28
2-BOB. ELEKTR ENERGIYANI NAZORATI VA HISOBINING
AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARI (ENHAT)NI TASHKIL
ETISH VA QURISH
2.1. ENHAT ning tuzilmalari
O‘zbekiston energetika tizimida ENHAT ikki o‘zaro bog‘langan
tarmoqlarga ega:
1. Yuqori kuchlanishli magistral elektr tarmoqlarining (MET) ENHAT;
2. Ta’minlash-taqsimlash elektr tarmoqlarining (TTET) ENHAT.
MET ENHAT quyidagi pog‘onalarga ega:
- yuqori pog‘ona –milliy dispetcherlik markazi, “Energiya sotish” va
“O‘zelektrtarmoq” korxonalari elektr energiyasini
taqsimlash koordinatori,
hisobga olish texnik operatoridan iborat - “O‘zbekenergo” DAK pog‘onasi;
- O‘zbekiston energetika tizimi hududiy bo‘limlari pog‘onasi -
“O‘zelektrtarmoq” UK (MET) filiallari;
- taqsimlash subyektlari pog‘onasi - METning viloyat bo‘limlari, sotish,
ta’minot elektr tarmoqlari va elektr stansiyalari.
MET pog‘onasi METlarning ma’muriy hududida joylashgan energiya
obyektlari va iste’molchilarning balansli va idoraviy tegishliligidan qat’iy
nazar ularning elektr energiyasi va quvvatlarini taqsimlanishi haqida
axborotlarni yig‘ish va birlamchi qayta ishlashni amalga oshiriladigan
asosiy
pog‘ona hisoblanadi.
TTET ENHAT quyidagi pog‘onalarga ega:
- yuqori pog‘ona – sotish-taqsimlash elektr tarmoqlar korxonalari (ETK);
- energiya obyektlari (elektr stansiya va nimstansiyalar);
- tuman elektr tarmoqlari (TET);
29
- elektr energiyasi iste’molchilari (ishlab chiqarish va ularga
tenglashtirilgan korxonalar, qishloq xo‘jalik, kommunal-maishiy korxonalar
va boshqa iste’molchilar).
Har bir quyi pog‘onalarda axborotlar o‘zaro
belgilangan hajmlarda va
formatlarda qayta ishlanishi va yuqori pog‘onaga uzatilishi kerak.
Axborotlarni qayta ishlash va uzatish oralig‘i quyidagicha:
- operativ – 10 sekunddan ortiq bo‘lmagan (operativ boshqarishdagi
maqsadlar uchun);
- tijorat – 30 minutli, talab qilinadigan vaqtda quvvatning (elektr
energiyasining) o‘rtacha qiymatlari haqida;
- taqvim – sutkalik iste’mol ko‘rsatkichlari haqida;
- o‘sib borish tartibi bilan yakunlanadigan (elektr energiya va quvvat
haqida haftalik va oylik axborotlar).
Barcha sanab o‘tilgan pog‘onalarda ENHATning axborotlarni yig‘ish va
qayta ishlash markazlari ETKning tuzilmaviy bo‘linmalari hisoblanadi.
Axborotlarni uzatish uchun quyidagi kommutatsiyalanadigan yoki
ajratilgan aloqa kanallari ishlatiladi:
- kabelli
va simli telefon kanallari;
- yuqori kuchlanishli liniyalar bo‘yicha yuqori chastotali aloqa kanalari;
- radiostansiyalar asosidagi radiokanallar, uyali yoki boshqa mobil aloqa
kanallari.
Elektr energiyasi va quvvati to‘g‘risidagi dastlabki axborotlar MET
hududida joylashgan ENHAT obyektlarida: elektr stansiyalar, nimstansiyalar
va blok-stansiyalarda, ishlab chiqarish korxonalarida shakllantiriladi.
ENHAT tuzilmasi va funksiyalarining ishlatilishi uchun universal va
maxsus texnik vositalar ishlatiladi. Ularga quyidagilar kiradi:
30
- elektr energiyasi sarfini hisobga olish asboblari (hisoblagichlar) va
o‘lchov o‘zgartirgichlari (datchiglar);
- axborot-o‘lchov tizimlari (AO‘T) –
hisoblagichlardan olingan
axborotlarni yig‘ish, birlamchi qayta ishlash, saqlash va axborotlarni
uzatishning avtomatlashtirilgan vositalari;
- axborotlarni qayta ishlash markazlariga AO‘T dan
axborotlarni uzatish
vositalari bo‘lgan lokal tarmoqlar, aloqa kanallari, modemlar va boshqa
qurilmalar;
- energiya obyektlaridan keladigan axborotlarni qayta ishlash markazlari
va ENHAT iyerarxiyasi pog‘onalari orasida axborotlarni almashtirish uchun
hisoblash texnikasi vositalari;
- ENHAT DT tizimiy, funksional va texnologik
qismlardan tashkil
topgan. Tizimiy va funksional DT ENHAT iyerarxiyasi pog‘onasiga,
bajariladigan vazifalarga va foydalaniladigan texnik vositalarga bog‘liq.
Texnologik DT esa, bevosita ENHAT tatbiq etilgan obyektning texnologik
jarayoniga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi.