir.
    Lekin, ta’lim vazifalarini (takkoslanadigan ta’lim maqsadlarini) belgilashda qiyinchiliklar ham bulishi mumkin. Masalan, o’qitish natijalarini bo’laklarga bulish va alohida-alohida tahlil qilish zarur bo’lganda ayrim ta’lim maqsadlarini bo’laklarga bulish va to’g’ri tahlil qilish qiyinlashadi. Ta’lim maqsadlarini tanlashda pedagog shunga e’tibor berishi kerakki, kat’iy takkoslanadigan ta’lim maqsadlaridan foydalanganda o’qitish reproduktiv xotiraga ega bo’ladi.
    M.V.Klarinning (1989) ta’kidlashicha, ijodiy harakterlarga ega bo’lgan ta’lim maqsadlarini tanlaganimizda uning xususiyatlarini (o’qitishning konkret natijalarini) ob’ektiv ifodalash qiyinlashadi. Bunda o’qituvchining bahosi ekspertli, ko’p hollarda intuitiv shaklda bo’ladi va bu baho o’qituvchining madaniyati va ijodiy fikrlash kobiliyatiga bog’liq bo’ladi.



    Download 1,16 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




    Download 1,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi

    Download 1,16 Mb.