O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti




Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana29.05.2022
Hajmi0.92 Mb.
#22256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
f65066d0b8ad5780dbfea83bdef87464 AXBOROT SOHASIDA MILLIY XAVFSIZLIK MASALALARI
140 23.02.2018, 7 - mustaqil ish, 1-Variant, cisco ios tizim fayl, HSRP
Axborot xavfsizligi – ko‘p qirrali faoliyat sohasi bo‘lib, unga faqat tizimli 
kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Ushbu muammoni hal etish 
uchun huquqiy, ma‘muriy, protsedurali va dasturiy-texnik choralar qo‘llaniladi. 
Davlatning axborot xavfsizligini ta‘minlash muammosi milliy xavfsizlikni 
ta‘minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib, axborotni muhofaza qilish esa 
davlatning birlamchi masalalariga, davlat siyosati darajasiga aylanmoqda. 
XXI asrda shaxs. jamiyat va davlat taraqqiyotida axborot resurslari va 
texnologjyalarining ro‘lni ortishi natijasida O‗zbekiston Respublikasida fuqarolik 
jamiyatmi axborotlashtirilgan jamiyat sifatida qurish masalasini hal etish bilan 
birga quyidagi omillar milliy xavfsizlkni ta‘minlash tizimida axborot 
xavfsizligining yetakchi o'rin egallashini belgilaydi: 
 milliy manifaatlar, ularga tajovuz va ularni bu tajovuzlardan himoyalash 
axborot vа axborot sohasi orqali ifodalanadi, amalga oshiriladi; 
 inson va uning huquqlari. axborot va axborot tizimlari hamda ulrga egalik 
qilish - bu nafaqat axborot xavfsizligining asosiy obyektlari. shu bilan birga 
jami xavfsizlik sohalaridagi xavfsizlik obyektinning asosiy elaementlaridir. 
 axborot yondashuvidan asosiy ilmiy-amaliy usul sifatida foydalanish orqali 
milliy xavfzlik masalalarini hal etish mumkin; 
 milliv xavfsizlik muammosi yaqqol ajralib turuvchi axborot tasifiga ega. 
Axborot xavfsizligi tizimi davlatning axborot sohasidagi siyosatini 
mamlakatda milliy xavfsizlikni ta'minlash davlat siyosati bilan chambarchas 
bog'laydi. Bunda axborot xavfsizlig tizimi davlat siyosatining asosiy tashkil 
euvchilarini yaxlit bir butunlikka birktiradi. Bu esa axborot xavfsizligining roli va 
uning mamlakat milliy xavfsizligi tizimidagi mavqeni belgilaydi. Axborot 
sohasidagi O'zbekistonnig milliy manifaatlarini,
ularga erishishining strategik 
yo'nalishlarini va ulami amalga oshirish tizimlarini o'zida aks ettirvchi maqsadlar 
yaxlitligi davlat axborot siyosatini anglatadi. Shu bilan birga davlat asborot siyosati 
mamlakatning tashqi vа ichki siyosatining asosiy taihkil eravchisi hisoblanadi va
jamiyatning barcha jabhalarini qamrab oladi 
Axborot xavfisligining zатоnaviу konsepsiyasi axborot xavfsizligini 
ta'minlovchi maqsadlar, vazifalar, tamoyillar va asosiy yo'nalishlar bo'yicha rasmiy 
nuqtai nazarlar majmuini bildiradi. 
Quyida axborot xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilari va jihatlari 
keltirlgan: 
6
Каримов.И.А. Мамлакатимизда демократик ислохотларни янада чукирлаштириш ва фукаролик жамиятини 
ривожлантириш концепцияси.-Т.,2010. 


- axborotni muhofaza qilish (shaxsiy ma'lumotlarni, davlat va xizmat sirlarini 
va boshqa turdagi tarqalishi chegaralangan ma'lumotlani qo'riqlash 
ma'nosida); 
- kompyuter xavfsizligi yoki ma'lumotlar xavfsizligi - kompyuter tarmoqlarida 
ma'lumotlarning saqlanishini, foydalanishga ruhsat etilganligini va 
konfedensiyaligini ta'minlovchi apparat vа dasturiy vositalar to'plami, 
axborotdan mualiflashtirilmagan foydalanishdan himoya qilish choralari; 
- axborot egalariga yoki axborotdan foydalanuvchilarga hamda uni qo'llab 
quvvatlovchi infratuzilmaga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan tabiiy yoki 
sun'iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan ta'sir etishlardan axborot va uni 
qo'llab quvvatlovchi infratuzilmaning himoyalanganli: 
- fuqarolar, alohida guruhlar va ijtamoiy qatlamlar, umuman olganda 
aholining yashash faoliyati ta'lim olish va rivojlanishlari uchun zarur bo'lgan 
sifatli axborotga bo'lgan talablarining himoyalanganligi. 
Turli axborot tizimlarida foydalanuvchilar xizmat ko‗rsatuvchi personal 
hisoblanib, axborot manbai va tashuvchilari bo‗lishi mumkin.Shuning uchun 
himoya ob‘ekti tushunchasi keng ma‘noda talqin etiladi. Himoya ob‘ekti deganda 
nafaqat axborot resurslari, apparat va dasturiy vositalar, xizmat ko‗rsatuvchi 
personal va foydalanuvchilar, balki bino hamda u joylashgan hudud ham 
tushuniladi. 
Axborotni muhofaza qilishning asosiy ob‘ektlariga quyidagilar kiradi: 
– davlat sirlari bilan bog‗liq va konfedensial ma‘lumotlarni o‗zida saqlovchi 
axborot resurslari; 
– vositalar va axborot tizimlari (hisoblash texnikasi vositalari, tarmoqlar va 
tizimlar), dasturiy vositalar (operatsion tizimlar, ma‘lumotlar bazalarini boshqarish 
tizimlari, amaliy dasturiy ta‘minot), avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, aloqa 
va ma‘lumotlarni uzatish tizimlari, ruxsati chegaralangan axborotni qabul qilish, 
uzatish va qayta ishlash texnik vositalari (ovoz yozish, ovoz kuchaytirish, ovoz 
eshitish, so‗zlashuv va televizion qurilmalar, hujjatlarni tayyorlash, ko‗paytirish 
vositalari hamda boshqa grafik, matn va harfli-raqamli ma‘lumotlarni qayta ishlash 
vositalari), konfedensial va davlat sirlari toifasiga oid bevosita qayta ishlovchi 
tizim va vositalar. Bunday tizim va vositalarni ko‗pincha axborotlarni qabul qilish, 
qayta ishlash va saqlash texnik vositalari deb atashadi. 
Tizim xavfsizligini ta‘minlashning aniq mexanizmlarini tanlash qabul 
qilingan xavfsizlik siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi. O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2015-yilning 4-fevral kuni e‘lon qilingan ―O‗zbekiston 
Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 


vazirligini tashkil etish to‗g‗risida‖gi Farmoniga
7
ko‗ra ―Axborot xavfsizligini 
ta‘minlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari 
va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish chora-
tadbirlarini amalga oshirish, axborot resurslarini himoya qilish bo‗yicha texnik 
infratuzilmani yanada rivojlantirish‖ ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etilgan.
Axborot xavfsizligi deganda tabiiy yoki sun‘iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan 
qilingan ta‘sirlardan axborot va uni qo‗llab-quvvatlab turuvchi infratuzilmaning 
himoyalanganligi tushuniladi. Bunday ta‘sirlar axborot munosabatlariga, jumladan, 
axborot egalariga, axborotdan foydalanuvchilarga va axborotni muhofaza qilishni 
ta‘minlovchi infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. O‗zbekiston 
Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi «Axborot erkinligi prinsiplari va 
kafolatlari to‗g‗risida»gi qonunida
8
axborot xavfsizligi axborot borasidagi 
xavfsizlik deb belgilangan va u axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat 
manfaatlarining himoyalanganlik holatini anglatadi.
Konfidensiallik, butunlik va ruxsat etilganlik axborot xavfsizligini 
ta‘minlash borasida uchta muhim xususiyat hisoblanadi.
– axborotning konfidensialligi – axborotning holati bo‗lib, bunda axborotga ruxsat, 
faqat tegishli huquqqa ega bo‗lgan subyektlargagina beriladi.
– axborotning butunligi – axborotda hech qanday o‗zgartirishlar bo‗lmagan yoki 
o‗zgartirishlar faqat alohida huquqqa ega bo‗lgan subyektlar tomonidan amalga 
oshiriladigan axborotning holati.
– axborotning ruxsat etilganligi – axborotga ruxsat etilgan subyektlarning, uni 
amalga oshirishga to‗siqlar mavjud bo‗lmagan holati. 

Download 0.92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti

Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish