2
UO‘K 621.79.
Taqrizchilar:
Berdishev A.S. – TIQXMMI «Elektr energiyasi» kafedrasi dotsenti,
texnika fanlari nomzodi.
Abidov Q.G‘. – ToshDTU «Elektr texnikasi» kafedrasi mudiri, texnika
fanlari nomzodi, dotsent.
Raxmonov I.U., Sattorov X.A., Meliqo‘ziyev M.V. «Elektr ta’minoti
tizimida elektr energiyasi nazorati va hisobining
avtomatlashtirilgan
tizimlari». Darslik. Toshkent: 2019, 226b.
«Elektr ta’minoti tizimida elektr energiyasi nazorati va hisobining
avtomatlashtirilgan
tizimlari»
darsligi o‘quv
dasturi asosida
tayyorlangan. Mazkur darslik xorijiy adabiyotlarda keltirilgan
ma’lumotlar asosida va xorijning nufuzli oliy ta’lim
muassasalarida
mazkur fanni o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar asosida
takomillashtirilib qayta nashrga tayyorlandi. Darslikda elektr energiyani
nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan
tizimlarining pog
‘
onalari va
tuzilmalari to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Sanoat korxonalarida
energiya nazorati va hisobini amalga oshirish
va avtomatlashtirilgan
tizimlarni qurish orqali energiyadan ratsional foydalanish usullari
keltirib o‘tilgan. Avtomatlashtirilgan tizimlarning O‘zbekiston sharoitida
qo‘llanilish istiqbollari va bu boradagi chet el mamlakatlarining tajribasi
misol tariqasida keltirib o‘tilgan.