• ENHAT quyidagilarga imkon beradi
  •   1-BOB. ELEKTR ENERGIYANI NAZORATI VA HISOBINING




    Download 2,38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/55
    Sana02.02.2024
    Hajmi2,38 Mb.
    #150314
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
    Bog'liq
    ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA ELEKTR darslik

     


    11 
    1-BOB. ELEKTR ENERGIYANI NAZORATI VA HISOBINING 
    AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARI (ENHAT) 
    1.1. ENHAT tushunchasi va pog‘onalari 
    Energiya resurslarining rivojlangan savdosi ma’lumotlarni o‘lchash, 
    yig‘ish va qayta ishlash bosqichlarida inson ishtirokini minimumga olib 
    keladigan va energiya resurslarini yetkazib beruvchi tomonidan ham,
    iste’molchi tomonidan ham turli tarif tizimlariga ishonchli, aniq va ixcham 
    moslashtirilgan avtomatlashtirilgan tizimli energiyani hisoblashdan 
    foydalanishga asoslangan tizimlarni tadbiq etishni talab qilmoqda. Shu 
    maqsadda iste’molchilar hamda ta’minotchi korxonalar o‘z obyektlarida 
    ENHATni tashkil qiladilar. 
    ENHAT bu – nazorat-o‘lchov qurilmalari, aloqa kommunikatsiyalari 
    (ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i), EHM va dasturiy ta’minot (DT) dan tashkil 
    topgan energiya iste’moli jarayonini avtomatik boshqarish va avtomatik 
    hisobga olishni tashkil etish uchun mo‘ljallangan texnik va dasturiy vositalar 
    majmuidir. 
    ENHAT quyidagilarga imkon beradi: 
    - Elektr energiyasi bozori subyektlari bilan ma’lumotlar almashinuvini 
    avtomatlashtirish
    - Elektr energiyasi bozori subyektlari va iste’molchilari bilan hisob-
    kitoblarni avtomatlashtirish;  
    - Elektr energiyasini hisobga olishning ishonchliligini va tezkorligini 
    oshirishga erishish; 
    - Elektr energetik tizimlarning texnik holatlarining avtomatik nazorat 
    qilinishini ta’minlash; 
    - iste’molchilar o‘rtasida energiya va quvvat taqsimlanishining turli 
    boshqarish sxemalarini ishlatish; 


    12 
    - korxonaning ish samaradorligini oshirish. 
    ENHAT tarkibiga quyidagilar kiradi: 
    - elektr energiya va quvvat hisoblagichlari (raqamli, interfeysli yoki 
    impuls chiqishli); 
    - ma’lumotlarni 
    yig‘ish va uzatish qurilmasi (multipleksorlar, 
    telesummatorlar va boshqalar); 
    - kommunikatsiyalar 
    (kommutatsiyalanadigan 
    telefon 
    kanallari, 
    ajratilgan telefon kanallari, GSM, GPRS, radiokanallar va boshqalar); 
    - aloqa apparaturalari (modemlar, radiomodemlar, multipleksorlar va 
    boshqalar); 
    - maxsus DT o‘rnatilgan EHM (iste’molchilar hisoblagichlaridan 
    ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish hamda boshqa korxonalar yoki elektr 
    energiyasini yetkazib beruvchi bilan o‘lchov ma’lumotlarini almashtirish 
    uchun). 

    Download 2,38 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




    Download 2,38 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      1-BOB. ELEKTR ENERGIYANI NAZORATI VA HISOBINING

    Download 2,38 Mb.
    Pdf ko'rish