44
va korxona mahsuloti tannarxida energiya
harajatlarining ulushini
kamaytirishi mumkin emas. Korxonaning energiya iste’moli darajasi ikki:
asosiy va tashkiliy-texnik tashkil etuvchilardan iborat. Asosiy tashkil etuvchi
o‘rnatilgan texnik qurilmalar energiya sig‘imi orqali aniqlanadi. Tashkiliy-
texnik tashkil etuvchi (TTTE) esa korxona
xodimi tomonidan ishlab
chiqarish shaxsiy manfaatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib beriladigan
qurilmalarni ishlatish rejimlari orqali aniqlanadi. Energiya iste’molining
birinchi (asosiy) tashkil etuvchisi eskirgan ko‘p energiya sig‘imili
qurilmalarni va texnologik jarayonlarni
zamonaviy va kam energiya
sig‘imililariga almashtirilishini talab qiladi. Bu ishlab chiqarishni
modernizatsiya
3.2.1-rasm. Korxona energiya iste’molining tashkil etuvchilari.
qilish va yirik investitsiyalarni jalb etilishiga bog‘liq.
Lekin bu masala
bugungi kunda sanoat korxonalaridagi muammoli masala hisoblanadi.
45
Shuning uchun katta pul sarflarini talab qilmaydigan va ishlatish yuqori
samarani beradigan korxona energiya iste’moli
darajasida TTTE ni
minimallashtirish imkoniyatiga e’tiborni qaratish zarur. Bu tashkil etuvchini
minimallashtirishning dolzarbligi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish
natijasida asosiy energiya iste’molini qisqartirilganidan keyin ham saqlanadi.