|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|
bet | 32/66 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #121215 |
Bog'liq portal.guldu.uz-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYaLAR Asosiy adabiyotlar.
1.Ishmuhammedov.R.Abduqodirov.A.Pardaev.A. Tarbiyada pedagogik texnologiyalar.Tosh-2008
2.Tolipov.O’. Yangi pedagogik texnologiya tatbiqi asoslari.
Asosiy savollar.
1. Bilim olishni shakllantirishda muntazam bog’lanishlarning ahamiyati.
2. Pedagogik texnologiyaning bilim olishning kuchaytiruvchi qoidalari va ularning o’quv maqsadiga erishishdagi ahamiyati.
II. Tayanch so’z va iboralar:
O’quv maqsadi, muntazam bog’lanish, assotsiatsiya, qoida, ekvivalent, analogik, differentsial, pedagogik monitoring.
Mavzuga oid muammolar:
O’rganiladigan yangi va o’zlashtirilgan eski bilimlar o’rtasida muntazam bog’lanishni yo’lga qo’ymasdan turib, bilim olishni faollashtirib bo’ladimi?
Birinchi savol bo’yicha darsning maqsadi.
Bilim olishni shakllantirishda muntazam bog’lanishlarning ahamiyatini tushuntirib berish, bilim olishni kuchaytiruvchi qoidalardan amalda foydalanishni o’rgatish, bo’lajak kasbga muhabbatni uyg’otish.
Identiv o’quv maqsadlari.
1. Bilim olishni shakllantirishda muntazam bog’lanishlarning ahamiyatini tushunadi.
2. Bilim olishni shakllantirishda muntazam bog’lanishlarning mohiyatini anglaydi.
3. Bilim olishni shakllantirishda muntazam bog’lanishlardan amalda foydalanadi.
Birinchi savolning bayoni.
O’qitishga texnologik yondashishda bog’lanishlar tashkil etilishi orqali bilimlarning shakllanishiga katta e’tibor beriladi. "Bilim" tushunchasining buyuk rus fiziologi I.P.Pavlov bergan ta’rifini keltiramiz: "Bog’lanish tashkil topganda, ya’ni "assotsiatsiya" deb ataladigan, bu, shubhasiz, ishni bilish, tashqi olam ma’lum munosabatlarini bilishdir, ulardan navbatdagi marta foydalanganingizda esa bu "tushunish" deb ataladi". Bunda, u ta’kidlaganidek, "...yangi shart-sharoitlarda qo’llanilganda bilimlar balki, yangi bog’lanishlar tashkil topganligi hisobiga "takomillashadi.".
K.P.Markvardt ta’kidlaganidek, "bilimlar – bog’lanishlar bo’lgani uchun, bog’lanishlar esa o’rganiladigan yangi va o’zlashtirilgan eski orasida tashkil topishi mumkin bo’lganligidan, bu eski qancha ko’p va boy bo’lsa, ya’ni unda qancha ko’p bog’lanishlar ishlab chiqilgan va o’rnatilgan bo’lsa, shuncha ko’p yangi bog’lanishlar o’rnatish mumkin va egallangan yangi bilim shuncha boy bo’ladi. Bilim sifati qaralayotgan xodisalar o’rtasida o’rnatiladigan bog’lanishlar soni bilan, ya’ni ular o’zaro ta’sirini tushunish kengligi bilan aniqlanadi. Bohlanishlar bo’lmasa, demak bilimlar ham yo’k, biz urganiladiganni yoddan esda koldiradigan bo’lsak ham. Yangining eski bilan, yangining elementlari orasida boy boglanishlar urnatildimi, demak, qimmatbaho, boy bilimlar egallandi" .
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi
|