• 1.2. Bugungi kunda axborot xavfsizligining dolzarb ahamiyat kasb etishi.
  • O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti




    Download 0.92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/18
    Sana29.05.2022
    Hajmi0.92 Mb.
    #22256
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
    Bog'liq
    f65066d0b8ad5780dbfea83bdef87464 AXBOROT SOHASIDA MILLIY XAVFSIZLIK MASALALARI
    140 23.02.2018, 7 - mustaqil ish, 1-Variant, cisco ios tizim fayl, HSRP
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    7
    Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2015. – №5. – 52-м. 
    8
    Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2003. – № 1. – 2-м.


    1.2. Bugungi kunda axborot xavfsizligining dolzarb ahamiyat kasb etishi. 
    Bugungi kunda deyarli barcha davlatlar axborot sohasi tadrijiy rivojlanishi 
    va turli xil tazyiqlar mavjud bo`lgan sharoitlarda uning amal qilishi uchun shart-
    sharoitlar yaratish bo`yicha faoliyatni kuchaytirdilar. Shuning uchun XXI asrni 
    axborot texnologiyalari asri deb bejiz aytmayaptilar. Kishilar o`rtasida xabar 
    etkazishni ta`minlashga qobil hisoblash texnikasi, axborot aloqa tizimi, internet 
    tizimi, shuningdek boshqa axborot texnologiyalari inson va jamiyat hayoti va 
    faoliyatida axborotning ahamiyatini keskin oshirib yubordi. Hozirgi kunda 
    ijtimoiy-siyosiy rivojlanish o`rtasida mutanosiblik mavjud bo`lgan jamiyatgina har 
    tomonlama uyg`un rivojlanishi mumkin. Shuning uchun har qanday jamiyat 
    o`zining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa bo`lgan talab hamda ehtiyojini 
    to`liqroq qondirishga intiladi. Yuqorida aytib o`tilganidek, bugunga kelib ilmiy-
    texnikaviy, ishlab chiqarish, ijtimoiy rivojlanishning miqyosi mazkur sohalarda 
    to`plangan va almashinayotgan axborotlar va ularning almashinish sur`ati va 
    o`zlashtirilish tezligi bilan belgilanadi. Mustaqillik tufayli respublikamiz ijtimoiy - 
    siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy va siyosiy hayotida juda katta tub o`zgarishlar ro`y 
    berdi.O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritib, uni mustahkamlash va shuning 
    asosida yangi huquqiy-demokratik jamiyat qurish yo`liga o`tdi. Istiqlol 
    xalqimizning ma`naviy uyg`onishi uchun to`la imkoniyat yaratdi. Yurtimiz tarixi, 
    qadimiy madaniyatimiz tiklanmoqda va oliy qadriyat nufuziga ega bo`lmoqda. 
    Prezidentimiz ta`kidlaganidek: ―Mustaqillik yillarida bosib o‗tgan yo‗limiz va 
    to‗plagan tajribamizni xolisona baholash, qo‗lga kiritgan yuksak marralarimizni 
    tahlil etish mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‗yicha 
    biz tanlagan modelning naqadar to‗g‗ri ekanini va shu yo‗ldan bundan buyon ham 
    og‗ishmay qat‘iyat bilan borishimiz zarurligini yaqqol ko‗rsatmoqda‖
    9

    O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o`zining bir qator risola va nutqlarida kishilar 
    dunyoqarashi va jamiyat mafkurasining shakllanishida ijtimoiy fanlarning o`rni 
    beqiyosligini ta`kidlab o`tdi. Jumladan, Prezidentimiz milliy mafkuraning 
    shakllanish jarayonida tarix fanining o`rniga g`oyat yuksak baho berib: «Milliy 
    mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba-bu haqqoniy yoritilgan tarixdir»
    10
    ,-
    deb ko`rsatdi. Darhaqiqat, o`zbek halqi mustaqillikka tinch yo`l bilan erishgan 
    bo`lsa-da, istiqlol uchun olib borilgan kurashlarning ildizlari uzoq tarixga borib 
    taqaladi. Mustaqillik sharofati bilangina bu kurashlar tarixini xolisona o`rganishga 
    imkoniyat yaratildi va milliy tariximiz, ma`naviy boyliklarimizni sinfiy, partiyaviy 
    to`siqlar bilan xalqdan ajratib qo`yishdek illatga barham berildi. Mustabidchilik 
    9
    И.А.Каримов «Еришган марралар билан чегараланмасдан, бошлаган ислохотларимизни янги боскчга 
    кутариш-бугунги кундаги енг долзарб вазифамиздир»-23-жилд.-Т:2015. 
    10

    Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – T., Ma‘naviyat, 2008.-115-bet. 


    davrida hukmron kommunistik mafkura ta`sirida o`tmishimizdagi talaygina tarixiy 
    jarayonlar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar kommunistik, ma`muriy-buyruqbozlik tizimi 
    manfaatlariga bo`ysundirilgan holda soxtalashtirildi, noto`g`ri talqin etildi. 
    Bugungi kunda ma`naviy qadriyatlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan 
    boyitib borish, o`zligimizni chuqurroq anglash, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi 
    tamoyillarini xalqimizning kalbi va ongiga singdirish, muqaddas dinimiz va 
    tariximizni soxtalashtirish, ulardan siyosiy maqsadlarda foydalanishlarga yo`l 
    qo`ymaslik - ma`naviyat sohasidagi asosiy vazifalarimizdir. Ushbu vazifalar milliy 
    istiqlol g`oyasining 
    ma`naviyat soxasida namoyon bo`lishining asosiy 
    tamoyillarini belgilaydi. Yangi jamiyatni barpo etish jarayonida, eng avvalo, 
    ma`naviy qadriyatlarni tug‘ri baxolay olishni, soxta qadriyatlardan yoki tarixan 
    eskirgan, o`zidagi bunyodkorlik va ijobiy saloxiyatni sarflab bo`lgan 
    qadriyatlardan xaqiqiy hayotbaxsh qadriyatni ajrata olishni o`rganish lozim. Biror 
    bir qadriyatga baxo berilar ekan, uning mamlakatimiz mustaqil tarakkiyotining 
    siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, e`tiqodiy va axloqiy asoslarini qay darajada 
    mustaxkamlay olishi, xalqimizning umumjaxon ijtimoiy taraqqiyotining faol 
    sub`ektiga aylanishiga xizmat qila olishi bosh mezon bo`lishi kerak. Milliy 
    qadriyatlarga, jumladan madaniy-ma`naviy, ma`rifiy merosga ilmiy asosda tug‘ri 
    yondashishning asosiy tamoyillariga xos mezonlar - insonparvarlik, vatanparvarlik, 
    xalqchillik va taraqqiyparvarlikdir. Bu mezonlarning har birida milliylik va 
    umuminsoniylik mujjassamlashgan. Ular mohiyatan umuminsoniy harakterga ega 
    bo‘lsada, xar bir tarixiy davrda muayyan xalqlarning extiyojlarini yuzaga chiqaradi 
    va ularni ko‘ndirishga xizmat qiladi. Shu bois ularning zamirida mujassam bo`lgan 
    umuminsoniylik moxiyati, milliy extiyojlarni muayyan milliy shaklda ifodalab va 
    uz mazmunini ularga moslashtirgan xolda yuzaga chiqadi. Mazkur mezonlarga 
    nafaqat milliylik va umuminsoniylik, balki tarixiylik ham xos. Ya`ni ular shaklan 
    va mazmunan qotib kolgan andozalar mos xolda emas, balki davr talablariga, 
    jamiyat oldida turgan yangi vazifalarga mutanosib tarzda boyib, takomillashib 
    boradi. Mazkur tamoyillar milliy g`oyamizning tarkibiy unsurlaridir. Zero, milliy 
    istiqlol goyasi butun jamiyat, butun millat, butun O`zbekistonliklar uchun xizmat 
    qiladi. Milliy qadriyatlarimizni baxolaganda, ularning milliy g‘oyaga nechog‘lik 
    mos ekanini nazarda tutamiz. Lekin biz baholash jarayonida faqat aloxida bir 
    inson, muayyan ijtimoiy gurux, biror bir etnos, manfaatini emas, balki 
    umuminsoniy jamiyatimiz, barcha O‘zbekistonliklar manfaatini nazarda tutamiz. 
    Shu bois, yuqorida zikr etilgan mezon va tamoyildan foydalanib, madaniy-
    ma`naviy merosimizni va bugun ayrim yot mafkuraviy poligonlar tomonidan 
    targ‘ib etilayotgan ba`zi g`oyalarni taxlil etsak, ularda insonning erkin rivojiga, o‘z 
    orzu-intilishlariga mos xolda yashashiga, xalqimizning psixologiyasi, maksad-


    muddaolari, Vatan manfaatlari va zamonaviy taraqqiyot talablariga mos 
    kelmaydigan unsurlarni, g`oyalarni yaxshi payqab olamiz. 
    Ilmiy texnika taraqqiyoti insoniyat va jamiyat moddiy ehtiyojlarini qondirish 
    uchun ulkan imkoniyatlar yaratdi. Yangi yuqori texnologiyalar jamiyat a`zolari 
    turmushini istalgan mahsulot bilan ta`minlashga va xizmat sohasini jadal 
    rivojlantirish uchun shart - sharoit yaratishga imkoniyat beradi. Axborot yaratish 
    va tarqatish sohasida ham ilgari ko`z ko`rib quloq eshitmagan sur`at va ko`lamga 
    erishildi. Kishilar o`rtasida xabar yetkazishni ta`minlashga qobil hisoblash 
    texnikasi, axboriy aloqa tizimi, internet tizimi, shuningdek boshqa axborot 
    texnologiyalari inson va jamiyat hayoti va faoliyatida axborotning ahamiyatini 
    keskin oshirib yubordi. Hozirgi kunda ijtimoiy-texnikaviy rivojlanish bilan 
    ijtimoiy-siyosiy rivojlanish o`rtasida mutanosiblik mavjud bo`lgan jamiyatgina har 
    tomonlama uyg`un rivojlanishi mumkin. Shuning uchun har qanday jamiyat 
    o`zining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa axborotga bo`lgan talab hamda 
    ehtiyojini to`liqroq qondirishga intiladi. Yuqorida aytib o`tilganidek, bugunga 
    kelib ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish, ijtimoiy rivojlanishning o`lchami mazkur 
    sohalarda to`plangan va almashinayotgan axborotlar, ularning almashinish sur`ati 
    va o`zlashtirilish tezligi bilan belgilanadi. Globallashayotgan dunyoda axborot 
    xalqlararo va davlatlararo munosabatlarda katta ahamiyat kasb etadi. Ya`ni, u 
    jahon hamjamiyati hayotida ham ijobiy ham salbiy kuch sifatida namoyon bo`lishi 
    mumkin. Shu ma`noda texnikaviy-texnologik sohada katta imkoniyatga ega 
    bo`lgan mamlakatlar qulay sharoitga ega bo`ladilar. Mana shu ustunlik tufayli ular 
    o`z shaxsiy manfaatlariga mos keluvchi qadriyatlarni, nuqtai-nazarlarni, 
    g`oyalarni, fikrlarni ilgari surishlari mumkin va surmoqdalar ham. Shunga ko`ra 
    ko`pgina davlatlarda glaballashuvga qarshi harakatlar yuzaga kelmoqda, bular 
    yagona jahon uyg`unlashgan axborot maydonini tuzishni rad etmoqdalar. Bu 
    o`rinda shuni alohida ta`kidlash joizki, globallashuvga qarshi harakatning o`zi 
    tobora global harakat tusini olmoqda. Zamonamizning o`ziga xos jihatlaridan biri 
    sifatida har qanday mahalliy hodisa yoki voqea zamonaviy axborot texnologiyalari 
    tufayli global hodisa yoki voqeaga aylanmoqda. Masalan, 2000 yil 11 sentyabrda 
    Nyu Yorda yuz bergan voqea, Livan tuprog`idagi harbiy harakatlar, Fransiyadagi 
    yoshlarning chiqishlari, u yoki bu mamlakatdagi saylovlar, avia halokat, tabiiy 
    ofat, terrorchilik harakati va boshqa shunga o`xshash voqea va hodisalar buning 
    yorqin dalili bo`ladi. Jahon miqyosida kezib yuruvchi bunday axborotlar muayyan 
    davlat manfaatlariga ta`sir etmay qolmaydi. Bu faqat shu axborot tarqaladigan, 
    alohida olingan bir mamlakatdagi ijtimoiy, siyosiy jarayonlardan darak berishi 
    bilangina emas, balki boshqa mamlakatlarning mazkur xabarlar haqida hech narsa 
    aytilmagan auditoriyasi bularni o`z davlatidagi holatga qiyoslashi bilan ham 
    mazkur mamlakat manfaatlariga ta`sir etadi. Shu sababli davlatlar, hukumatlar 


    o`rtasida ayrim kelishmovchiliklar vaqti-vaqti bilan yuzaga chiqib turishi mumkin. 
    Bunda kim haq yoki kim nohaq ekanligini aniqlash har doim ham oson 
    bo`lavermaydi. Bular barchasi axborot jarayonlarining globallashuvi bilan bog`liq 
    muammolar dolzarbligini yana bir karra ta`kidlaydi. Ammo mazkur muammolar 
    tufayli axborot ishlab-chiqarish va tarqatish imkoniyatlarining tengsizligi paydo 
    bo`ladi. Bu ob`ektiv vaziyatni shunday deb qabul qilmoq kerak. Mamlakatlar bu 
    boradigi o`z ustunliklarini shaxsiy manfaatlarida foydalanishlari boshqa gap. Mana 
    shunday vaqtda munosatlarda keskinlik yuzaga keladi, u ko`p hollarda axboriy 
    kurashga yoki boshqacha qilib aytganda psixologik urushga aylanib ketadi. Ochiq 
    axborot tizimlarida axboriy-psixologik xavfsizlikni ta`minlash hozirgi kunning 
    dolzarb talabidir. Har bir davlat buning ustida bosh qotirmoqda. Bu jahondagi 
    yangi geosiyosiy taqsimot, yangi mintaqaviy nizolarning yuzaga kelishi, 
    millatchilik, shovinizm, din niqobidagi ekstremizm, ekologik halokatning tahdidi 
    kuchayishi, spid, parranda gripi va boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishi bilan 
    bog`liqdir. Yuqorida qayd etilganlarning barchasi O`zbekiston Respublikasi uchun 
    ham mazkur muammolar muhim ekanligini alohida ta`kid etadi. Buning dolzarbligi 
    davlatimiz uchun milliy mustaqillikni yanada mustahkamlash, iqtisod va bozor 
    munosabatlarini 
    tadrijiy 
    rivojlanishini 
    ta`minlash, 
    ijtimoiy 
    islohotlarni 
    chuqurlashtirishda yaqqol ko`rinadi. Bunda ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ni 
    amalga oshirish, milliy an`analarni hayotga qaytarish, murosasozlikni tarbiyalash 
    ham katta ahamiyat kasb etadi. Ma`lumki, mustaqil dunyo qarashga ega 
    ma`lumotli kishilargina turli xil talqindagi tazyiqlarga ruhan barqaror qarshilik 
    ko`rsata oladilar. Bu birinchidan. Ikkinchidan, mana shunday kishilargina tegishli 
    muhit yaratishlari va milliy g`oyalarning darg`alari hisoblanadi. Mana shuning 
    uchun ham mazkur muammolarni o`rganishda
     axborotning shakli va mohiyati;
     axborot xavfsizligini ta`minlash;
     ochiq axborot tizimlarining o`ziga xosligi;
     shaxs, jamiyat va davlat axboriy- psixologik xavfsizligini ta`minlash 
    manbalari va turlari;
     axborot sohasidagi milliy xavfsizlikni ta`minlashning ahamiyati va 
    tamoyillari;
     OAV va axboriy qarama-qarshilik; axboriy-psixologik xavfsizlikni 
    ta`minlashda asosiy yo`nalish va usullar; 
     ochiq axborot tizimlarda shaxsning o`z-o`zini himoya qilishi;
     jamoatchilik fikri va jamiyat axboriy-psixologik xavfsizligi;
     O`zbekiston OAV lari va jamiyatning psixologik xavfsizligi kabi mavzularni 
    chuqurroq o`rganish talab etiladi.


    Yuqorida sanab o`tilgan mavzularni o`rganishda axborot, axboriy xavfsizlik, 
    milliy manfaatlar, axborot sohasidagi milliy manfaatlarga bo`lgan xavf, manbalari, 
    jamoatchilik fikri, ochiq axborot tizimlari, globallashuv, axboriy qarama-qarshilik, 
    axboriy-psixologik kurash, OAV lari, onglilik, idroklash, aks ettirish 
    manikulyattsiya qilish, psixologik qo`poruvchilik, ijtimoiy targ`ibot, jamoatchilik 
    ongi, insonni xufiyona boshqarish va boshqalarga alohida e`tibor qaratish joiz. 
    Psixologiya, sotsialogiya, falsafa, OAV nazariyalaridan olingan bu tushuncha va 
    terminlar fanni chuqurroq tushunishga, uning asosiy mazmunini, usullari va 
    yo`sinlarini, ya`ni ochiq axborot tizimlarida foydalanayotgan usullarni idrok 
    etishga, 
    demak, 
    ijobiy 
    g`oyalarni salbiy 
    g`oyalardan 
    farqlay 
    olishga 
    ko`maklashadi. Ma`lumki, har qanday dalil, hodisa yoki voqea turlicha talqin 
    etilishi mumkin, shunga bog`liq tarzda auditoriya tomonidan qabul etilishi ham 
    mumkin. Shuning uchun avval boshidanoq, tushunchaviy apparatni belgilab olish, 
    uni sharhlash lozim, shundan kelib chiqqan holda biror hodisa yoki voqeani biz 
    qanday idrok etishimiz va talqin qilishimizga e`tibor berishimiz darkor. 
    Ruxsat etilganlik huquqiga axborotni yoki uning resurslarini o‗qish uchun, 
    o‗zgartirish, nusxa olish, axborotni yo‗q qilish huquqlari kiradi. Axborotni 
    muhofaza qilish – bu axborot himoya tizimini yaratish bilan bog‗liq jarayon. 
    Axborot himoya tizimi hech qachon yuz foizlik himoyani ta‘minlay olmasligini 
    anglash muhimdir. Bu esa axborotni mumkin bo‗lgan darajadagi o‗zgartirish, 
    o‗g‗irlash yoki yo‗q qilish tavakkalchiligiga asoslangan axborot xavfsizligi haqida 
    fikr yuritishni taqozo etadi. Tаrmоq tехnоlоgiyalаri rivоjining bоshlаng‘ich 
    bоsqichidа viruslаr vа kоmpyutеr хujumlаrining bоshqа turlаri tа‘siridаgi zаrаr
    kаm edi, chunki u dаvrdа dunyo iqtisоdining ахbоrоt tехnоlоgiyalаrigа bоg‘liqligi
    kаttа emаs edi. Hоzirdа, hujumlаr sоnining dоimо o‘sishi hаmdа biznеsning 
    ахbоrоtdаn fоydаlаnish vа аlmаshishning elеktrоn vоsitаlаrigа bоg‘liqligi 
    shаrоitidа mаshinа vаqtining yo‘qоlishigа оlib kеluvchi hаttо оzginа hujumdаn 
    kеlgаn zаrаr judа kаttа rаqаmlаr оrqаli hisоblаnаdi. Misоl tаriqаsidа kеltirish 
    mumkinki, fаqаt 2003 yilning birinchi chоrаgidа dunyo miqyosidаgi yo‘qоtishlаr 
    2002 yildаgi bаrchа yo‘qоtishlаr yig‘indisining 50%ini tаshkil etgаn, yoki 
    bo‘lmаsа 2006 yilning o‘zidа Rоssiya Fеdеrеаtsiyasidа 14 mingdаn оrtiq 
    kоmpyutеr jinоyatchiligi hоlаtlаri qаyd etilgаn. Kоrpоrаtiv tаrmоqlаrdа 
    ishlаnаdigаn ахbоrоt, аyniqsа, zаif bo‘lаdi. Hоzirdа ruхsаtsiz fоydаlаnishgа yoki 
    ахbоrоtni mоdifikаtsiyalаshgа, yolg‘оn ахbоrоtning muоmаlаgа kirishi 
    imkоnining jiddiy оshishigа quyidаgilаr sаbаb bo‘lаdi: 
    - kоmpyutеrdа ishlаnаdigаn, uzаtilаdigаn vа sаqlаnаdigаn ахbоrоt hаjmining 
    оshishi; 
    - mа‘lumоtlаr bаzаsidа muhimlik vа mаhfiylik dаrаjаsi turli bo‘lgаn 
    ахbоrоtlаrning to‘plаnishi; 


    - mа‘lumоtlаr bаzаsidа sаqldаnаyotgаn ахbоrоtdаn vа hisоblаsh tаrmоq 
    rеsurlаridаn fоydаlаnuvchilаr dоirаsining kеngаyishi; 
    - mаsоfаdаgi ishchi jоylаr sоninig оshishi; 
    - fоydаlаnuvchilаrni bоg‘lаsh uchun Internet glоbаl tаrmоgini vа аlоqаning 
    turli kаnаllаrini kеng ishlаtish; 
    - fоydаluvchilаr 
    kоmpyutеrlаri 
    o‘rtаsidа 
    ахbоrоt 
    аlmаshinuvining 
    аvtоmаtlаshtirilishi. 
    Ахbоrоt хаvfsizligigа tахdid dеgаndа ахbоrоtning buzilishi yoki yo‘qоtilishi 
    хаvfigа оlib kеluvchi himоyalаnuvchi оb‘еktgа qаrshi qilingаn hаrаkаtlаr 
    tushunilаdi. Оldindаn shuni аytish mumkinki, so‘z bаrchа ахbоrоt хususidа emаs, 
    bаlki uning fаqаt, mulk egаsi fikrichа, kоmmеrtsiya qiymаtigа egа bo‘lgаn qismi 
    хususidа kеtyapti. Zаmоnаviy kоrpоrаtiv tаrmоqdаn vа tizimlаr duchоr bo‘lаdigаn 
    kеng tаrqаlgаn tахdidlаrni tаhlillаymiz. Hisоbgа оlish lоzimki, хаvfsizlikkа tаhdid 
    mаnbаlаri kоrpоrаtiv ахbоrоt tizimining ichidа (ichki mаnbа) vа uning tаshqаrisidа 
    (tаshqi mаnbа) bo‘lishi mumkin. Bundаy аjrаtish to‘gri, chunki bittа tахdid uchun 
    (mаsаlаn, o‘girlаsh) tаshkqi vа ichki mаnbаlаrgа qаrshi hаrаkаt usullаri turlichа 
    bo‘lаdi. Bo‘lishi mumkin bo‘lgаn tахdidlаrni hаmdа kоrpоrаtiv ахbоrоt tizimining 
    zаif jоylаrini bilish хаvfsizlikni tа‘minlоvchi eng sаmаrаli vоsitаlаrni tаnlаsh 
    uchun zаrur hisоblаnаdi. Tеz-tеz bo‘lаdigаn vа хаvfli (zаrаr o‘lchаmi nuqtаi 
    nаzаridаn) tахdidlаrgа fоydаlаnuvchilаrning, оpеrаtоrlаrning, mа‘murlаrning vа 
    kоrpоrаtiv ахbоrоt tizimlаrigа хizmаt ko‘rsаtuvchi bоshqа shахslаrning аtаyin 
    qilmаgаn хаtоliklаri kirаdi. Bа‘zidа bundаy хаtоliklаr (nоto‘g‘ri kiritilgаn 
    mа‘lumоtlаr, dаsturdаgi хаtоliklаr sаbаb bo‘lgаn tizimning to‘хtаshi yoki buzilishi) 
    to‘g‘ridаn to‘g‘ri zаrаrgа оlib kеlаdi. Bа‘zidа ulаr niyati buzuq оdаmlаr 
    fоydаlаnishi mumkin bo‘lgаn nоzik jоylаrni pаydо bo‘lishigа sаbаb bo‘lаdi. Bundа 
    zаrаr mаnbаi tаshkilоtning fоydаlаnuvchisi hаm, tаrmоq fоydаlаnuvchisi hаm 
    bo‘lishi mumkin, охirgisi аyniqsа хаvfli. Zаrаr o‘lchаmi bo‘yichа ikkinchi o‘rinni 
    o‘g‘irlаshlаr vа sохtаlаshti-rishlаr egаllаydi. Kompyuter jinoyatchiligi statistikasi 
    tahlil etilsa qayg‘uli manzaraga ega bo‘lamiz. Kompyuter jinoyatchiligi yetkazgan 
    zararni narkotik moddalar va qurollarning noqonuniy aylanishidan olingan foydaga 
    qiyoslash mumkin. Faqat AQSHda "elektron jinoyatchilar" yetkazgan har yilgi 
    zarar qariyb 100 mld. dollarni tashkil etar ekan.Yaqin kelajakda jinoiy 
    faoliyatning bu turi daromadliligi, pul mablag‘larining aylanishi va unda ishtirok 
    etuvchi odamlar soni bo‘yicha yaqin vaqtlargacha noqonuniy faoliyat orasida 
    daromadligi bilan birinchi o‘rinni egallagan noqonuniy biznesning uch turidan 
    o‘zib ketish ehtimolligi katta. Bu noqonuniy bizneslar-narkotik moddalar, qurol va 
    kam uchraydigan yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish. Davlat va xususiy 
    kompaniyalar faoliyatining sotsiologik tadqiqi ma‘lumotlariga qaraganda XXI 
    asrning birinchi yillarida iqtisodiy sohadagi jinoyatchilik bank va boshqa 


    tizimlarning axborot-kommunikatsion komplekslariga bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
    g‘arazli iqtisodiy harakatlarga qaratilgan bo‘ladi. Kredit-moliya sohasidagi 
    kompyuter jinoyatchiligining soni muttasil o‘sib bormoqda. Masalan onlayn 
    magazinlarida 25%gacha qalloblik to‘lov amallari qayd etilgan. Shunga 
    qaramasdan G‘arb davlatlarida elektron tijoratning-yuqori daromadli zamonaviy 
    biznesning faol rivojlanishi ko‘zga tashlanmoqda. Ma‘lumki, bu soha rivojlanishi 
    bilan parallel ravishda "virtual" qalloblarning ham daromadi oshadi. Qalloblar endi 
    yakka holda harakat qilmaydilar, ular puxtalik bilan tayyorlangan, yaxshi texnik va 
    dasturiy qurollangan jinoiy guruhlar bilan, bank xizmatchilarining o‘zlari 
    ishtirokida ishlaydilar. Xavfsizlik sohasidagi mutaxassislarning ko‘rsatishicha 
    bunday jinoyatchilarning ulushi 70%ni tashkil etadi. "Virtual" o‘g‘ri o‘zining 
    hamkasbi-oddiy bosqinchiga nisbatan ko‘p topadi. Undan tashqari "virtual" 
    jinoyatchilar uyidan chiqmasdan harakat qiladilar. Foydalanishning elektron 
    vositalarini ishlatib qilingan o‘g‘rilik zararining o‘rtacha ko‘rsatkichi faqat 
    AQSHda bankni qurolli bosqinchilikdan kelgan zararning o‘rtacha statistik 
    zararidan 6-7 marta katta. Bank xizmati va moliya amallari sohasidagi turli xil 
    qalloblik natijasida yo‘qotishlar 1989 yili 800 mln. dollardan 1997 yili — 100 
    mlrd. dollarga yetgan. Bu ko‘rsatkichlar o‘sayapti, aslida yuqorida keltirilgan 
    ma‘lumotlardan bir tartibga oshishi mumkin. Chunki ko‘p yo‘qotishlar 
    aniqlanmaydi yoki e‘lon qilinmaydi. O‘ziga xos "indamaslik siyosati"ni tizim 
    ma‘murlarining o‘zining tarmog‘idan ruxsatsiz foydalanganlik tafsilotini, bu 
    noxush xodisaning takrorlanishidan qo‘rqib va o‘zining himoya usulini oshkor 
    etmaslik vajida muhokama etishni xoxlamasliklari bilan tushunish mumkin. 
    Kompyuter ishlatiladigan inson faoliyatining boshqa sohalarida ham vaziyat yaxshi 
    emas. Yildan-yilga xuquqni muhofaza qiluvchi organlariga kompyuter 
    jinoyatchiligi xususidagi murojaatlar oshib bormoqda.Barcha mutaxassislar 
    viruslarning tarqalishi bilan bir qatorda tashqi xujumlarning keskin oshganligini 
    e‘tirof etmoqdalar. Ko‘rinib turibdiki, kompyuter jinoyatchiligi natijasida zarar 
    qat‘iy ortmoqda. Ammo kompyuter jinoyatchiligi ko‘pincha "virtual" qalloblar 
    tomonidan amalga oshiriladi deyish haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Hozircha 
    kompyuter tarmoqlariga suqilib kirish xavfi har biri o‘zining usuliga ega bo‘lgan 
    xakerlar, krakerlar va kompyuter qaroqchilari tomonidan kelmoqda. Xakerlar, 
    boshqa kompyuter qaroqchilaridan farqli holda, ba‘zida, oldindan, maqtanish 
    maqsadida kompyuter egalariga ularning tizimiga kirish niyatlari borligini bildirib 
    qo‘yadilar. Muvaffaqiyatlari xususida Internet saytlarida xabar beradilar. Bunda 
    xaker musobaqalashuv niyatida kirgan kompyuterlariga zarar yetkazmaydi. 
    Krakerlar (cracker) — elektron "o‘g‘rilar" manfaat maqsadida dasturlarni 
    buzishga ixtisoslashganlar. Buning uchun ular Internet tarmog‘i bo‘yicha 
    tarqatiluvchi buzishning tayyor dasturlaridan foydalanadilar.


    Kompyuter qaroqchilari — raqobat qiluvchi firmalar va xatto ajnabiy 
    maxsus xizmatlari buyurtmasi bo‘yicha axborotni o‘g‘irlovchi firma va 
    kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislari. Undan tashqari ular begona 
    bank schetidan pul mablag‘larini o‘g‘irlash bilan ham shug‘ullanadilar.Ba‘zi 
    "mutaxassislar" jiddiy guruh tashkil qiladilar, chunki bunday kriminal biznes o‘ta 
    daromadlidir. Bu esa tez orada, "virtual" jinoyatning zarari jinoyat biznesining 
    an‘anaviy xilidagi zarardan bir tartibga (agar ko‘p bo‘lmasa) oshishiga sabab 
    bo‘ladi. Hozircha bunday tahdidni betaraflashtirishning samarali usullari mavjud 
    emas. 
    Yuqorida qayd etilganlar himoya turlari orasida asosiylari huquqiy,tashkiliy 
    va 
    texnik 
    himoya 
    hisoblanadi. 
    Bizning 
    mavzuga 
    taluqlisi 
    huquqiy 
    himoyadir.Shuning uchun biz huquqiy himoya haqida ko‘rib chiqamiz. 



    Download 0.92 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




    Download 0.92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti

    Download 0.92 Mb.
    Pdf ko'rish