Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan




Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/55
Sana02.02.2024
Hajmi2,38 Mb.
#150314
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Bog'liq
ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA ELEKTR darslik

1.2. Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan 
tizimlarini joriy etish – energiya ishlab chiqarish samaradorligining 
zaruriy sharti 
Ta’kidlash zarurki, hozirgi kunda ishlatilayotgan energetik 
ko‘rsatkichlarni hisobga olish va tahlil qilish tizimlari bir qator 
kamchiliklarga ega. Masalan, ishlab chiqarishning ko‘p sohalarida energetik 
ko‘rsatkichlarni hisobga olish va tahlil qilish turli vaqtlarda maxsus 
o‘lchashlar yo‘li bilan davriy ravishda amalga oshirilmoqda. 
1.1.5-rasm. Ma’lumotlarni uzatish moduli asosidagi ENHAT 
Energetikning-AIJ
Viloyatning-AIJ
32 ta 
gacha
TC-485 
GSM-modem


19 
Tabiiyki, bunday o‘lchashlar har doim ham hisoblash parametrlarining 
butun o‘zgarishlari dinamikasini to‘liq aks ettirmaydi va ularning 
o‘zgarishlaridagi qonuniyatlarni aniqlash imkoniyatini bermaydi. 
O‘zbekiston sanoatining turli sohalaridagi bir qator korxonalarida 
o‘tkazilgan tadqqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mavjud energiya tashuvchilari va 
energetik resurslari sarfini hisobga olishning tashkil etilishida ulardan 
foydalanishning real samaradorligini yetarlicha aniq baholashni amalga 
oshirish va energiya resurslari sarflarining me’yorlarini asos bilan aniqlash 
mumkin emas. 
Sanoat korxonalarida energiya resurslari sarflarini hisobga olish va 
nazorat qilish masalasi holatini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, bu masala 
yetarli darajada o‘z yechimi topa olmay kelmoqda. Masalan, ko‘plab sanoat 
korxonalariga xos bo‘lgan energiya ta’minoti tizimining o‘lchov va nazorat 
asboblari bilan ta’minlanganlik darajasi qoniqarsiz ahvolda qolmoqda. 
Odatda barcha korxonalar elektr energiyasini tijorat asosida hisobga olish 
imkoniga ega. Biroq bu imkonoyatdan har bir korxona samarali foydalana 
olmayapti. 
Alohida ishlab chiqarish sexlarida, energiya yig‘uvchi agregatlar va 
texnologik jarayonlarda iste’mol qilinadigan energiya resurslarini hisobga 
olish barcha korxonalarda ham amalga oshirilmaydi. Bundan tashqari, 
qoidaga ko‘ra, texnologik jarayonda qo‘llaniladigan siqilgan havo, azot, 
vodorod, suv va boshqa shu kabi alohida komponentlarini hisobga olish 
mavjud emas. Bu energiya resurslarini maqsadli sarflanmasligiga olib keladi. 
Barcha ishlab chiqarish ob’yektlarida ham energiya resurslarini hisobga 
olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari yetarli darajada joriy 
etilmagan va samarasiz ishlatilmoqda. Odatda, bu tizimlar ist’emol quvvati, 
energiya sarfi va energiya tashuvchilarning bir necha ko‘rsatkichlarini 


20 
hisobga oladi va nazorat qiladi. Shunday qilib, bu tizimlar asosan axborot 
tizimlari sifatida ishlatiladi. 
Lekin energiya tejamkorligini boshqarish uchun bu funksiyalar yetarli 
emas. Chunki barcha energiya resurslari turlarining ist’emoli haqida olingan 
axborotlar asosida energiya iste’moli bo‘yicha energiyani tejashni optimal 
boshqarishning asosiy masalalarini yechib bo‘lmaydi. 
Hozirgi kunda MDH davlatlaridagi sanoat korxonalarida ham 
konstruktiv elementlari, ham funksiyalari bo‘yicha katta xilma­xillik bilan 
xarakterlanadigan bir qator avtomatlashtirilgan hisobga olish, nazorat qilish 
va boshqarish tizimlari ishlab chiqarishga tadbiq qilinmoqda. Bunday 
tizimlar tarkibiga odatda o‘zgartiruvchi datchiklar (analog va diskret 
signalli), o‘zgartirgichlardan ma’lumotlarni yig‘ish, axborotlarga ishlov 
berish, axborotlarni chop etishga yoki tabloga berish qurilmalari va boshqalar 
kiradi. 
Yuqorida aytib o‘tilgan texnik vositalar korxonalarda amaldagi ta’riflar 
bo‘yicha tijorat hisoblarini olib borishga imkon beradigan avtomatlashtirilgan 
axborot­o‘lchov tizimini (ENHAT AAO‘T) qurish, quvvat va energiya, 
shuningdek, energiya tashuvchilar turlarini nazorat qilishni tashkil etish 
uchun mo‘ljallangan. 
O‘zbekiston energetika tizimi elektr energiyani sotib olish va sotish 
bilan qo‘shni davlatlar energiya tizimlari bilan o‘zaro bog‘lanadi. Shuning 
uchun energiya tizimi ichida va uning sub’yektlarida hisobga olish tizimini 
rivojlantirish zamonaviy xalqaro me’yor, qoidalar va standartlarga mos 
kelishi zarur. 
Yuqoridagi fikrlarga ko‘ra, elektr energiyasini hisobga olishning yangi 
usullariga o‘tishda, energiyani hisobga olishning avtomatlashtirilganlik 


21 
hajmini aniqlashda, energiya resurslarini va elektr energiyani tijorat asosida 
hisobga olishning avtomatlashtirilgan axborot­o‘lchov tizimlarining (ENHAT 
va ENHAT AAO‘T) texnik va iqtisodiy samaradorliklari masalalarini tahlil 
qilishda amaldagi hisobga olish tizimini ko‘rib chiqish zarurati tug‘iladi. 
ENHAT ni joriy etish yordamida quyidagi iqtisodiy samaradorlikka 
erishiladi: 

sutka davomida pog‘onalashgan tarif bo‘yicha iste’molni hisobga olish 
tizimiga o‘tish; 

10/0,4 kV taqsimlash tarmoqlarida elektr energiyani yetkazib berish 
davomida barcha zanjirlar bo‘yicha nomuvozanat holatini hisoblash; 

elektr energiyasi isroflarini aniqlash

elektr energiyasi hisoblagichlarining aniqlilik darajasini oshirish; 

elektr energiyasidan maqsadsiz foydalanishni o‘z vaqtida aniqlash; 

inson 
omili 
ishtirokisiz 
elektr 
energiyasi 
hisoblagichlaridan 
ma’lumotlarni olishda xatoliklarning bo‘lmasligi; 

tezkor 
nazorat 
qilish 
va 
elektr 
tarmoqlari 
yuklamalarini 
simmetriyalashga o‘tish munosabati bilan elektr tarmoqlarning xizmat qilish 
muddatlarini oshirish; 

elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha yechimlarni qabul qilish 
jarayonida elektr iste’moli bo‘yicha ma’lumotlarni operativ olish va ularni 
qayta ishlash; 

nazoratchi xodimlar sonini qisqartirish

hisobga olish nuqtalarida xizmat ko‘rsatish va hisoblarni yozib borish 
bilan bog‘liq harajatlarni kamaytirish; 

iste’mol qilingan elektr energiya uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga 
oshirish bo‘yicha iste’molchilar mas’uliyatini oshirish. 


22 

Download 2,38 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan

Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish