|
Tushuntirish, namoyish etish metodi
|
bet | 11/66 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #121215 |
Bog'liq portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR Tushuntirish, namoyish etish metodi.
Bu metodning asosiy vazifasi o’quvchilarning axborotni o’zlashtirishini tashkil etishdir. Bu faoliyat shundan iboratki, o’qituvchi tayyor axborotni turli vositalar bilan beradi, o’quvchilar esa ana shu faoliyatni idrok etadilar va eslab qoladilar. O’qituvchi axborot berishni og’zaki, darslik va qo’shimcha qo’llanmalardagi iboralar, ko’rsatmali qurollar va x.k. yordamida amalga oshiradi. O’quvchilar berilgan bilimlarni o’zlashtirish uchun yangi axborotni tinglaydilar, ko’radilar, o’qiydilar, kuzatadilar va xotirada saqlaydilar.
Reproduktiv metod
O’quvchilar ko’nikma va malakalarni egallashi, shu bilan birgalikda bilimlarni o’zlashtirining ikkinchi darajasiga erishishi uchun o’qituvchi topiriqlar tizimi orqali ularning o’zlariga berilgan bilimlarni bir necha marta eslatadi. O’qituvchi topshiriqlar beradi, o’quvchilar esa topshiriqlarni namuna asosida echadilar.
Nazorat savollar:
O’zlashtirish deganda nimani tushunasiz?
O’quv materialini o’zlashtirish darajalarini tasniflang.
O’quv materialini o’zlashtirish darajalariga erishish uchun ta’lim jarayonida qanday uslublardan foydalaniladi?
Ta’limning og’zaki uslularini toping.
A) hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar
B) hikoya, ko’rgazmali qurollar, tajribalar
V) hikoya, ma’ruza, namoyish qilish, texnik vositalar, suhbat va boshqalar
G) hikoya, ma’ruza, suhbat, ekskurtsiya va boshqalar
5. O’zlashtirish darajalarining ta’lim jarayonidagi ahamiyatini tushuntiring
2- asosiy savol bo’yicha dasrning maqsadi:
Talabalarga ta’lim-tarbiya jarayoni haqida tushuncha berish, ta’lim tizimidagi yondashuvlar va ularning xususiyatini yoritish, o’quv jarayonini loyihalash haqida tushuncha berish. O’qituvchilik kasbiga qiziqtirish
Identiv o’quv maqsadi:
Ta’lim jarayonidagi turli xil yondashuvlarning mohiyatini izohlaydi.
Har bir ta’lim jarayonidagi yondashuvga ta’rif beradi.
O’quv jarayonini loyihalashni o’rganadi va amaliyotda qo’llaydi.
|
| |