O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov X. A. Sattorov M. V. Meliqo




Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/55
Sana02.02.2024
Hajmi2,38 Mb.
#150314
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Bog'liq
ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA ELEKTR darslik

1.3. Tijorat va texnik ENHAT 
Vazifasi bo‘yicha sanoat korxonalarining ENHATlari tijorat va texnik 
asosida hisobga olish tizimlariga bo‘linadi. Tijorat asosida hisobga olish 
tizimi deb, iste’mol qilingan elektr energiyaga to‘lovni amalga oshirish uchun 
foydalaniladigan hamda energiyani hisobga olish tizimiga aytiladi (mos 
ravishda tijorat asosida hisobga olish tizimi uchun ishlatiladigan asboblar 
tijorat hisobga olish asboblari deyiladi). Texnik yoki nazorat qilish orqali 
hisobga olish tizimi deb, korxona ichida uning bo‘limlari va ob’yektlarida 
texnologik jarayonlarini nazorat qilish uchun hisobga olishga aytiladi. Texnik 
asosidagi hisobga olish tizimi tijorat tizimining asosini tashkil etadi. 
Texnik hisobga olish elektr energiyadan foydalanishni joriy boshqarish, 
rejalashtirish, me’yorlashtirish va tahlil qilish funksiyalarini bajarilishi uchun 
axborot bazasini tashkil etadi. Sanoat korxonalarida elektr energiyani texnik 
hisobga olishning olib borilishi quyidagilarga imkon beradi: 

sexlarda elektr energiyadan noratsional foydalanishni aniqlash

elektr energiyani tejash bo‘yicha rag‘batlantiradigan iqtisodiy omillarni 
kiritish;

energiya resurslarini tejash va maxsulot birligiga to‘g‘ri keladigan 
elektr energiya sarfi miqdorini kamaytirish. 
Texnik hisobga olish tizimining vazifasi katta o‘lchamligi va 
murakkabligi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda texnik hisobga olish tizimi 
taqsimlash va transformator podstansiyalari pog‘onasida amalga 
oshirilmoqda. Bu tizimdagi hisoblagichlar u yoki bu sex tomonidan 
sarflangan elektr energiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayd eta olmaydi, chunki har 
bir sex elektr ta’minotini bir necha transformator podstansiyalaridan (yoki 
taqsimlash podstansiyalaridan) oladi, ular har biri esa, o‘z navbatida, bir 
necha sexlarni ta’minlaydi. Masalan, 1.2-rasmda tasvirlangan korxona 


23 
sxemasi uchun 2-sex elektr ta’minoti Wh
2
hisoblagich bo‘yicha aniqlanadi. 1-
sex 1-TP dan (Wh

hisoblagich) va 2-TP dan (Wh

va Wh

hisoblagichlar 
ko‘rsatkichlari ayirmasi) ta’minlanadi. Shunday qilib, 1-sexning elektr 
iste’molini 1-sex = Wh
1
+(Wh
3
- Wh
2
) ifoda bo‘yicha aniqlash mumkin. 
Wh
3
hisoblagich ko‘pincha TP da emas, bosh pasaytiruvchi 
podstansiya (BPP) da, ya’ni ta’minot kabeli oxirida o‘rnatiladi.
1.3 – rasm. Texnik hisobga olish tizimida elektr energiya iste’molini hisobga 
olish: TP – transformator podstansiyasi; Wh – elektr energiya hisoblagichlari. 
Odatda sexlar va texnologik uskunalar bo‘yicha elektr energiya 
iste’molini hisobga olishni ajratishni amalga oshirish uchun qo‘shimcha 
hisoblagichlar o‘rnatilishi, qayta ulanishlarni amalga oshirish va 
podstansiyalarni tartiblashtirish zarur. 
Bozor 
munosabatlarining 
rivojlanishi, 
korxonalarni 
qayta 
modernizatsiya qilish, ularning alohida bo‘linmalarini texnologik 
jarayonlarga bog‘liq ravishda ajratish va tijorat tomonidan mustaqil, lekin 
ishlab chiqarishni energiya ta’minoti umumiy sxemasi orqali bog‘langan – 
tijorat va texnik asosida hisobga olish subabonentlari bir tizim doirasida 
birlashadi. Mos ravishda tijorat va texnik hisobga olish tizimi ENHAT lari 
alohida hamda yagona tizim sifatida ishlatilishi mumkin. 
Wh
1
Wh
2
Wh
3
1-sex
2-sех
2-ТP
1-ТP


24 
Ikki turdagi tijorat va texnik hisobga olish tizimi o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Tijorat asosida hisobga olish tizimi konservativ 
(mutaasib) tizim bo‘lib, u o‘rnatilgan energiya ta’minoti sxemasiga ega. Bu 
tizim uchun yuqori aniqlikdagi hisoblash asboblarini o‘rnatilishi talab 
qiladigan uncha katta bo‘lmagan iste’mol nuqtalarining bo‘lishi xarakterli, 
past va o‘rta pog‘ona ENHATlari vositalarining o‘zi esa O‘z Standart 
agentligining o‘lchash vositalari reestridan tanlanishi kerak. Bundan tashqari, 
tijorat asosida hisobga olish tizimlari majburiy tartibda muhrlanadi, bu 
korxona xodimi tomonidan nazarda tutilmagan operativ o‘zgartirishlarni 
kiritilishi mumkinligini cheklaydi. Texnik hisobga olish tizimi aksincha, 
ishlab chiqarishga o‘zgarayotgan talablarni aks ettirish bilan dinamik va 
doimo rivojlanmoqda. Texnik hisob asosida nazorat qilish tizimi O‘z Standart 
o‘lchash vositalari reestriga kiritilmagan asboblardan foydalanishga ruxsat 
etadi, lekin bunda tijorat va texnik hisobga olish tizimlaridan energiya 
resurslaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar nobalansi sabablarini 
aniqlashtirilishiga bog‘liq muammolar vujudga kelishi mumkin. Energiya 
ta’minoti tashkilotlari hisoblagichlarida muxrlashning bo‘lmasligi korxona 
bosh energetigi xizmatiga energiya resurslarini texnik nazorat qilish va 
korxona energiya ta’minoti sxemasiga kiritilgan joriy o‘zgartirishlar, 
hisoblagichlari ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlarni kiritish imkoniyatini beradi. 
Tijorat va texnik hisobga olish tizimlarining bu kabi o‘ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olib, sanoat korxonalarida ENHATni qurish va uni 
ishlatish bilan iqtisodiy sarf harajatlar narxini optimallashtirish lozim. 

Download 2,38 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov X. A. Sattorov M. V. Meliqo

Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish