Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/41
Sana20.11.2023
Hajmi3,23 Mb.
#101657
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
Avtotransport vositalarining tuzilishi

12.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar 

Asosiy uzatma dvigateldan yetakchi g‘ildiraklarga uzatiladigan 


burovchi momentni miqdorini oshirib ba’zi hollarda yo‘nalishini 90
0
burchakka burib berish uchun xizmat qiladi.
12.1 – rasm. Asosiy uzatma sxemasi: 1 – flanes; 2 – yetaklovchi val;
3 – yetaklovchi shesterna; 4 – yetaklanuvchi shesterna;
5 – yetaklovchi (orqa) g‘ildirak; 6 – yarim o‘qlar; 7 – asosiy uzatma 
g‘ilofi
Zamonaviy avtomobillarda hajmi va og‘irligi nisbatan kichik, 
quvvati esa katta bo‘lgan tezyurar dvigatellar ishlatilmoqda. Biroq 
shunga qaramay bu dvigatellar vallarida hosil bo‘ladigan burovchi 
moment (agar bu momentni o‘zgartirmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 


54 
avtomobilning yetakchi gildiraklariga uzatilsa) avtomobilning hattoki 
tekis yo‘lda ham yura olishiga yetarli emas. Avtomobilning 
harakatlanishi uchun uning yetakchi g‘ildiraklaridagi burovchi 
momentni oshirish qisman uzatmalar qutisi yordamida bajarilishini 
aytib o‘tdik. Lekin, avtomobil ish mobaynida ko‘p vaqt nisbatan katta 
tezlik bilan to‘g‘ri uzatmada harakatlanadi. Demak, to‘g‘ri uzatmada 
dvigatel validagi burovchi moment o‘zgarmagan holda, ya’ni 
avtomobilning 
yura 
olishiga 
yetarli 
bo‘lmaganda 
yetakchi 
g‘ildiraklarga uzatilgan bo‘lar edi. Shu sababli yetakchi 
g‘ildiraklardagi burovchi momentni hamma vaqt zarur miqdorga 
oshirish uchun avtomobilning transmissiyasiga asosiy uzatma 
kiritiladi. Asosiy uzatmaning yana bir vazifasi kardan validagi 
burovchi momentni yarim o‘qlarga 90° burchak ostida uzatishdir. 
Burovchi momentni to‘g‘ri burchak ostida yarim taqsimlash asosiy 
uzatmani tashkil etuvchi konussimon shesternyalar yordamida amalga 
oshiriladi. 
Bu 
shesternyalarning 
yetakchisi 
kichik 
diametri, 
yetaklanuvchisi esa katta diametrli qilib yasalgani uchun yarim 
o‘qlarning aylanishi (uzatish soni i ga qarab) kardan valning 
aylanishiga qaraganda kam. Yarim o‘qlarning va u bilan bog‘lik 
bo‘lgan yetakchi g‘ildiraklarning aylanishi kardan val aylanishiga 
nisbatan qancha kam bo‘lsa, ulardagi burovchi moment shuncha ko‘p 
bo‘ladi. Yetakchi g‘ildiraklardagi burovchi momentning ko‘payishi 
asosiy 
uzatmaning 
uzatish 
soniga 
bog‘liq 
bo‘lib, 

yuk 
avtomobillarida 6,5…9,0; yengil avtomobillarda esa 3,5…5,5. 

Download 3,23 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar

Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish