•  qarzdorlar quvvatlarini cheklash.  Ishlab chiqarish korxonalari uchun:  •




Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/55
Sana02.02.2024
Hajmi2,38 Mb.
#150314
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Bog'liq
ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA ELEKTR darslik

• 
qarzdorlar quvvatlarini cheklash. 
Ishlab chiqarish korxonalari uchun: 
• 
elektr energiya va quvvat bozori erkin ulgurji savdo sektorida elektr 
energiyani sotib olish; 
• 
tijorat yo‘qotishlarni kamaytirish; 
• 
elektr energiyani sotib olinishi haqida axborotlarni operativ olish; 
• 
elektr energiya iste’molini tahlil qilish va taxmin qilish; 
• 
elektr energiyadan ratsional foydalanish; 
Bunday tizimlarni qurish tuzilmasi quyidagilardan iborat: 


60 
• 
tok va kuchlanish transformatorlari (aniqlik sinfi 0,5 dan kam emas); 
• 
raqamli interfeysli ko‘p funksiyali mikroprotsessorli elektr energiya 
hisoblagichlari (aniqlik sinfi 0,5 dan kam emas); 
• 
zamonaviy ishlab chiqarish kkontrollerlari asosidagi ma’lumotlarni yig‘ish va 
tarqatish qurilmasi (MYTQ); 
• 
o‘lchov-hisoblash komplekslari (tijorat axborotlarini yig‘ish markazi). 
ENHAT AAO‘T ni joriy etishda elektr energiyasi va quvvat ulgurji 
bozorida tizimning asosiy vazifasi bu elektr energiya ulgurji bozorida 
moliyaviy hisoblashlarda ishlatiladigan hisobga olish ko‘rsatkichlarining 
qiymatlarini aniqlashga imkon beradigan elektr energiyasi miqdorini o‘lchash 
hisoblanadi. Tizim elektr energiya ist’emoli bo‘yicha hisobotlar shakllarini 
va hujjatlarini shakllantirish, serverdagi ma’lumotlar omborida axborotlarni 
saqlash va hisobotlar ma’lumotlarini energiya ta’minoti korxonasiga 
uzatishni ta’minlaydi. ENHAT AAO‘T, shuningdek, ko‘p funksiyali elektron 
hisoblagichlardan o‘qiladigan elektr energiya sifati parametrlarini nazorat 
qilish imkoniyatini beradi. 
ENHAT AAO‘T bu o‘lchash nuqtalari o‘lchov-axborot majmualari, 
elektr uskunalar axborot-hisoblash komplekslari, o‘lchashlar ob’ektlari va 
vositalari haqida axborotlarni, o‘lchashlar natijalarini yig‘ish, ishlov berish va 
saqlashni o‘tkazish vazifalarini bajaradigan axborot-hisoblash komplekslari 
va yagona vaqtni ta’minlash tizimi majmuini funksional birlashtiradigan, 
shuningdek, olingan axborotlarni avtomatlashtirilgan rejimda elektr 
energiyasi ulgurji bozoridagi tijorat asosida hisobga olishni boshqarish 
integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan tizimiga uzatadigan ierarxik tizim 
hisoblanadi.
ENHAT AAO‘T elementlari quyidagilar hisoblanadi: 


61 

elektr uskunalar axborot-hisoblash komplekslari (EUAHK) – bir elektr 
uskuna chegaralarida o‘lchashlar ob’ektlari va vositalari holatlarini tahlil 
qilish masalalarini, shuningdek, bu axborotlarga ruxsat etish interfeyslarini 
ta’minlashni yechish uchun mo‘ljallangan dasturiy, axborot va texnik 
vositalarning funksional birlashtirilgan majmui hisoblanadi. EUAHK 
ENHAT AAO‘T elementlarining tarqalgan tuzilmasida qo‘llaniladi; 

axborot-hisoblash komplekslari (AHK) – EUAHK va elektr energiya ulgurji 
bozori sub’ekti axborot-hisoblash kompleksidan (AHK) keladigan 
o‘lchashlar ob’ektlari va vositalari holatlarini tahlil qilish masalalarini, ularni 
yiriklashtirish, shuningdek, bu axborotlarga ruxsat etish interfeyslarini 
ta’minlashni yechish uchun mo‘ljallangan dasturiy, axborot va texnik 
vositalarning funksional birlashtirilgan majmui hisoblanadi; 

hisobga olish nuqtalari o‘lchov-axborot kompleksi (HON O‘AK) –
o‘lchanadigan fizik kattaliklar haqida miqdoriy axborotlardan iborat signallar 
shakllantiriladigan va ketma-ket o‘zgartiriladigan bu nuqta bo‘yicha elektr 
energiyasini hisobga olish dasturiy-texnik vositalarining funksional 
birlashtirilgan majmui hisoblanadi. Hisobga olish nuqtalari o‘lchov-axborot 
majmui 
o‘lchashlarning 
tugallangan 
funksiyasini 
bajaradi 
va 
me’yorlashirilgan metrologik xarakteristikalarga ega. 
ENHAT AAO‘T ning ishonchli ishlashini quyidagi texnik vositalar 
ta’minlaydi: 

o‘lchov tok va kuchlanish transformatorlari; 

tok va kuchlanish transformatorlaridan hisoblagichlargacha ikkilamchi 
zanjirlar; 

telemetrik yoki raqamli chiqish interfeysili elektr energiyasi hisoblagichlari; 

hisoblagichlardan ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatish qurilmasigacha aloqa 
kanali; 


62 

sanoat kontrolleri yoki ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatish qurilmasi; 

ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatish qurilmasi, axborot-hisoblash kompleksi 
axborot-hisoblash kompleksi (AHK) va axborotlarni yig‘ish markazi (AYM) 
orasida kanal hosil qiluvchi qurilma; 

axborotlarni yig‘ish, ishlov berish va saqlash serveri; 

aniq vaqt va sinxronizatsiya signallarini qabul qilish qurilmasi; 

avtomatlashtirilgan ish joylari; 

ENHAT AAO‘T yig‘ish markazidan axborotlarni yuqori turuvchi 
tashkilotlarga tarqatish uchun qurilmalar; 

Elektr energiyasi hisoblagichlar, kontrollerlar yoki ma’lumotlarni yig‘ish va 
tarqatish qurilmalarini parametrlashtirish uchun dasturiy ta’minot va yig‘ish 
markazi maxsuslashtirilgan dasturiy ta’minoti; 

elektr energiyasi hisoblagichlarni parametrlashtirish va tahlil qilish uchun 
maxsuslashtirilgan dasturlar va ulanish kabellari komplektili personal 
kompyuter. 
ENHAT AAO‘T ni joriy etish quyidagi ketma-ketlikda bajarilishi 
kerak: 

elektr energiyasini olish-sotish nuqtasida zamonaviy asboblarni montaj 
qilish; 

elektr energiyasini hisobga olish ma’lumotlarini yig‘ish, ishlov berish, 
uzatish uchun ENHAT AAO‘T dasturiy-apparatli kompleksini ishlab chiqish 
va o‘rnatish; 

aloqa kanallarini qurish; 

elektr energiyasi ishlatilishining aniq hajmlarini hisoblashni o‘tkazish. 
Mustaqil ishlaydigan o‘zaro ta’sirlashish sub’ektlari ENHAT AAO‘T 
larini elektr energiyasini ishlab chiqarish va foydalanishda yagona operativ 


63 
axborot-hisoblash tarmog‘iga birlashtirish tuzilmaviy tashkil etuvchilarni 
yaratish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin (8.1-rasm). 
Yuqori (markaziy) pog‘ona – “O‘zbekenergo” pog‘onasi bo‘lib, u 
milliy dispetcherlik markazini (MDM), “Energosotish” FF va elektr 
energiyasini taqsimlash koordinatori “O‘zelektrtarmoq” UK (“Energo ABT 
sozlash” va “O‘zenergoaloqa” FF ni qo‘shganda), tijorat asosida hisobga 
olish texnik operatorini (“O‘zenergosozlash”) o‘z ichiga oladi. 
O‘zbekiston energetika tizimining hududiy bo‘limlari pog‘onasi –
“O‘zelektrtarmoq” UK bo‘limi, masshtabli elektr tarmoqlar (MET). 
Taqsimlash subyektlari darajasi (lokal) – magistral tarmoqlar viloyatlar 
bo‘limlari va elektr stansiyalar, elektr energiyaning yirik iste’molchilari. 
Barcha darajalar tizimlari orasida o‘rnatilgan davriylikda, ya’ni o‘zaro 
ta’sirlashish qoidalari orqali o‘rnatilgan integratsiyalangan davrda aloqa 
kanallari bo‘yicha axborotlarni doimiy almashtirish tashkil etilgan bo‘lishi 
kerak. Bunda har bir o‘zaro ta’sirlashish sub’ekti ENHAT AAO‘Tni 
mustaqil, lekin muvofiqlashtirilgan texnik topshiriq, elektr energiyasini 
tijorat asosida hisobga olish tizimiga me’yoriy hujjatlar talablar asosida 
yaratadi. Har bir o‘zaro ta’sirlashish subyekti elektr energiyasini barcha 
olish-sotish nuqtalari bo‘yicha o‘z balansini shakllantiradi (elektr 
energiyasini olish-sotishga shartnomaga muvofiq), uni qo‘shni (hududiy 
belgisi bo‘yicha) o‘zaro ta’sirlashish sub’ektlari bilan muvofiqlashtiradi 
(elektr energiyasini yetkazib berish umumiy nuqtalari chegaralarida) va 
hisobot axborotlarini keyingi hisoblashlarni o‘tkazish uchun bosh operatorga 
uzatadi.
O‘zaro ta’sirlashish subyektlari barcha ishtirokchilari uchun
pog‘onalararo almashinuv unifikatsiyalangan bayonnomalaridan foydalanish 
bo‘yicha umumiy talablarning bajarilishi sharti majburiy hisoblanishi kerak. 


64 
Elektr energiyasini hisobga olish avtomatlashtirilgan va energiyani yetkazib 
beruvchi tarmog‘ida butun iste’mol qilinishi, uzatilishi va chiqarilishi hajmini 
qamrab olishi kerak. 
O‘zaro ta’sirlashish subyektlari ENHAT AAO‘T vazifalari elektr 
energiyasini olish-sotish hajmini aniqlash uchun tijorat asosida hisobga olish 
ma’lumotlarini yig‘ish va ishlov berishdan iborat bo‘ladi. 
O‘zaro ta’sirlashish subyektlari lokal pog‘onasi tizimidan elektr 
energiyasini hisobga olish ma’lumotlari hududiy daraja ENHAT AAO‘T ga 
uzatilishi kerak. 
O‘zaro ta’sirlashish subyektlari avtomatlashtirilgan tizimida barcha 
elektr energiyasini hisobga olish nuqtalaridan olingan birlamchi ma’lumotlar 
saqlanishi kerak. Birlamchi ma’lumotlar ombori tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Bundan tashqari, chetlab o‘tish yoki shinaga ulanish qayta ulagichlariga 
ulanishga 
o‘tishda, 
asosiy 
hisoblagichni 
zahira 
hisoblagichiga 
almashtirilishida va boshqa texnik tadbirlarda (natijaviy ma’lumotlar ombori) 
elektr tarmoqlar balansli tegishliligi chegarasiga hisoblash ko‘rsatkichlarini 
keltirish funksiyasi bajarilishi kerak. 
Natijaviy ma’lumotlar asosida har bir o‘zaro ta’sirlashish sub’ektlari
bilan o‘zaro qayta oqimlar qoldiqlashtirilgan ma’lumotlari amaldagi hisobga 
olish sxemalariga muvofiq shakllantiriladi (hisobot ma’lumotlari ombori). 
O‘zaro ta’sirlashish sub’ektlari ENHAT AAO‘T dan Bosh operator 
ENHAT AAO‘T ga quyidagilar uzatilishi kerak: 

barcha chegaradosh subyektlari o‘zaro ta’sirlashish subyektlari orasida 
hisobga olish nuqtalari bo‘yicha elektr enegiyani qoldiq-qayta oqimlari 
hisobot qiymatlarini; 


65 

faqat bu obyektga munosabatga ega bo‘lgan barcha hisobga olish 
nuqtalari bo‘yicha natijaviy ma’lumotlar (masalan, energiya ta’minoti 
korxonalariga generatsiyalash – bloklab ishlab chiqarish va chiqarilishi 
uchun); 

ularga tegishli IEM, IES, GES larda (keyinchalik blok-stansiyalar) 
elektr energiyani ishlab chiqarish; 

energiya tizimining ishlashi uchun boshqa hisobot qiymatlari. 
Bosh operator ENHAT AAO‘T da barcha o‘zaro ta’sirlashish 
subyektlaridan uzatilgan ma’lumotlar saqlanishi kerak. Ular asosida elektr 
energiyasi 
balansi 
shakllantiriladi, 
elektr 
energiyasini 
olish-sotish 
hajmlarining yakuniy qiymatlari esa o‘zaro ta’sirlashish subyektlari ENHAT 
AAO‘T ga uzatilishi kerak.


66 
4.2.1-rasm. ENHAT AAO‘T axborot tarmog‘ining tuzilmasi 
MARKAZIY POG’ONA 
HUDUDIY POG’ONA 
LOKAL POG’ONA 
O’zbekiston Respublikasi o’zaro 
ta’sirlashish Bosh operatori 
Kanallar bo’yicha 
ma’lumotlarni uzatish 
Ma’lumotlarni uzatish 
texnologik tarmog’i 
Asosiy kanal 
Internet 
(Ethernet) 
tarmog’i 
Internet 
(Ethernet) 
tarmog’i 
Zahira kanali 
O’zaro ta’sirlashish 
sub’ekti 
O’zaro ta’sirlashish 
sub’ekti 
Elektr
energiyani
yetkazib beruvchi 
Elektr energiuyani
yetkazib beruvchi 
Elektr energiya 
iste’molchisi 
Elektr energiya 
iste’molchisi 


67 
Markaziy darajada ma’lumotlarni tekshirilishi mumkinligi uchun 
istalgan elektr energiyani ishlab chiqarish va foydalanish subyekti ENHAT 
AAO‘T birlamchi, natijaviy va hisobot ma’lumotlar omboridan axborotlarni 
so‘rash funksiyasi amalga oshiriladi. Elektr energiyani ishlab chiqarish va 
foydalanishda vaqt bo‘yicha differensiallangan narxini shakllantirish 
prinsipiga rioya qilish uchun ENHAT AAO‘T barcha darajalarida yarim 
soatlik ma’lumotlarni majburan saqlash zarur (real vaqt rejimida). 
O‘zaro ta’sirlashish sub’ektlari turli balansi tegishlilikdagi energiya 
ob’ektlarida o‘rnatilgan hisobga olishi asboblarining ma’lumotlari asosida 
barcha elektr energiyasini olish-sotish nuqtalari bo‘yicha hisobot tijorat 
axborotlarini shakllantiradi. Chegaradosh sub’ektlar energiya obyektlarida 
joylashgan elektr energiyani hisobga olish asboblari yoki tizimlaridan tijoravt 
axborotlarini o‘zaro ta’sirlashish subyektlarining olishi bu sub’ektlar ENHAT 
AAO‘T lari orasida serverli almashtirish yo‘lida amalga oshirilishi kerak. 
ENHAT AAO‘T larni qurilishi sertifikatsion almashlashni qo‘llab-
quvvatlaydigan har xil turlardagi elektr energiyasini hisobga olish 
asboblarida amalga oshirilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda energiya tizimining qator sub’ektlari elektr energiyasini 
hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini mustaqil yaratishga kirishdi. 
Elektr energiyasini hisobga olish zamonaviy vositalaridan foydalanishni 
belgilaydigan me’yoriy hujjatlar talablarini bajarish bilan “O‘zbekenergo” 
AJ ning deyarli barcha elektr stansiyalari hisoblash nuqtalarida 0,5 aniqlik 
sinfidagi elektr energiyasini hisobga oluvchi ko‘p funksiyali elektron 
hisoblagichlari o‘rnatilgan. Bu tadirlarning bajarilishi natijasi elektr 
energiyasi nobalansi qiymatini keskin kamaytirilishi va barqarorlashtirilishi, 
natijada elektr energiya stansion yo‘qotishlarining kamaytirilishi bo‘ldi.


68 
Energiya 
tizimi 
elektr 
energiyasini 
hisobga 
olishning 
avtomatlashtirilgan tizimini yaratishning keyingi bosqichi bo‘lgan ENHAT 
AAO‘T dasturiy-texnik kompleksini ishlab chiqish va kompaniya alohida 
ob’ektlarida o‘rnatishni amalga oshirish uchun obyektlar elektr energiyasini 
hisobga olish lokal avtomatlashtirilgan tizimlari yaratilgan va yaratilmoqda. 
Ularning vazifasi “Toshkent-500” nimstansiyasi, “So‘g‘diyona-500” 
nimstansiyasi, “Toshkent IES” OAJ, “O‘rta-CHirchiq GES lari kaskadi” UK, 
“Sirdaryo IES” OAJ kiradigan tizimning tuzilmasi texnologiyalarini 
atroflicha qayta ishlash hisoblanadi. 
Bu tizimlar kiritilganidan keyin mos oraliqlardagi elektr energiyasining 
yo‘qotilishi 25-30 % ga kamaydi va muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘lgan 
hollarda ist’emolni cheklash bo‘yicha tizimning texnik imkoniyatlari tufayli 
bu oraliqlarda foydalanilgan elektr energiyasiga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlar 
deyarli mavjud emas. 
Energiya tizimi ulgurji bozori tijorat asosida hisobga oluvchi ko‘p 
o‘lchamli avtomatlashtirilgan tizimini yaratish dasturining moliyalashtirish 
manbalari quyidagilar bo‘lishi mumkin: 

ENHAT AAO‘T ni yaratishga harajatlarni o‘z ichiga olgan ulgurji 
bozor tarifi; 

bank yoki tijorat kreditlari; 

turli grantlar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hukumati 
grantlari; 

zahira va tijorat fondlarining vositalari; 

yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya badallari; 

ma’lum ulushda davlat kiritadigan va uning manfaatlariga rioya qilishli 
konsorsium yaratish yo‘li bilan jalb etilgan, shu jumladan, chet el investorlari 
vositalari; 


69 

konsessiyaga ENHAT AAO‘T ni uzatishdan vositalar (davlat
tomonidan ENHAT AAO‘T ni ishlatishga ma’lum shartlarda berish haqida 
shartnoma). 
ENHAT AAO‘T ulgurji bozorida yaratish loyihalarini amalga oshirish 
iste’molchilarga elektr energiyasi narxini kamaytirishni ta’minlaydi. Bunda 
bozor sub’ektlari quyidagilar hisobiga qo‘shimcha foyda oladi: 

elektr energiyasini ishlab chiqish, tarqatish va taqsimlashda 
harajatlarning kamayishi; 

yuklamalar “maksimumlarini” boshqarish va energiya ist’emoli 
rejimini rejalashtirish yo‘li bilan asosiy energetik qurilmalardan optimal 
foydalanish; 

elektr energiyasini hisobga olish aniqligi va ishonchliligi; 

ma’lumotlarni yig‘ish va ishlov berish, yechimlarni qabul qilish 
muddatlarini qisqartirish; 

bu jarayonlarni avtomatlashtirish yo‘li bilan zarur hisoblashlarni 
o‘tkazish. 
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston iqtisodining ho‘jalik yuritishning 
bozor usulariga o‘tishi ishlab chiqariladigan va foydalaniladigan elektr 
energiyasini hisobga olishning ishonchliligi va operativliligiga qat’iy 
talablarni qo‘yadi. Bu talablar faqat zamonaviy hisoblash texnikasi bilan 
jihozlangan ko‘p funksiyali ENHAT AAO‘T larni yaratish yo‘li bilan 
bajarilishi mumkin. ENHAT AAO‘T tarkibida maxsuslashtirilgan dasturiy 
ta’minotli personal EHM larning ishlatilishi bu tizimlarga qo‘shimcha 
ixchamlikni beradi. ENHAT AAO‘T ni ishlashi funksiyasini ta’minlash 
bo‘yicha asosiy vazifasidan tashqari, bu EHM lar elektr energetik tizimlar 
holatini baholash va o‘lchashlar ishonchliligini oshirish, masalan, energiya 


70 
yo‘qotishlarni aniqlash va bu yo‘qotishlarni tarqalishini cheklash bo‘yicha 
qator amaliy masalalarni yechishni ta’minlaydi. 

Download 2,38 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



•  qarzdorlar quvvatlarini cheklash.  Ishlab chiqarish korxonalari uchun:  •

Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish