hisobga olish nuqtalarida va ob’yektlarida energiyadan foydalanishni nazorat qilish;
energiya resurslariga harajatlarni minimallashtirish va energiya
resurslari nazorat qilinadigan parametrlarining ruxsat etilgan chegaralardan
chiqishi tufayli ishlab chiqarish jarayonlarining buzilishidan keyin ularni
qayta tiklash maqsadida ham energiyadan foydalanishni va ishlab chiqarish
jarayonlarini tahlil qilish uchun energiya resurslari nazorat qilinadigan parametrlarining og‘ishlarini qayd etish, ularni absolyut va nisbiy
birliklarda baholash;
operativ yechimlarni qabul qilish hisobiga energiya resurslari ishlab
chiqarish harajatlarini minimallashtirish maqsadida nazorat qilinadigan
kattaliklarni ruxsat etiladigan qiymatlar oralig‘idan og‘ishlari haqida habar berish (rang, tovush bilan);
energiyadan foydalanishni rejalashtirish hisobiga energiya resurslariga
ishlab chiqarish harajatlarini minimallashtirish maqsadida energiyani
hisobga olish kattaliklarining parametrlarini oldindan bashorat qilish (qisqa,
o‘rta va uzoq muddatili);
inson ishtirokini minimumga keltirish va boshqarish sifatini ta’minlash
hisobiga energiya resurslariga ishlab chiqarish harajatlarini minimallashtirish
maqsadida ma’lum mezonlar va iste’molchilar-rostlagichlarni ulash/uzish
funksiyalarida prioritet sxemalar asosida energiya iste’molini avtomatik boshqarish;
sinxron o‘lchashlarni ta’minlash hisobiga energiya resurslari ishlab
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan harajatlarni minimallashtirish maqsadida
27
yagona tizim vaqtini ushlab turish. Ishlab chiqarish korxonalarining ko‘plab
amaldagi ENHAT o‘z tuzilmaviy va funksional cheklashlari tufayli ko‘rib
chiqilgan masalalarni faqat bir qismini yechadi.