• 9 – LABORATORIYA ISHI ILASHISH MUFTASI TUZILISHINI O‘RGANISH 9.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/41
    Sana20.11.2023
    Hajmi3,23 Mb.
    #101657
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
    Bog'liq
    Avtotransport vositalarining tuzilishi

    8.6. Nazorat uchun savollar 
    1. Dizel dvigatellarining ta’minlash tizimi qanday uzellardan 
    (qismlardan) tashkil topgan? 
    2. Benzinli va dizel dvigatellarining ta’minlash tizimidagi farqni 
    ayting? 
    3. Dvigatelning turli rejimda ishlashi nimaning hisobiga amalga 
    oshiriladi? 
    4. Yonilg‘i haydash nasosi harakatni qayerdan oladi? 
    5. Dizel dvigatelida havo filtri qayerda o‘rnatilgan? 
    6. Porshenli haydash nasosining o‘rtacha yonilg‘i haydash bosimi 
    qanchaga teng? 
    7. Yuqori bosim yonilg‘i nasosining vazifasini ayting va u 
    qayerga o‘rnatilgan? 
    8. Yuqori bosim yonilg‘i nasosi qanday detallardan tashkil 
    topgan? 
    9. Plunjer nima uchun xizmat qiladi v u qanday moylanadi? 
    10. Setan soni deb nimaga aytiladi? 
    11. Dag‘al va mayin filtrlarning vazifasi nimadan iborat? 
    12. Mayin tozalash filtridagi o‘tkazish klapani nima uchun kerak? 
    13. Uzatilayotgan 
    yonilg‘i miqdorini rostlash mexanizmi 
    vazifasini tushuntiring. 
    14. Yonilg‘i purkashni ilgarilatish avtomatik muftaning vazifasini 
    tushuntiring. 
    15. Forsunkaning vazifasi nimadan iborat? 
    16. Forsunka purkagichlar konstruksiyasiga qarab qanday turlarga 
    bo‘linadi? 
    17. Yonilg‘i bakining vazifasi va u qanday tuzilgan? 


    40 
    9 – LABORATORIYA ISHI 
     
    ILASHISH MUFTASI TUZILISHINI O‘RGANISH
     
    9.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad: 
    Ilashish 
    muftasining 
    tuzilishi, 
    ishlashi 
    va 
    ularning 
    konstruksiyalarini o‘rganishdan iborat. 
    9.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar.
    Kuchni o‘zgartirishda transmissiyani ishlab turgan dvigateldan 
    vaqtincha uzish uchun, avtomobilning o‘rnidan ravon qo‘zg‘alishini 
    ta’minlash va uzatmalarni almashtirishda transmissiyani ishlab turgan 
    dvigatel validan vaqtincha ajratish vazifasini bajaradi.
    9.1 – rasm. Friksion ilashish muftasi sxemasi:
    1 – g‘ilof; 2 – siquvchi disk; 3 – maxovik; 4 – yetaklanuvchi disk;
    5 – bikr plastinkalar; 6 – prujinalar; 7 – richaglar; 8 – podshipnik;
    9 – mufta vilka; 10 – padal; 11 – prujina; 12 – tortqi.
    Ishlash prinsipiga ko‘ra ilashish muftasi friksion, gidravlik va 
    elektromagnitli bo‘ladi. Hozirda asosan friksion ilashish muftalari 


    41 
    ishlatiladi. Ular dvigateldagi burovchi momentni uzatmalar qutisiga 
    o‘zaro ishqalanuvchi disklar yordamida uzatadi. Ilashish muftasi 
    yetakchi disklarning soniga qarab bir, ikki va ko‘p diskli, siquvchi 
    prujinalarning turiga va joylashuviga qarab-aylana joylashgan 
    prujinali, bitta markaziy prujinali va markaziy diafragma prujinali 
    bo‘ladi. Aylana bo‘ylab joylashgan va markaziy diafragma prujinali, 
    bir diskli, quruq ilashish muftasi avtomobillarda ko‘proq ishlatiladi. 
    Chunki bunday ilashish muftasi oddiy bo‘lib, ishlatish va ta’mirlash 
    ancha qulay. 
    Ikki diskli ilashish muftasi asosan og‘ir yuk ko‘taradigan 
    avtomobillarga o‘rnatiladi. Ural-375, Kraz-257, MAZ-5335. Kamaz-
    5320. Ko‘p diskli ilashish muftasi gidromexanik uzatmalarda 
    qo‘llaniladi. Friksion ilashish muftasi to‘rtta asosiy qismdan tashkil 
    topgan: yetakchi va yetaklanuvchi qismlar, siquvchi va ilashish 
    muftasini boshqaruvchi mexanizmlar. Yetakchi qismiga maxovik, 
    qobiq va siquvchi disk, yetaklanuvchi qismiga, yetaklashuvchi disk 
    kiradi. Ilashish muftasining qo‘shilishini ta’minlaydigan siquvchi 
    mexanizm bir nechta prujinalardan iborat. Boshqarish mexanizmiga 
    ajratish muftasi podshipnigi, ajratish vilkasi, tortqi, pedal va prujina 
    kiradi. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish