“Avtomobil texnik ekspluatatsiyasi va servisi” fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari




Download 133,16 Kb.
bet5/35
Sana18.01.2024
Hajmi133,16 Kb.
#140080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi i-fayllar.org

1.2. “Avtomobil texnik ekspluatatsiyasi va servisi” fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari
“Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servisi” faning mazmuni, predmeti va metodi, uning maqsadi va vazifalari, kasbga malakaviy va ahloqiy talablar kabi mavzular uzviy va uzluksizlik nuqtai – nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o’z aksini topgan. Fanni chuqur o’rganish tegishli sohalar muammolarini hal qilishda muhim rol o’ynaydi.
Fanni o’qitishda tayyorlanadigan keng qamrovli mutaxassisga Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servisi va servisi sohasida avtomobillar ishonchliligini yuqori darajada saqlashni, texnik holatini tiklashni ta’minlaydigan texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash, ularning atrof muhitga ta’sirini kamaytirish muammolari haqida nazariy va amaliy bilimlar berish, unda fanga, o’z kasbiga qiziqishni orttirish, mehr oqibat kabi sifatlarni shakllantiriladi.
Harakat tarkibining asosi hisoblangan avtomobilning vazifasi yuk va yo‘lovchilar tashish jarayonini iqtisodiy, ekologik va xavfsizlik nuqtai nazardan samarali ta’minlanishdan iboratdir. Buning uchun birinchi galda avtomobilning texnik jihatdan sifatli va foydali bo‘lishi talab etiladi.
Avtomobilning sifati uning vazifasiga bog‘liq holda ma’lum ekspluatasiyaviy talablarni qondirishga yaroqliligini ta’minlovchi xususiyatlar yig‘indisidir. Uning foydaliligi esa umumiy tannarx va sarf xarajatning past bo‘lib, tashishdagi mexnat unumdorligining yuqori bo‘lishi bilan baholanadi.
Avtomobil transporti vositalari turli tuman ekspluatasiyaviy sharoitlarga tez va oson moslasha olishi uchun, uning qaysi bir ekspluatasiyaviy xususiyatlari muhim ahamiyatga ega ekanligini aniqlash mutaxassisdan yuqori bilim va malaka talab etadi. Transport ekspluatasiyasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis turli rusumdagi avtomobillarning xususiyatlaridan yetarlicha xabardor bo‘lsa, avtomobillar ichida tashish xarakteri va sharoitiga moslarini tanlab olish, tashishning eng maqbul rejasini ishlab chiqish, loyihada ko‘zda tutilgan bir qator xususiyatlarni ish jarayonida bir me’yorda saqlash kabi vazifalarni ilmiy jihatdan tashkil eta oladi.
Avtomobil texnikasining rivojlanishi uning ekspluatasiyaviy xususiyatlarini o‘rganuvchi ilmiy manbalarning mukammalashib borishiga bog‘liq. Jumladan, har bir konstruksiyaning ekspluatasiya talablariga mos kelishi avtomobil texnikasining yangi bosqichga ko‘tarilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham avtomobil transporti sohasida faoliyat yuritayotgan ilmiy-tadqiqot bo‘linmalari, loyiha konstruktorlik byurolari, tegishli oliy o‘quv yurtlaridagi olimlar va tadqiqotchilar mamlakatda avtomobil ekspluatasiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganib, ilg‘or avtotransport korxonalari, muhandis texnika xodimlari va haydovchilarning tajribalarini umumlashtiradilar, yangidan yaratiladigan yoki o‘zgariladigan transport vositalari uchun zarur talablar ishlab chiqadilar, avtomobil nazariyasining asosiy qoidalarini mukammallashtirish va ularni aniq ekspluatasiya bilan bog‘liq amaliy masalalarga tadbiq etish ustida ishlaydilar.
Avtomobil texnikasining rivojlanishi uning ekspluatatsiyaviy xususiyatlarini o‘rganishda “Avtomobil texnik ekspluatatsiyasi va servisi” fanining ahamiyati katta. Fanni o’qitishdan maqsad talabalarda zamonaviy Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servisi iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatini chuqur anglash va uning tarkibi hamda ishlab chiqarishini talab darajasida tashkil etish to’g’risida ilmiy-amaliy bilimlar va o’quvlar tizimini shakllantirish, uni o’qitishda ilmiy-tekshirish ishlarida, ishlab chiqarishda orttirilgan ko’p yillik tajribadan foydalanib, bozor iqtisodiyoti sharoitida avtomobil transportining rivojlanishi va undan texnik foydalanish masalalari hamda mamlakatimiz va chet ellar tajribalari, servisi va rivojlanish istiqboli masalalari talablarga o’rgatiladi.

Download 133,16 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Download 133,16 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Avtomobil texnik ekspluatatsiyasi va servisi” fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari

Download 133,16 Kb.