• 11 – LABORATORIYA ISHI KARDAN UZATMA TUZILISHINI O‘RGANISH 11.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/41
    Sana20.11.2023
    Hajmi3,23 Mb.
    #101657
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
    Bog'liq
    Avtotransport vositalarining tuzilishi

    10.6. Nazorat uchun savollar 
    1. Uzatmalar qutisining vazifasi nima? 
    2. Taqsimlash qutisining vazifasi nima? 
    3. Uzatmalar va taqsimlash qutilari transmissiyada qayerda 
    joylashgan? 
    4. Uzatmalar qutisining uzatish soni nima? U nimani bildiradi? 
    5. Uch valli uzatmalar qutisining asosiy detallarini ayting? 
    6. Uzatmalar qutisida qanday vallar bor, ularning nomlarini 
    ayting? 
    7. Oraliq valning vazifasi va uning tuzilishini ayting? 
    8. Sinxronizatorning vazifasi nimadan iborat? 
    9. Sinxronizator qanday detallardan tashkil topgan? 
    10. Sinxronizator uzatmalar qutisining qaysi valida o‘rnatildi? 
    11. Demultiplikatorning vazifasi nimadan iborat? 
    12. Fiksatorning vazifasi nimadan iborat? 


    48 
    11 – LABORATORIYA ISHI 
     
    KARDAN UZATMA TUZILISHINI O‘RGANISH 
     
    11.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad: 
    Kardan uzatma tuzilishi, ishlashi va ularning konstruksiyalarini 
    o‘rganishdan iborat. 
    11.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar 

    Kardanli uzatma o‘qlari bir-biriga to‘g‘ri yotmagan va o‘z holatini 


    o‘zgartira oladigan vallar yordamida burovchi momentni kuch 
    uzatmaning bir agregatidan boshqa agregatiga uzatib beradi. 
    Avtomobilning kuch uzatmasiga o‘rnatilgan kardanli uzatma 
    dvigateldan olinadigan burovchi momentni uzatmalar qutisi orqali 
    bitta yetakchi ko‘prikka tarqatish qutisi yordamida bir nechta 
    ko‘prikka uzatib berishi lozim.
    11.1 – rasm. Qisqa bazali avtomobilning kardanli uzatmasi:
    1, 3, 9, 10 – vilkalar; 2 – krestovina; 4 – vtulka; 5 – shilisali uchlik;
    6 – manjeta; 7 – rezinali g‘ilof; 8 – val.
    Avtomobil notekis yo‘llarda yurganida yetakchi ko‘prik ramaga 
    nisbatan tik tekislikda tebranib, uzatish burchagi o‘zgarib turadi. Shu 
    sababli burovchi momentning uzatmalar qutisidan (yoki tarqatish 
    qutisidan) yetakchi ko‘prikka o‘zgaruvchan burchak ostida uzatishda 
    kardanli uzatmadan foydalaniladi. Kardan sharnirlar o‘qlari bir-biriga 
    nisbatan to‘g‘ri yotmagan vallardan burovchi momentni o‘zaro uzatish 


    49 
    uchun xizmat qiladi. Tepish va buralma tebranishlar xavfini 
    kamaytirish uchun aksari zamonaviy avtomobillarda kardanli sharnirli 
    hamda ikkita val shuningdek, oraliq tayanchdan tashkil topgan 
    kardanli uzatmadan foydalaniladi. Bunda uzatmaning uzayib 
    qisqarishini ta’minlaydigan shlitsali birikma mavjud.
    11.2 – rasm. Turli g‘ildirak formulali avtomobillar uchun kardanli 
    uzatma: ab – 4x2; d – 4x4; ef – 6x6; 1 – uzatmalar qutisi;
    2 – kardan sharniri; 3 – kardanli val; 4, 7, 9 – yetaklovchi ko‘priklar; 
    5, 8 – oraliq tayanchlar; 6 – taqsimlash qutisi; 10 – reduktor.


    50 
    Avtomobillarda qo‘llaniladigan kardanli sharnirlar ikki xil 
    bo‘ladi: burchak tezliklari bir xil va burchak tezliklari bir xil 
    bo‘lmagan kardanli sharnirlar. Burchak tezliklari bir xil bo‘lmagan 
    kardanli sharnirlar. O‘z navbatida qayishqoq (elastik) va bikr 
    (krestovinali) bo‘lishi mumkin. 
    Avtomobillarda uzatmalar qutisidan yetakchi ko‘prikning asosiy 
    uzatmasiga burovchi momentni uzatish uchun burchak tezliklarga bir 
    xil bo‘lmagan sharnirlarga ega bo‘lgan bir yoki ikki valli kardanli 
    uzatmalardan foydalaniladi. Agar avtomobilda bitta kardanli uzatma 
    o‘rnatilsa kardanning old tomoniga biriktirilgan vilka kardanli 
    sharnirning bitta vilkasi uzatmalar qutisining ikkilamchi vilkasi shlitsli 
    uchlikga payvandlangan. Shlitsali uchlik kardanning shlitsali 
    vtulkasiga kiritilib, o‘q bo‘ylab siljuvchi birikma hosil qiladi. Shlitsali 
    vtulka kardan valining old qismiga, valning ketingi uchi esa kardan 
    valining old qismiga va valning ketingi uchi esa shu kardan 
    sharnirining vilkasiga payvandlangan. Rezinadan tayyorlangan g‘ilof 
    shlitsali birikmani tashqi muhitdan kiradigan iflos zarrachalardan 
    saqlaydi. 

    Download 3,23 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Download 3,23 Mb.
    Pdf ko'rish