O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/41
Sana20.11.2023
Hajmi3,23 Mb.
#101657
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Bog'liq
Avtotransport vositalarining tuzilishi

 


57 
13 – LABORATORIYA ISHI 
 
DIFFERENSIAL VA YARIM O‘QLAR TUZILISHINI 
O‘RGANISH 
 
13.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad: 
Differensiallar va yarim o‘qlarning tuzilishi, ishlashi va ularning 
konstruksiyalarini o‘rganishdan iborat. 
13.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar 

Ma’lumki, avtomobil burilayotganda bir xil vaqt ichida ularning 


tashqi g‘ildiraklari ichki g‘ildiraklariga nisbatan ko‘proq yo‘l bosadi. 
Demak, bu holda tashqi g‘ildiraklar ichki gildiraklarga qaraganda tez 
aylanadi. G‘ildiraklarning bu kabi har xil tezlikda aylanishi 
avtomobillar (to‘g‘ri yo‘nalishda) notekis yo‘llardan harakatlanganda, 
shuningdek, g‘ildiraklar har xil diametrga (shinalarning yoyilishi yoki 
havo bosimi turlicha bo‘lganda) ega bo‘lganida ham ro‘y beradi.
13.1 – rasm. Differensial tuzilishini soddalashtirilgan sxemasi:
1, 6 – yarim o‘qlar; 2 – yetaklanuvchi shesterna; 3 – o‘q;
4, 8 – konussimon satellitlar; 5 – differensial qutisi; 7, 9 – yarim o‘q 
shesternalari.


58 
Yetakchi g‘ildiraklarning har xil tezlikda harakatlanishini 
ta’minlash uchun ularni bitta valga o‘rnatmasdan, har biri mustaqil 
harakatlanadigan va yarim o‘q deb ataluvchi ayrim-ayrim vallarga 
o‘rnatiladi. Shunday qilib, avtomobil burilayotganda ma’lum 
aylanishlar chastotasiga ega bo‘lgan asosiy uzatmadagi yetaklanuvchi 
shesternyaning harakati gildiraklarga har xil aylanishlar chastotasi 
bilan uzatilishi kerak. Avtomobillarda bunday vazifani differensial 
bajaradi. 
Avtomobillarda asosan shesternyali va kulachokli differensiallar 
ishlatiladi.
Yarim o‘qlar differensialdan burovchi momentni yetakchi 
g‘ildiraklarga uzatadi. Avtomobillarda qo‘llaniladigan yarim o‘qlari-
ning asosiy turlari quyida keltirilgan. Yarim o‘qlarning tashqi uchlari 
g‘ildirak gupchagiga flanes, shponka yoki shlitsa yordamida ulanadi. 
Ichki uchi esa ko‘pchilik avtomobillarda yarim o‘q shesternyasi bilan 
shlitsa yordamida biriktiriladi.
13.2 – rasm. Yarim o‘qlar: a – flanesli; b – flanessiz; d – yarim 
yuksizlantirilgan; e – to‘la yuksizlantirilgan; 1, 3 – shlisli uchlari;
2 – flanes; 4 – podshipnik; 5 – balka; 6 – yarim o‘q; 7 – gupchak.


59 

Download 3,23 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish