• 10 – LABORATORIYA ISHI UZATMALAR VA TAQSIMLASH QUTISI TUZILISHINI O‘RGANISH 10.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/41
    Sana20.11.2023
    Hajmi3,23 Mb.
    #101657
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
    Bog'liq
    Avtotransport vositalarining tuzilishi

    9.6. Nazorat uchun savollar 
    1. Ilashish muftasining vazifasini ayting. 
    2. Ilashish muftasining ishlash uslubi nimaga asoslangan? 
    3. Ilashish muftasining asosiy detallarini ayting? 
    4. Yetaklanuvchi disk qanday qismlardan tashkil topgan? 
    5. Ilashish muftasining yetaklovchi qismiga qanday detallar 
    kiradi? 
    6. Burama tebranishlarni so‘ndirgichining vazifasi nimadan 
    iborat? 
    7. Burama tebranishlar nimani hisobiga so‘ndiriladi? 
    8. Siquvchi podshipnik va ajratish richagi orasidagi tirqish nima 
    uchun kerak? 
    9. Yetaklanuvchi disk gupchagiga nima uchun shlitsa yasalgan? 
    10. Avtomobil to‘xtab, dvigatel ishlab turgan vaqtda ilashish 
    muftasi qanday holatda bo‘ladi? 
    11. Ilashish mexanizmi yuritmasining pedali bosilganda kuch 
    siquvchi diskka qanday o‘tadi? 
    12. Pedalning erkin yo‘li nima uchun kerak? 
    13. Ilashish muftasi yuritmasining vazifasi nimadan iborat? 
    14. Ilashish muftasi yuritmasining turlarini ayting? 
    15. Elektromagnitli ilashish muftasi qanday avtomobillarga 
    qo‘yilgan? 
    16. Nima uchun ilashish muftasi yaxshi ajralmaydi? 
    17. Nima sababdan ilashish muftasi yaxshi qo‘shilmaydi? 


    44 
    10 – LABORATORIYA ISHI 
     
    UZATMALAR VA TAQSIMLASH QUTISI TUZILISHINI 
    O‘RGANISH
     
    10.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad: 
    Uzatmalar va taqsimlash qutisining tuzilishi, ishlashi va ularning 
    konstruksiyalarini o‘rganishdan iborat. 
    10.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar 

    Avtomobilning yetakchi g‘ildiraklaridagi burovchi momentni va 


    tezligini o‘zgartirib turish uchun kerakli paytda ularning yo‘nalishini 
    ham o‘zgartirib berish va avtomobil to‘xtab turganda yoki inersiya 
    bilan yurib ketayotganda salt ishlab turgan dvigatelning tirsakli valini 
    kuch uzatmadan uzoq muddatga ajratib qo‘yish vazifasini bajaradi.
    10.1 – rasm. Uzatmalar qutisi: 1 – yetaklovchi val; 2 – uzatmalar 
    qutisining richagi; 3 – vilkalar; 4 – yetaklanuvchi val; 5 – transmission 
    moyni to‘kish jo‘mragi; 6 – oraliq val; 7 – qobig‘i. 
    Avtomobillarda asosan tishli mexanizmga ega bo‘lgan pog‘onali 
    uzatmalar qutisi ishlatiladi. Bunday uzatmalar qutisida avtomobilning 
    har xil yo‘l sharoitida turlicha tezlik va tezlanishini ta’minlash uchun 
    uzatish soni har xil qiymatga ega bo‘lgan bir nechta juft tishli 
    shesternyalardan foydalaniladi. Yengil avtomobillarda qo‘llanilgan 
    uzatmalar qutisi uch, to‘rt, yoki beshta pog‘onali, yuk avtomobillarida 


    45 
    esa to‘rt, besh, ba’zan sakkiz va undan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. 
    Uzatmalar qutisi qancha ko‘p pog‘onali bo‘lsa, avtomobil turli yo‘l 
    sharoitiga bemalol moslashib ishlaydi, bu esa dvigatelning quvvatidan 
    unumli foydalanishni yaxshilaydi hamda yonilg‘i sarfini kamaytiradi. 
    Zamonaviy yengil avtomobillarning ko‘pchiligida to‘rt va besh 
    pog‘onali, uch valli uzatmalar qutisi o‘rnatilgan.

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish