• 4-BOB. O‘ZBEKISTONDA ENHATNING ISTIQBOLLARI 4.1. O‘zbekistonda ENHAT: kecha va bugun
  • O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov X. A. Sattorov M. V. Meliqo




    Download 2,38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/55
    Sana02.02.2024
    Hajmi2,38 Mb.
    #150314
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
    Bog'liq
    ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA ELEKTR darslik

     
    NAZORAT SAVOLLARI: 
    1. Sanoat korxonalarida avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etilishining 
    maqsadga muvofiqligi nimadan iborat? 
    2. Avtomatika yordamida boshqarish zarur bo‘lgan sharoitlarga nimalar kiradi? 
    3. ENHAT tizimlarini ishlab chiqishda qanday avtomatlashtirish darajasi 
    tanlanishi kerak?
    4. Korxona energiya iste’molini nimalar tashkil etadi? 
    5. Sanoat korxonalari ENHAT tizimlarining iqtisodiy samaradorligi nimalardan 
    iborat? 
    6. Energiyani hisobga olish – energiya tejamkorligi uchun vosita ekanligini 
    ta’riflang. 
    7. Ko‘p zonali tarifga o‘tishning afzalliklari nimalardan iborat? 
    8. Elektr iste’moli rejimlariga muvofiq sutkalar qanday zonalarga bo‘linadi? 


    49 
    4-BOB. O‘ZBEKISTONDA ENHATNING ISTIQBOLLARI 
    4.1. O‘zbekistonda ENHAT: kecha va bugun 
    Bugungi kunda elektr energiyasining har bir kilovatt-soati uning 
    tannarxi va qabul qilsa bo‘ladigan rentabelligini hisobga olganda qancha 
    tursa, bunga teng shuncha turishi kerak va iste’molchilar va bozor sub’ektlari 
    tomonidan ularning ehtiyojlari va iqtisodiy imkoniyatlariga mos miqdorda 
    sotib olinishi kerak. Bu holatni hayotga tatbiq etilishi uchun elektr energetika 
    tizimi (EET) va har bir iste’molchida axborotlarni yig‘adigan, ishlov 
    beradigan va mos ma’lumotlar omboriga uzatadigan tizimning o‘rnatilishi 
    talab qilinadi. Shuning uchun ishlab chiqariladigan va ist’emol qilinadigan
    elektr energiyasini yangi hisobga olishning mohiyati energiyani hisobga 
    olishning avtomatlashtirilgan tizimlariga, xususan elektr energiyani nazorat 
    qilish va hisobga olish avtomatlashtirilgan tizimlari ENHAT da asoslanishi 
    kerak. 
    ENHAT elektr energiyasi bozorining sub’ektlari orasida sotilgan-
    olingan elektr energiyani hisoblash masalalalarini yuqori texnologik yechish
    (tijorat jihati), shuningdek, noratsional yo‘qotishlar va hisobga olishsiz 
    ist’emolni aniqlash maqsadlarida energiya tizimi va iste’molchilar butun 
    texnologik zanjiri bo‘yicha elektr energiyani tovar sifatida o‘tishini nazorat 
    qilish masalalarini yechish uchun mo‘ljallangan. 
    ENHAT energiya ist’emolini tariflar orqali bilvosita boshqarishni,
    ularni cheklash holatlarida elektr yuklamalarni bevosita boshqarishni, 
    shuningdek, iste’molchilar bilan rejimli o‘zaro ta’sirlashishni boshqarishni 
    ta’minlash 
    imkoniyatini 
    beradi. 
    Generatsiyalaydigan, 
    uzatadigan, 
    ta’minlaydigan, ishlab chiqarish va boshqa ENHAT guruhlarini yaratilishi 
    EES rejimlarini boshqarish uchun butun “ishlab chiqarish – uzatish – 


    50 
    taqsimlash – yetkazib berish-ist’emol” texnologik zanjirning sub’ektlari keng 
    doirasini jalb etish imkoniyatini beradi.
    Shu munosabat bilan 2002-yilda “Zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda 
    “O‘zbekenergo” AJ da elektr energiyasini tijorat asosida hisobga olishning 
    avtomatlashtirilgan tizimini yaratish Konsepsiyasi” ishlab chiqilgan va 
    tasdiqlangan. 
    Konsepsiyaga 
    muvofiq, 
    ENHAT 
    va 
    uning 
    modernizatsiyalangan variantlari o‘lchashlar, ishlov berish, saqlash va tijorat 
    asosida hisobga olish ma’lumotlarini taqsimlangan ko‘p pog‘onali tizimi 
    hisoblanishi va arxitekturaning ochiqligi va taqsimlangan ishlash 
    prinsiplarida qurilishi kerak. Elektr energiyasi hisoblagichlari, ma’lumotlarni 
    yig‘ish va uzatish qurilmalari bilan o‘zaro ta’sirlashishi axborot 
    bayonnomalarini tavsiflaydigan hujjatlar elektr energiyasini tijorat asosida 
    hisobga olish tizimlari operatorlari, shuningdek bosh operator tasarrufida 
    bo‘lishi kerak. Ko‘rinib turibdiki, kompaniyada elektr energiyasi va quvvatni 
    ishlab chiqarish va foydalanishda bunday o‘zaro ta’sirlashishi sub’ekti 
    “O‘zbekenergo” DAK ning “Energosotish” funksional filiali (FF) 
    hisoblanadi. O‘zbekiston energetikasini reforma qilishning boshlanishi bilan 
    ho‘jalik yuritishning quyidagi mustaqil sub’ektlari hosil bo‘ldi: 

    elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha ochiq aksionerlik 
    jamiyatlari (IES, IEM OAJ); 

    elektr energiyasini uzatish, taqsimlash va sotish ochiq aksionerlik 
    jamiyatlari (ES OAJ); 

    elektr 
    energiyasini 
    uzatish 
    bo‘yicha 
    unitar 
    korxonalar 
    “O‘zelektrtarmoq”, GES kaskadlari va boshqalar. 
    O‘zbekiston energetika tizimi sub’ektlari hozirgi vaqtda energiya 
    bozorini ishlashi sharoitlarida elektr energiyasini hisobga olish tizimlarining 
    ishlashiga tegishli bo‘lgan texnik talablarni e’tiborga olmasdan 


    51 
    loyihalashtirilgan va qurilgan energetika ob’ektlarini ishlatadi. Shuning 
    uchun 1991-yilgacha qurilgan elektr energiyasini hisobga olish tizimlarining 
    quyidagi o‘ziga xos xususisiyatlar xarakterli: 

    elektr energiyasi hisoblagichlarining sezilarli qismi eskirgan va 
    zamonaviy ko‘p funksiyali hisobga olish vositalariga almashtirilishini talab 
    qiladi; 

    kuchlanish transformatorlari o‘lchash zanjirlaridagi kuchlanish 
    yo‘qotishlari me’yoriy qiymatlardan oshadi; 

    tok transformatorlari va kuchlanish transformatorlari ikkilamchi 
    zanjirlari yuklamalarining qiymatlari me’yoriy talablarga javob bermaydi; 

    elektr energiyasini ba’zi olish-sotish nuqtalarida hisoblagichlar mavjud 
    emas, bu elektr energiyasini tijorat asosida hisobga olish haqidagi me’yoriy 
    hujjatlar talablariga zid;

    elektr energiyasini tijorat asosida hisobga olish asboblari elektr 
    energiyasini olish-sotish nuqtalarining barchasida ham o‘rnatilmagan 
    (sub’ektlar elektr tarmoqlari balansli tegishliligi chegaralarida emas); 

    elektr energiya yo‘qotilishlari haqidagi ma’lumotlar axborotlarni 
    uzatish va o‘zgartirishda katta xatoliklarga ega bo‘lgan ma’naviy va fizik 
    eskirgan hisoblash usullarida shakllantiriladi; 

    o‘lchov tizimlarida sezilarli quvvat pasayishlarida sezgirligi past yoki 
    nochiziqli zonada ishlaydigan past aniqlik sinflaridagi elektr hisoblagichlar, 
    kuchlanish va tok transformatorlari ishlatiladi; 

    elektr energiyasini ishlab chiqarish va ist’emoli haqida operativ va 
    sinxronlashtirilgan vaqt bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish amalga 
    oshirilmaydi; 


    52 

    elektr energiyasini hisobga olish nuqtalaridan ma’lumotlarni 
    axborotlarni yig‘ish va ishlov berish markazlariga uzatish uchun aloqa 
    kanallari odatda past uzatish tezligiga ega yoki mavjud emas. 
    Elektr energiyasini tijorat asosida hisobga olish sohasida nazariy 
    ishlanmalarning mavjud emasligi o‘lchashlar, ishlov berishlar va ularning 
    natijalarini uzatishlarni, balansning tashkil etuvchilarini (hisobga olish 
    ko‘rsatkichlarini) aniqlashni, hisoblarni yozib berishning bajarilishining 
    o‘zaro bog‘langan tashkiliy va texnik muammolari butun spektrini ko‘rib 
    chiqishni dolzarb qiladi. 
    Bunday tahlil qilish elektr energiyadan foydalanishni texnologik 
    ta’minlashni takomillashtirish yo‘llarini belgilashga va yakuniy natijada 
    energiyani tarqatish faoliyatini takomillashtirishga imkon beradi.energiya 
    tizimini samaraliroq ishlashi va zamonaviy o‘zaro munosabatlarni tashkil 
    etish uchun barcha o‘zaro ta’sirlashish sub’ektlari elektr energiyani ishlab 
    chiqarishi, uzatishi va ist’emoli haqidagi operativ ma’lumotlarni aniq va 
    ishonchli, vaqt bo‘yicha differensiallangan elektr energiya va quvvatni 
    hisobga olishni tashkil etish zarur. Buni faqat barcha EET sub’ektlarida 
    generatsiyalaydigan, uzatadigan va energiya ta’minoti kompaniyalarida va 
    elektr energiya iste’molchilarida qo‘llaniladigan zamonaviy ENHAT lar 
    asosida amalga oshirish mumkin.
    Elektr energiyani tijorat asosida hisobga olish avtomatlashtirilgan 
    axborot­o‘lchov tizimining yaratilishi O‘zbekiston EET uchun dolzarb 
    bo‘lgan quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi: 

    elektr tarmoqlari balansli tegishliligi chegaralarida va uning 
    subyektlaridag har bir hisobga olish nuqtasida elektr energiyani (aktiv va 
    reaktiv) tijorat asosida hisobga olishni ta’minlash; 


    53 

    hisoblashlar uchun qabul qilingan vaqt intervalida ishlab chiqaruvchilar 
    ishlab chiqaradigan haqiqiy elektr energiyasini (aktiv va reaktiv) aniqlash; 

    o‘zaro ta’sirlashish subyektlariga keladigan elektr energiyasining (aktiv 
    va reaktiv) haqiqiy hajmlarini hisoblash; 

    elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va ist’emoli haqida 
    ma’lumotlarni olish aniqligini, ishonchliligini va operativligini oshirish; 

    barcha hisobga olish nuqtalaridagi o‘lchashlar sinxronligini ta’minlash; 

    hisobga olish asboblari ma’lumotlarini yig‘ish, uzatish va ishlov berish 
    jarayonlarini avtomatlashtirish; 

    elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va ist’emoli rejimlarini 
    boshqarish operativligini oshirish; 

    elektr energiyasini barcha tarkibiy balanslarini aniqlash va taxmin 
    qilish; 

    elektr energiyasini berilishiga hisoblashlarni takomillashtirish; 

    elektr energiya (quvvat) ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari va 
    iste’molchilari orasida davlat rostlashi va raqobat prinsipida optimal iqtisodiy 
    munosabatlarni shakllantirish. 
    Konsepsiyaga muvofiq hisobga olish avtomatlashtirilgan tizimini 
    qurish jarayonida qator tashkiliy, texnik va moliyaviy-iqtisodiy, xususan 
    quyidagi masalalarni yechish zarur: 

    ishlab chiqarilgan, uzatilgan va ist’emol qilingan elektr energiyaning 
    aniq hajmini aniqlash uchun ma’lumotlarni yig‘ish, uzatish va ishlov berish 
    qismida, shuningdek axborotlarni shakllantirish va foydalanish qismida elektr 
    energiyani ishlab chiqarish va foydalanish sub’ektlari orasida (keyinchalik 
    o‘zaro ta’sirlashishi subyektlari) o‘zaro ta’sirlashishi qoidalarini ishlab 
    chiqish; 


    54 

    elektr energiyasini o‘lchash texnikasi vositalariga qo‘yiladigan 
    talablarni aniq belgilaydigan amaldagi me’yoriy hujjatlarni xalqaro va davlat 
    standartlariga mos keltirish; 

    hududiy belgilari bo‘yicha chegaradosh o‘zaro ta’sirlashish sub’ektlari 
    orasidagi elektr energiyasi yo‘qotilishini aniqlash va munosabatlari usullarini 
    ishlab chiqish; 

    amaldagi me’yorlarni, shuningdek, elektr energiyasini hisobga olish 
    tizimlarini o‘rnitish prinsiplari va qoidalariga taaluqli bo‘lgan zarur 
    o‘zgartirishlarni loyihaviy yechimlarga kiritish; 

    zamonaviy 
    sertifikatlashtirish 
    va 
    metrologik 
    bazani 
    ham 
    hisoblagichlarni, elektr energiyani hisobga olish tizimlarini, kuchlanish 
    transformatorlarini va tok transformatorlarini ishlab chiqarish bosqichida 
    ularni ishlatish, ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish jarayonida yaratish; 

    hisoblagichlarni tekshirishni amalga oshirish uchun etalon qurilmalarni 
    ishlab chiqish, tayyorlash yoki sotib olish; 

    zamonaviy 
    elektr 
    energiyasini 
    hisobga 
    olish 
    tizimlarini 
    va 
    hisoblagichlarini 
    umumiy 
    ishlab 
    chiqarishni 
    tashkil 
    etish 
    uchun 
    investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun sharoitlarni yaratish; 

    elektr energiyasini ishlab chiqish va ist’emol qilishda o‘zaro 
    ta’sirlashishlar subyektlari ENHAT larini qurishni moliyalashtirish 
    manbalarini aniqlash. 
    Yuqorida ta’kidlangan masalalarni amalga oshishida ishonchli aloqani 
    ta’minlash elektr energiyasi iste’molchilari va yetkazib beruvchilari orasida 
    bir tomondan, boshqarish tizimlari darajasi orasida boshqa tomondan muhim 
    ahamiyat kasb etadi. Aloqa kanallari sifatida ENHAT da elektr uzatish 
    liniyalari bo‘yicha yuqori chastotali aloqa kanallari, fizik liniyalar, ajratilgan 
    va kommutatsiyalanadigan telefon kanallari, radiokanallar, optik tolali 


    55 
    kanallar, sun’iy yo‘ldoshli aloqa kanallari va boshqalar ishlatilishi mumkin. 
    ENHAT aloqa kanallari maxsus hosil qilinishi yoki subyektlar boshqa texnik 
    tizimlari bilan ishlash uchun mo‘ljallangan aloqa kanallaridan ENHAT talabi 
    bo‘yicha ajratilishi mumkin. 
    1950-2000-yillar davrida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi 
    energiya ta’minoti tashkilotlari tarmoqlarida ishlatiladigan elektr energiya 
    induksion tizimli hisoblagichlari ishlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu 
    asboblar qator quyidagi kamchiliklarga ega: 

    zamonaviy daraja talablariga javob bermaydigan aniqlik darajasi past 
    (ishlatiladigan hisobga olish induksion tizimlarili asboblar o‘rtacha statik 
    xatoligi kamomad tomonga 10-12 % ni tashkil etadi); 

    ko‘rsatkichlarni kamaytirish va ishlash aniqligini pasaytirish 
    maqsadlarida hisoblagichlar mexanizmlari ishlashiga ruxsat etilmagan 
    aralashish imkoniyati; 

    turli kamomad qiymatlariga olib keladigan induksion tizimli 
    hisoblagichlarning past sezgirligi (ham energiya kompaniyalari ob’ektlarida, 
    ham iste’molchilar tarmoqlarida); 

    xizmat ko‘rsatiladigan asboblar ish qobiliyatining qayta tiklash uchun 
    zarur hisoblagichlar komponentlarining so‘nggi yillardagi (1998-2002) 
    ortgan narxlari; 

    iste’molchilar 
    tarmoqlarida 
    ishlatiladigan 
    hisoblagichlar 
    ko‘rsatkichlarini foydalanilgan energiyaga to‘lovni kamaytirish maqsadida 
    soxtalashtirish imkoniyatlari.
    Yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarning oldini olish uchun 
    “O‘zbekenergo” AJ va energiya ta’minoti tashkilotlarining iqtisodiy holatini 
    sog‘lomlashtirish maqsadida quyidagi ishlarni bosqichma-bosqich amalga 
    oshirish lozim. 


    56 

    barcha toifalardagi iste’molchilarda – tashqaridan aralashishga ruxsat 
    etmaydigan va muddatidan o‘tgan qarzdorlik bo‘lganida elektr energiya 
    manbalaridan iste’molchilarni avtomatik uzishni amalga oshirishga imkon 
    beradigan elektr energiyani hisobga olishning zamonaviy asboblari;

    “O‘zbekenergo” AJ korxonalarida – ist’emol qilingan elektr energiyani 
    masofadan hisobga olish va to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga 
    oshirilishini ta’minlaydigan elektr energiya ist’emolini hisobga olish 
    integratsiyalangan tizimlari, ularning ishlatilishi va tarmoqlarda tashishda 
    yo‘qotishlarni nazorat qilish. 
    Joriy etilgan elektr energiyasini bir fazali elektron hisoblagichlaridan 
    foydalanish samaradorligini tahlil qilish uchun tadqiq qilinadigan 
    iste’molchilarda 2-2,5 aniqlikdagi sinflardagi induksion hisoblagichlar 
    bo‘lgan 2007-yilning noyabr oyiga taqqoslaganda 2008-yilning noyabridagi 
    elektr energiya ist’emolining o‘zgarishi darajasi haqidagi axborotdan
    foydalanildi. Ta’kidlash zarurki, elektr tarmoq har bir korxonasida 2004-
    2008-yillar davrida ist’emol qilingan elektr energiyaning yillar bo‘yicha 
    o‘rtacha qiymatlari aniqlangan. 
    Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy elektron hisoblagichlar joriy 
    etilganidan keyin bir fazali tarmoqlarda elektr energiyaning o‘rtacha ist’emoli
    25-30 % ga ortdi, bu maishiy va kichik quvvatdagi kuch iste’molchilarida 
    ularning qo‘llanilishi samaradorligini ko‘rsatdi. 
    Shunday qilib, elektr energiyasini iste’molchilarga o‘rnatilgan 
    hajmlarda sotishda ENHAT elementlarini o‘rnatish bo‘lgan zamonaviy 
    hisobga olish asboblarini joriy etish hisobiga respublikada faqat 2005-2008
    yillarda qo‘shimcha 3 mlrddan ortiq so‘m olishga erishildi. Iste’molchilarda 
    elektr energiya zamonaviy hisoblagichlarini o‘rnatish narxi ENHAT-
    masofadan so‘rov o‘tkazilib ishlatilishi va hisoblagichlarga ta’sir etish 


    57 
    maqsadlari uchun qo‘shimcha qurilmalarni hisobga olganda bitta nuqta uchun 
    95 000 so‘mni tashkil etdi. 
    Bir fazali iste’molchilarda o‘rnatilgan bir fazali hisoblagichlar nafaqat 
    elektr energiya ist’emolini hisobga olish va boshqarishni ta’minlaydi. 
    Hisoblagichlar uzuvchi rele, differensiallangan tok datchiklari va 0,4 kV 
    tarmoq bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish uchun past kuchlanishli modemlar 
    bilan jihozlanishi energiya ta’minoti tashkilotining istagi va zarurati 
    bo‘yicha to‘ldirilishi mumkin. 
    Uch fazali iste’molchilarda hamda energiya balansini nazorat qilish 
    nuqtalarida o‘rnatiladigan uch fazali hisoblagichlar elektr energiyasi 
    ist’emolini hisobga olish va boshqarishni ta’minlaydi. 
    Yuqorida aytilganlarni e’tiborga olib hisobga olish tarmoqlarining 
    tashkil etishning quyidagi sxemasi amalga oshiriladi: 

    hisoblagichlar iste’molchilarda bu liniyadan yoki transformator 
    nimstansiyasidan barcha iste’molchilar ta’minlanishi hisobga olinadigan 
    tarzda o‘rnatilishi kerak. Ko‘p qavatli uylarda bitta qutiga ixcham o‘rnatiladi 
    va hisoblagich orqali individual kabel bo‘yicha energiya iste’molchiga 
    beriladi. Shunday qilib, hisoblagichlarga iste’molchilarning ruxsat 
    etilishining oldi olinadi, asboblar ko‘rsatkichlariga nazorat qiluvchi 
    xodimlarni ruxsat etilishi osonlashadi, energiya ta’minti tashkilotida 
    axborotlarni avtomatlashtirilgan uzatilishi uchun hisobga olish tizimining 
    keyingi modifikatsiyasi tayyorlanmoqda; 

    marshrutizatorlar 0,4 kV li transformator nimstansiyalarida o‘rnatiladi 
    va ularning tarmog‘iga ulangan iste’molchilar to‘g‘ri ulanadigan 1,0 sinfdagi 
    bir va uch fazali hisoblagichlarga, shuningdek, tarmoqning tugunli 
    nuqtalariga o‘rnatilgan “balansli” uch fazali hisoblagichlarga xizmat 


    58 
    ko‘rsatadi (ko‘p qavatli uylar va korxonalar kirishlari, individual 
    quruvchilarni ulanishi tarmoqlanishlari). Transformator nimstansiyalarida 
    transformatorli ulanishli 0,5 sinfdagi “balansli” uch fazali hisoblagichlar 
    o‘rnatiladi; 

    marshrutizatorlardan ma’lumotlar energiya ta’minoti tuman markaziga 
    mos aloqa liniyalari, shu jumladan, shahar ATS i tarmog‘idan foydalanuvchi 
    liniya bo‘yicha uzatiladi. 
    Tuman 
    markazi 
    tuman 
    nimstansiyasiga 
    yaqin 
    joylashganda 
    ma’lumotlarni uzatish uchun 6-10 kV li tarmoq ishlatilishi mumkin. 
    Markazda axborotlarni qabul qilish, ishlov berish va saqlash tashkil etiladi, 
    iste’molchilar bilan ishlash amalga oshiriladi. Axborotlardan foydalanish, 
    yechimlarni qabul qilish va nazorat ularni bajarilishining qulayligi uchun 
    tumanning mnemonik kartasi qurilmasini o‘rnatish ko‘zda tutiladi. Unda 
    avariya holatlari, tarmoqdagi buzilishlar, iste’molchilarni uzish-ulash 
    haqidagi operativ axborotlar aks ettiriladi. Tuman markazi axborotlari 
    keyingi umumlashtirish uchun energiyani hisobga olish shahar markaziga 
    uzatiladi. Shunga o‘xshash tarzda, shahar markazi axborotlari viloyat yoki 
    respublika markaziga uzatilishi mumkin. 

    Download 2,38 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




    Download 2,38 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov X. A. Sattorov M. V. Meliqo

    Download 2,38 Mb.
    Pdf ko'rish