33
So‘rov optik port orqali so‘rov natijalari faylini shakllantiradigan ko‘chma
kompyuterda joylashgan maxsus dasturiy ta’minot yordamida bajariladi.
Ma’lumotlarni yig‘ish markazi kompyuteri berilgan so‘rovga fayl-topshiriqni
shakllantiradigan va axborotlarni asosiy ma’lumotlar omboriga (MO)
yuklaydigan dasturiy modullar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
ENHAT ni tashkil etishning bu usuli kamchiliklari bo‘lib,
hisoblagichlardan ma’lumotlarni yig‘ishning murakkabligi va tizimda impuls
chiqishli elektron hisoblagichlardan foydalanishning imkoni yo‘qligi
hisoblanadi. Shuning uchun bu sxemani tijorat asosidagi hisobga olish
tizimini tashkil etish uchun tavsiya qilish mumkin.
Uning tarkibida
axborotlarni xotirada saqlash moduli va EHM bilan almashinuv asosida
hisobga olish tizimi interfeysi bo‘lgan qimmat uncha ko‘p bo‘lmagan
sonli
tijorat hisoblagichlari ishlatiladi.
Optik port orqali hisoblagichlarda so‘rovni o‘tkazilishi bilan ENHAT ni
tashkili etish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:
iste’mol parametrlarini aniq o‘lchash:
korxona va uning obyektlari bo‘yicha energiya resurslari iste’molini
tijorat va texnik asosida hisobga olish;
berilgan limitlarga va quvvatni texnologik jarayonlarda cheklashlarga
nisbatan berilgan vaqt intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar, sutkalar,
dekadalar, oylar, kvartallar va yillar) hisobga olish nuqtalari va ob’yektlari
bo‘yicha energiyadan foydalanishni
nazorat qilish;
elektr energiyasini hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlarga qayta ishlov
berish va hisobotlarni
shakllantirish;
ma’lumotlarning to‘liqligini tahlil qilish;
hisoblagichlarni tahlil qilish.