ENHATning chet el mamlakatlaridadagi qo‘llanilishi tajribasi




Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/55
Sana02.02.2024
Hajmi2,38 Mb.
#150314
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Bog'liq
ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA ELEKTR darslik

4.3. ENHATning chet el mamlakatlaridadagi qo‘llanilishi tajribasi 
ENHAT va ENHAT AAO‘T energiyani hisobga olishning 
avtomatlashtirilgan tizimlarining qo‘lanilishi butun dunyo tajribasidan kelib 
chiqib ularning quyidagi xususiyatlarini ta’kidlash mumkin: 

barcha narsalarni o‘lchash, bu zarur va iqtisodiy maqsadga muvofiq; 

dastlabki, metrologik attestatsiyadan o‘tkazilgan energiyani hisobga 
olish ma’lumotlari ombori elektr energiyani o‘lchash nuqtasida uzoq vaqt 
saqlanishi va iste’molchi uchun ruxsat etilmasligi kerak, bu energiyani 
hisobga olish ma’lumotlarining yuqori ishonchliligini ta’minlaydi; 

hududiy taqsimlangan elektr energiyasi hisoblagichlarning ma’lumotlar 
ombori vaqt mintaqasining joriy vaqti bilan sinxronlashtirilishi kerak, bu 
hisoblagichlar hisobga olish saqlanadigan ma’lumotlari omborini real vaqtga 
nisbatini aniqlaydi;

hisoblagichning tarifli xarakteristikalari mavjud ta’riflarni, hamda 
istiqbolli tariflarni ishlatilishiga imkon berishi kerak, ular amaldagilardan 
tarifli zonalar sonini ularning ortishi tomongaligi bilan farqlanadi, ya’ni u 
aniq bir (konkret) elektron hisoblagichlar tarifli imkoniyatlari bilan joriy va 
istiqbolli tarif tizimlarining o‘zaro aloqasini aniqlaydi (elektron 
hisoblagichning xizmat qilish muddati o‘rtacha 30 yilni tashkil etadi);

hisoblagichlarning fizik raqamli interfeysi halqaro standartlar 
interfeyslari sinfiga kirishi kerak, mantiqiy interfeys (protokol) esa ochiq 
bo‘lishi va to‘liq bir ahamiyatli va qarama-qarshi bo‘lmagan tavsifga ega 
bo‘lishi kerak; 

sub’ekt ENHAT korporativ hisoblash tarmog‘i (KHT) asosida quriladi. 
Uning serveriga o‘lchashlar mos aloqa kanallari yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri 


71 
hisoblagichlardan yoki oraliq pog‘ona ma’lumotlarini yig‘ish va tarqatish 
qurilmasi (MYTQ) orqali uzatiladi; 

ENHAT texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish 
tizimlari (TJ ABT) va dispetcherlik boshqarish telemexanik tizimlari (DBTT) 
masalalarini yecha olmaydi, lekin o‘lchash ma’lumotlaridan DBAT da 
foydalanish zarur; 

aloqa kanallarining turi va o‘tkazish qobiliyati sub’ekt ENHAT ning 
yuqori pog‘onasida yechiladigan masalalarga mos kelishi kerak, ya’ni 
ENHAT asosiy va yuqori pog‘onalari orasidagi aloqa kanallariga ma’lum 
talablar mavjud. 
Jahon amaliyotida ko‘p sonli ENHAT turdagi nazorat qilish tizimlari 
mavjud. Rivojlangan mamlakatlarda maishiy sektorda qo‘llaniladigan eng 
keng tarqalgan ENHAT lardan biri “AMR systems” hisoblanadi. Bunday 
tizimlarni ishlab chiqishda ikkita asosiy yondashishga rioya qilindi. 
Oddiylikda va arzonlikda tizim o‘zini oqlaydigan va ishlashda yuqori 
ishonchlilikni ta’minlashi kerak. Hozirgi vaqtda bunday tizimlar yaratilgan, 
turkumiy ishlab chiqarilmoqda va ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan 
davlatlarda ommaviy joriy etilmoqda.
AMR turidagi ENHAT tarkbiga quyidagilar kiradi: 

hisoblashlar oraliq qiymatlarini energiyaga bog‘liq xotirada saqlash 
funksiyasi elektr energiyasi hisoblagichlari, bu hisoblagichdan o‘lchash va 
tizim ma’lumotlarini to‘g‘ri kelishini ta’minlash uchun muhim; 

hisobga olish asbolari ko‘rsatkichlarini o‘qish, xotirada saqlash va 
ma’lumotlarni yig‘ish lokal blokiga elektr tarmoq bo‘yicha uzatish uchun 
interfeys modulli va hisoblagichlar kontrollerlar elektr tarmoqlar modemlari 
(ETM) ko‘rinishida bajarilgan ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatish qurilmasi 
(MYTQ); 


72 

elektr tarmoqlari modemlar ishini boshqarish, ulardan hisobga olish 
asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘qish, ularni yig‘ish va avtonom bloklar 
“soatlarni” sinxronlashtirish markaziy dispetcherlik bo‘limlariga tarqatish 
uchun xizmat qiladigan ma’lumotlarni yig‘ish lokal bloki (MYLB); 

markaziy dispetcherlik (MD) kompyuterida hisobga olish asboblarining 
ko‘rsatkichlariga ishlov berish ist’emol qilingan resurslarga to‘lov 
summalarini hisoblash, iste’molchining ijtimoiy maqomini hisobga olish 
multitarifli rostlashni qo‘llab­quvvatlash, hisoblarni yozib borish amalga 
oshiriladi. 
PLC texnologiyalar asosidagi AMR tizimlarda ishlatiladigan texnik 
yechimlar quyidagilarga imkon beradi: 

hisoblagichlardan kuch tarmog‘i bo‘yicha guruhli ma’lumotlarni 
yig‘ish qurilmasiga ma’lumotlarni uzatishli induksion tizimli yoki elektron 
bir tarifli qimmat bo‘lmagan hisoblagichlarni iste’molchilarda saqlash; 

har bir iste’molchiga ta’mirlash ishlarisiz va hisoblagichlarni 
almashtirmasdan faqat ma’lumotlarni yig‘ish qurilmasida dasturiy ta’minotni 
o‘zgartirish bilan yangi tarif tizimlarini joriy etish; 

ko‘p xonadonli uy bo‘yicha masofadan turib, bir necha sekundda 
binoga kirmasdan hisoblagichlar ko‘rsatkichlarini yozib olish, bunda 
nazoratchi 
xodimlar 
hisoblagichlar 
ko‘rsatkichlarini 
o‘zgartirish 
imkoniyatidan mahrum bo‘ladi; 

elektr energiyasini o‘g‘irlanishlarini aniqlash, bu haqda signalizatsiyani 
ishlatish va to‘lovni amalga oshirmaydiganlarni masofadan uzish. 
Qoidaga ko‘ra,tizim uchta asosiy qismlar: masofadan hisobga olish 
tizimi, abonentlarni boshqarish tizimi va qo‘shimcha to‘lanadigan xizmatlarni 
taqdim etish potensial tizimidan tashkil topgan. Axborotlarni uzatish uchun 
kommunikatsion muhit sifatida past kuchlanishli taqsimlash tarmog‘i (PLC 


73 
texnologiya), shuningdek, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar 
tarmog‘i ishlatiladi.
ENHAT 
tizimlarida 
asosiy 
elementlardan 
biri 
hisoblagichlar 
hisoblanadi. Odatdagi foydalaniladigan elektron hisoblagichlar o‘zida 
hisobga olish asbobi, zanjir uzgichi va taqsimlash tarmog‘i kanali (DLC) 
bilan aloqa qurilmasi funksiyalarini birlashtiradi. Binobarin, hisoblagichlar 
aktiv va reaktiv energiyani o‘lchaydi va istalgan joyda, shu jumladan elektr 
energiyasini transchegaraviy qayta oqimlarini o‘lchashda qo‘llanilishi 
mumkin, ular xalqaro standartlarni hisobga olib ishlab chiqilgan va quyidagi 
parametrlarga ega: 

aniqlik sinfi – 1 dan ortiq emas; 

toklar diapazoni – 5–40 A yoki 5–50 A; 

xizmat qilish muddati – 15 yildan kam emas. 
10/0,4 kV transformator nimstansiyasiga (TN) o‘rnatilgan konsentrator 
markaziy tizimga elektron hisoblagichlarga axborotlarni uzatilishini 
boshqarishga qodir. 
Konsentrator 
elektron 
hisoblagichlarni 
“master­slave” 
(bosh­buysunuvchi) prinsipi bo‘yicha so‘raydi. Konsentrator va hisoblagich 
orasidagi aloqa DLC tarmog‘i bo‘yicha 82 kGs (birlamchi tashuvchi 
chastota) yoki 72 kGs (ikkilamchi tashuvchi chastota) chastotada amalga 
oshiriladi. TN ga o‘rnatilgan modemlar konsentrator to‘plagan ma’lumotlarni 
markaziy tizimga telekommunikatsion tarmoq bo‘yicha mos protokoldan 
foydalanib uzatiladi. Markaziy dispetcherlik bo‘limi ma’lumotlarni to‘playdi 
konsentratorlarga uzatadi va tizimni boshqaradi. 
Operatsion tizim o‘lchashlar ma’lumotlarini kiritish va mijozlar bilan 
shartnoma operatsiyalarini boshqaradi. 


74 
Hozirgi vaqtda PLC texnologiyalardan tashqari, umumiy qabul qilingan 
aloqa texnikasi radioaloqa bo‘lib qoldi. 
Chet el mutaxassislarining baholashlari bo‘yicha, ENHAT ni joriy 
etishdan iqtisodiy samara avtomatlashtirish ob’ektlari elektr energiya yig‘indi 
ist’emolining yiliga 5 dan 20 foizigachani tashkil etadi. Metering Europe – 
2000 yillik xalqaro konferensiyadagi ma’ruzalar ma’lumotlari bo‘yicha 
elektr, suv, gaz ta’minotini o‘lchashdagi muammolar bo‘yicha o‘ylangan tarif 
siyosati va boshqa resurslarni yetkazib beruvchilarni ulanishi (ular uchun 
ochiq axborot almashinuvi protokoli ishlab chiqilgan) hisobiga ENHAT ni 
joriy etish loyihalarini uch yillik o‘zini oqlash muddatiga etishga erishildi.

Download 2,38 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 ENHATning chet el mamlakatlaridadagi qo‘llanilishi tajribasi

Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish