O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov X. A. Sattorov M. V. Meliqo




Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/55
Sana02.02.2024
Hajmi2,38 Mb.
#150314
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
Bog'liq
ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA ELEKTR darslik

 
 
2.4-rasm. Ma’lumotlarni yig‘ish va ishlov berish orqali hisoblagichlarda 
avtomatik so‘rovni o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkil etish 


37 
2.5. O‘rta va yirik quvvatli sanoat korxonalari yoki energetika 
tizimi uchun ko‘p pog‘onali ENHAT ni tashkil etish 
Hisoblagichlarning asosiy qismi birinchi daraja ma’lumotlarini yig‘ish 
markazi bilan to‘g‘ri aloqa kanallari orqali doimiy bog‘langan va ENHAT ni 
tashkil etish uchinchi usulidagi kabi berilgan. Ularda so‘rov o‘tkazish 
jadvalga asosan o‘tkaziladi. Ba’zi hisoblagichlar va birinchi daraja 
ma’lumotlarini yig‘ish markazi orasida doimiy aloqa bo‘lmasligi mumkin, 
ular ENHAT ni tashkil etishning ikkinchi usulidagi kabi ko‘chma kompyuter 
yordamida amalga oshirishi mumkin. Hisoblagichlardan birlamchi axborotlar 
birinchi daraja ma’lumotlarni yig‘ish markazlari MO lariga kiritiladi, bu 
yerda ma’lumotlarga ishlov berish ham amalga oshiriladi. Ikkinchi daraja 
ma’lumotlarini yig‘ish markazlarida axborotlarni qo‘shimcha birlashtirish va 
tizilmlashtirish, ularni ikkinchi daraja ma’lumotlarni yig‘ish markazlari MO 
lariga kiritish amalga oshiriladi. ENHAT ni tashkil etishning bu usulida MO 
sifatida ORACLE8.X MOBT ishlatilishi tavsiya qilinadi. Alfa MARKAZ 
dasturiy majmuining asosiy konfiguratsiyasi 4, 8, 16, 32 aloqa kanallari 
bo‘yicha ma’lumotlarni parallel yig‘ishni tashkil etishga imkon beradi. 16, 32 
kanallarda kommunikatsion server sifatida alohida EHM ni ishlatish zarur. 
Aloqa kanallari ajratilgan, kommutatsiyalanadigan, to‘g‘ri ulanishli bo‘lishi 
mumkin. Har bir kanalning parametrlari liniyaning turi va uning 
xarakteristikalariga bog‘liq ravishda individual sozlanishi mumkin. Tizimda 
bir necha kommunikatsion serverlar parallel ishlashi mumkin. Bunda 
ma’lumotlarni yig‘ish tizimi barcha parametrlarining tavsifi, ob’ektlarning 
barcha elektr va hisoblash sxemalarining tavsifi, shuningdek, barcha 
birlamchi va hisoblash ma’lumotlari faqat MO serverida va ma’lumotlarni 
yig‘ish markazi ilovalarida saqlanadi.


38 
Ma’lumotlarni yig‘ish markazi faqat ma’lumotlarni yig‘ish va qayta 
ishlashni bajaradi. Foydalanuvchilar AIJ lari ularga lokal tarmoq bo‘yicha 
ulanadi. Obyektda hisoblagichlar soni uncha katta bo‘lmaganida birinchi 
daraja ma’lumotlarni yig‘ish markazi AIJ funksiyasini bajarishi mumkin. 
Birinchi daraja ma’lumotlarni yig‘ish markazlari ikkinchi daraja 
ma’lumotlarni yig‘ish markazlari bilan bog‘langan. Aloqa kanallari lokal 
tarmoq bo‘yicha ajratilgan, kommutatsiyalanadigan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ulanishli bo‘lishi mumkin. Ikkinchi daraja ma’lumotlarni yig‘ish markazi 
serveri birinchi daraja ma’lumotlarni yig‘ish markazi MOdan o‘rnatilgan 
jadvalga muvofiq zarur axborotlarni avtomatik ravishda so‘raydi. 
Hududiy taqsimlangan o‘rta va yirik korxona yoki energiya tizimi 
uchun ko‘p
pog‘onali ENHAT ni tashkil etish quyidagi masalalarni 
yechishga imkon beradi: 

uzatish/iste’mol parametrlarini aniq o‘lchash; 

elektr energiyasini hisoblash uchun shartnomalarni olib borish va to‘lov 
hujjatlarini shakllantirish; 

me’yoriy-ma’lumotlar axborotlarini olib borish; 

elektr energiyasini hisobga olish va EESK ni nazorat qilish bo‘yicha 
ma’lumotlarni qayta ishlash va hisobotlarni shakllantirish; 

energiya 
resurslarining 
nazorat 
qilinadigan 
parametrlarining 
o‘zgarishlarini (og‘ishlarini) qayd etish, ularni ham energiya iste’molini, ham 
ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish uchun absolyut va nisbiy 
birliklarda baholash; 

ma’lumotlarning to‘liqligini tahlil qilish; 

tizimni tahlil qilish. 


39 
 
Tizimning turli pog‘onalarida uchun ENHATni qurishda minimal 
narxlarni taklif etadigan turli yetkazib beruvchilardan va turli texnik 
yechimlardan foydalanish mumkin. Bunday tizim bir turga mansub 
bo‘lmagan tizimlar deyiladi. Bu tizimlar haqiqatan arzon turadi, lekin 
shoshilib bu variantga rozi bo‘lishdan oldin o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi. 
Bunday tizimni ishlatish murakkab va qimmat bo‘ladi. Bu mulohazalarni 
quyidagi faktlar tasdiqlaydi: 

turli xildagi qurilmalar bilan ishlash uchun ko‘plab dasturiy 
vositalardan doimo foydalanilish zarurati; 

joriy ta’minlash va xizmat ko‘rsatish uchun elektron elementlarning 
ko‘plab shakllari bo‘lishi zarurati; 

ishchi xodimni o‘qitish va malakasini oshirilishning murakkabligi, 
chunki malaka oshirish turli tashkilotlarda bo‘lib o‘tadi; 

bu tizimlarni ishlab chiqish va ularni qurish ishlarining ko‘p vaqt talab 
qilishi; 

tizimlarni qurish va ishlatish jarayonida maslahatlar olish va 
nosozliklarni bartaraf etish ko‘p sonli mutaxassislarni jalb qilishga bog‘liq. 
Boshlang‘ich bosqichda pul mablag‘larining tejalishi bu tizimlarni 
ishlatish jaryonida moliyaviy yo‘qotishlarga olib keladi. Bu holda ENHATni 
bir turga mansub tizim sifatida qurishga imkon beradigan texnik 
yechimlardan foydalanish, ya’ni har bir hisobga olish ob’ektida bir turdagi 
qurilmalar va dasturiy ta’minot vositalarga asoslanadigan bir xil tizimni 
tadbiq etish afzal hisoblanadi. Bu elektr energiyani hisobga olish va uning 
parametrlarini nazorat qilishga bog‘liq bo‘lgan biznes-jarayonlarni 
bosqichma-bosqich avtomatlashtirish imkoniyatini, ENHATni bosqichma-
bosqich qurish va ishlab chiqarishga kiritish imkoniyatini beradi. Bu esa 
tizimni qurish va ishga tushirish bilan bog‘liq sarf harajatlar narxini 


40 
kamaytiradi. Chunki dasturiy ta’minot bir vaqtda ishlaydi va talab qilinadigan 
axborotlarni taqdim eta boshlaydi, ENHAT tizimlari qurilgan va 
ishlatilayotgan ko‘plab korxonalar o‘z tizimlarini bir turga mansub tizim 
sifatida loyihalashtirishni afzal biladilar.

Download 2,38 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov X. A. Sattorov M. V. Meliqo

Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish