|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|
bet | 12/66 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #121215 |
Bog'liq portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR Ikkinchi asosiy savol bayoni.
Og’zaki-illyustrativ yondashuv. U an’anaviy bo’lib va asosan o’qituvchining axborot berishi, talabalaning qabul qilayotgan bilimni to’plashi va xotirasida saqlashi bilan belgilanadi.
Shu bilan birga, K.G.Markvardt (1981) fikriga ko’ra,"bilim" tushunchasining asl mohiyati xotirada saqlanuvchi axborot sifatida qaraladi. Bunday bilimlar, ularni qo’llash ko’nikmalari tekshirib quriladi(imtixonlarda), ya’ni xotiradagini hech qanday qo’llanmasiz, shu bilimlarga qaratilgan to’g’ridan-to’g’ri savollarga javoban ifoda etiladi. Bu tizimdagi bilimlar - asosan esda saqlab qolish natijasi, ko’pincha rasmiy ma’lumotdir. Ular aktuallashtiriladi, ya’ni chukur xotiradan yuzaga keltiriladi yoki boshqa so’z bilan aytganda, faqat unga qaratilgan to’g’ridan to’g’ri savol paytida esga olinadi. Qayta esga olish darajasidagi bilim uzoq vaqt xotirada saqlanmaydi. Kerakli paytda qiyinchilik bilan esga olinadi, ayrim hollarda esa umuman esga olib bo’lmaydi.
Ma’lumot berish tizimida tayyor bilimlarni "o’qituvchi - talabalarga", bu bilimlarga ularning ehtiyoji va faollik darajasi bog’liq bo’lmagan holda, bevosita berish mumkin bo’lgan imkoniyatidan kelib chiqishadi. Shunga ko’ra o’qituvchining asosiy vazifasi - zaruriy axborotni ma’lum qilish va uni xotirada mustaxkamlash ustida ishlashdir.
Bunday o’quv jarayonida o’quv predmeti soatlar mikdori, va’z, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar oralig’idagi soatlar taqsimoti, dars o’tish joyi qat’iy belgilab olinadi. Lekin pedagog vijdoniga tegishli ta’lim natijasi deyarli umuman hisobga olinmaydi.
V.Guzeevning ta’kidlashicha, an’anaviy metodika uchun dastur talablarida ifodalanuvchi ta’lim maqsadlarini "O’zlashtirish" tushunchasi kobigiga uralgan ta’lim oluvchilarning holati haqidagi qandaydir noaniq tasavvur bilan tavsiflash xarakterlidir. Ko’proq muvaffaqiyatlarga erishgan o’qituvchilarning ish tajribalarini umumlashtirish asosida ta’lim jarayonlari tashkil etiladi. Har bir aniq vaziyat uchun ilgor o’qituvchilarning pedagogik faoliyati namunasi qidiriladi, ammo ta’limning bir qator olimlari va amaliyotchilari alohida metodikalarning davri o’tganligini va har qanday ilg’or pedagoglar tajribalarini umumlashtirish (hattoki noyob hodisalar haqida ham umuman gapirish mumkin bo’lsa) tizimli va maqsadga yo’naltirilgan, garovlangan, samarali ta’limni kurish imkonini bermasligini qayta-qayta ta’kidlashmokda.
Ta’limda og’zaki-illyustrativ yondashuv juda katta tajribaga ega va qismlarga ajratilib ishlab chiqilgan bo’lib, ta’lim tizimida ulkan xizmat ko’rsatdi. U biroz bo’lsada takomillashuvda davom etmokda, ammo bu takomillashuvning imkoniyatlari cheklanganligi yondashuvning o’ziga qo’yilgan printsiplaridadir. Jadal suratlar bilan o’sib boraetgan fan va texnika talablari, ta’lim tizimidagi isloxotlar rakobatbardosh kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning ma’lumot olish istaklarini kondirishga bo’lgan jamiyat ehtiyojlari va o’qitish metodlari o’rtasida ziddiyatlar tug’ilishiga olib keldi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|