• Bitiruv ishi tuzilmasining tavsifi.
  • Bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati




    Download 133,16 Kb.
    bet4/35
    Sana18.01.2024
    Hajmi133,16 Kb.
    #140080
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi i-fayllar.org

    Bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati. shu bilan belgilanadiki, tadqiqot natijasida olingan xulosalar, Oliy ta’lim muassasalari bakalavr ta’lim yo‘nalishlari “Avtomobil texnik ekspluatatsiyasi va servisi” fanidan talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda kam vaqt va kam kuch sarflab, yuqori samara beradigan ma’ruza, labaratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi
    Bitiruv ishi tuzilmasining tavsifi. Ushbu bitiruv ishi kirish, ikki bob, 7 ta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan tashkil topgan. Bitiruv ishining umumiy hajmi 60 betni tashkil qiladi.


    1-BOB. “AVTOMOBIL TEXNIK EKSPLUATATSIYASI VA SERVISI” FANINING NAZARIY ASOSLARI


      1. Avtomobilsozlik tarixi va dolzarb muammolari

    Avtomobillar hayotimizga shunchalik kirib kelganki ularsiz turmushni tasavvur qilish qiyin. Xususan hozirgi kunda xom ashyo va tayyor maxsulotlarni tashish, ochiq usulda ko‘mir va ruda qazib chiqarish, sanoat usulida uy-joy binolari va sanoat korxonalari qurish, qishlok xo‘jaligiga zarur yuklar, turli maxsulotlar tashish, keng iste’mol mollarini bevosita iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish va boshqa maqsadlarda avtomobillardan foydalaniladi. Yuk avtomobillaridan tashqari passajir avtomobillarining ham mamlakatimiz axolisining kundalik turmushidagi ahamiyati katta.


    Birinchi avtomobil qayerda va qachon yaratilgan, avtomobillardan avval qanday harakat vositasi bo‘lgan? Harakat manbai bo‘lgan dvigatellar qachon yaratilgan? Dvigatellarning qanday turlari bor? Hozirgi davrda qanday avtomobillar yaratilyapti va xokazo savollarga javob topish uchun avtomobil tarixiga nazar tashlaymiz.
    «Avtomobil» so‘zi grekcha «autos»-o‘zi va lotincha «mobilis» harakatlanuvchi so‘zlar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib «O‘zi -harakatlanuvchi» degan ma’noni bildiradi.
    Avtomobil - quruqlikda harakatlanuvchi transport vositasi bo‘lib, mustaqil energiya manbaiga ega bo‘lgan dvigatel bilan jihozlangan hamda katta qulaylikka va xafsizlikka ega bo‘lgan holda relssiz yo‘llarda yuk va odamlarni tashish uchun mo‘ljallangan mashinadir. Avtomobilni bunday ta’riflash uni boshqa transport vositalaridan ajratib turadi.
    Hozirgi avtomobilning paydo bo‘lishi oddiy tegirmon g‘ildiragidan to inson muskulidan harakatga keluvchi o‘ziyurar aravachagacha bo‘lgan juda uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Birinchi marta ana shunday aravacha bundan 200 yil muqaddam yaratilgan edi. Bunday o‘ziyurar arava Rossiyada istiqomat qiluvchi dehqon Leontiy Shamshurenkov tomonidan yaratildi. Keyinroq I.P.Kulibin uch g‘ildirakli «samokat» ixtiro etdi. U inson muskuli kuchi bilan harakatga keltirilar edi.
    Lekin bunday aravalarni harakatga keltirish odamlarga bir qancha qiyinchilik va noqulayliklar tug‘dirardi. Shuning uchun ular bu aravalarni qandaydir kuch yordamida harakatga keltirish uchun uzoq izlandilar. Oqibatda ular yoqilg‘idan ana shunday energiya olish mumkinligini sezdilar. Bu borada rus kashfiyotchisi I.Polzunovdan tashqari fransuz Deni Papen, nemis Leupold, shvetsiyalik Triveld, inglizlar Nyukomen va Uatt hamda boshqalar izlanish olib bordilar. Nihoyat insoniyat tarixida transportning universal dvigateli-bug‘ dvigateli ixtiro qilindi. Bug‘ mashinasi, avvalo, o‘ziyurar ekipaj avtomobil uchun energiya manbai bo‘lib ishlatilgan edi.
    Avtomobillarning birinchi avlodlari ot tortadigan aravalar shaklida ishlanib, unga oldingi g‘ildirakni aylantirish uchun bug‘ dvigateli o‘rnatilgan. Avtomobil kashfiyotchilarning bug‘ aravasini rivojlantirish takomillashtirish va uning ustida uzoq yillar moboynida tinimsiz ish olib borilishi natijasidir. Bir necha yillar davomida bug‘ mashinasi asosida bir qancha o‘ziyurar avtomobillar yaratildi. Birinchi bug‘ avtomobilini 1769 yilda fransuz xarbiy injeneri Kyuno yaratdi. Bu mashina artilleriya yuklarini tashishga mo‘ljallangan. U o‘zinig ikkinchi bug‘ mashinasini 4-5 tonna yuk ko‘tarishga mo‘ljallab yaratdi. Uni jahondagi birinchi yuk mashinasi, deb hisoblash mumkin. Kyunoning bu avtomobili uchta g‘ildirakka ega bo‘lib, oldingi g‘ildiragi yetaklovchi va boshqariladigan edi. Bug‘ qozoni o‘txonasi bilan avtomobilning oldingi qismiga o‘rnatilib bug‘ qozondan to‘g‘ri ikki silindrli bug‘ mashinasiga o‘tkazilar edi. Silindr porsheni esa oldingi g‘ildirak, xrapovik mexanizmlar bilan bog‘langan. Mashina to‘liq mukammallashmaganligi va bug‘ dvigatelining juda og‘irligi va kattaligi uchun amaliyot jihatidan rivojlana olmadi. Shunga qaramay, Kyuno ixtirosining katta ahamiyatga ega ekanligini tan olish kerak. Chunki u birinchi bo‘lib dvigatel bilan harakatlanuvchi avtomobil yaratish mumkinligini isbotlab berdi.
    XIX asrning birinchi yarmida Angliyada bir necha bug‘ dvigateli bilan harakatlanuvchi avtomobillar yaratildi. Ko‘pincha ular avtobus ko‘rinishiga ega bo‘lar edi. Bahaybatligi va og‘irligi tufayli bug‘ avtomobillari oddiy yo‘llardan zo‘rg‘a harakat qila olardilar. Natijada yo‘llarni yaxshilash, temir yo‘llar yaratish fikri tug‘ildi. Bug‘ avtomobilining relsga qo‘yilishi parovozning vujudga kelishi uchun asos bo‘ldi. Bu davrda iqtisodiy texnika jihatdan kamchiliklarning ko‘pligi tufayli avtomobillar yaxshi rivojlanmadi. Masalan, bug‘ dvigatelining yuqorida qayd etilgan kamchiliklari avtomobilda undan to‘la foydalanishga to‘sqinlik qildi. 1860 yilda fransuz mexanigi Eten Lenuar birinchi bo‘lib gaz bilan ishlovchi ichki yonuv dvigatelini yaratdi. Lekin u ham ba’zi kamchiliklardan holi emas edi.
    Ichki yonuv dvigatelini takomillashtirish borasida ko‘pgina kashfiyotchilar ish olib bordilar. 1862-1877 yillar davomida germaniyalik N.A.Otto o‘zini butun jahonga mashhur qilgan ichki yonuv dvigatelini yaratdi. Otto 15 yil mobaynida foydali ish koeffig‘iyenti (F.I.K.) 0,15 ga teng bo‘lgan ichki yonuv dvigatelini yaratdi. Bu dvigatel to‘rt taktli ichki yonuv dvigateli deb ataldi. Mana shu yangi yaratilgan to‘rt taktli ichki yonuv dvigateli avtomobilsozlikning rivojlanishi uchun poydevor bo‘ldi.
    Mexanik I.P.Kulibin 1791 yil vatandoshi Shamshurenkovning «o‘ziyurar kolyaska» g‘oyasini rivojlantirib, inson muskuli yordamida harakatga keladigan «samokatka»sini yaratdi.
    Rama ostida joylashgan maxovik ekipajning ravon yurishini ta’minlaydi (Rasm 1). Undan tashqari «samokatka»da tezliklar qutisi va tormoz qurilmasi mavjud edi.

    Rasm 1. Kulibinning «samokatka»si 1791 yil.


    Samokatning maksimal tezligi soatiga 30 km ni tashkil etib, kuzovga ikki odam joylashishi mumkin bo‘lgan, uchinchi odam esa «samokat»ning orqasida turib uni oyoqlari bilan harakatga keltirar hamda ekipajni boshqarar edi. Kulibinning «samokatka»si avtomobilning yaratilishidagi muhim ixtirolardan biri bo‘ldi.
    Keyinroq zanjirli uzatmalar va pnevmatik shinalar vujudga keldi. Yugurish mashinasi asosida passajirlarga mo‘ljallangan uch g‘ildirakli va sport musobaqalariga mo‘ljallangan ikki o‘rinli velosipedlar ixtiro qilindi. Bu velosipedlar 1887 yili Djems Starle va fransuz Anri Peker tomonidan ixtiro qilingan – differensial bilan ta’minlandi. Differensiallar, velosiped burilayotganda uning yetakchi g‘ildiraklarining o‘zaro har xil chastota bilan aylantirib velosipedning ravon burilishini ta’minlagan.
    Velosipedlarning takomillashtirilishi, ayniqsa ularda podshipnik, pnevmatik shinalar va differensialning qo‘llanilishi keyinchalik avtomobilning yaratilishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
    Nihoyat 1657 yili italyan Fernando Vebrist tomonidan bug‘ mashinasining sodda modeli yaratildi (2-rasm).
    O‘txona ustiga joylashgan qozonning ingichka bo‘g‘zidan chiqayotgan bug‘ yog‘och g‘ildiraklarni harakatga keltiradi.

    2-rasm
    Fernando Vebristning ushbu modeli XVII asrning oxiriga kelib bug‘ dvigatellari bo‘yicha ixtirolar zanjirining vujudga kelishiga sababchi bo‘ldi.


    Xususan 1681 yilda Angliyada fransiyalik emigrant Deni Papenning bug‘ dvigatellariga bag‘ishlangan kitobi chop etildi. Deni Papen atmosfera bosimi yordamida porshenni silindr ichida harakatlanib foydali ish bajarishi mumkinligini isbotlashga urinardi. Boshqacha qilib aytganda Papen havo nasosini dvigatelga aylantirishga bel bog‘ladi.
    XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib bug‘ mashinalarini relssiz yo‘llarga mo‘ljallangan aravalarga, temir yo‘l va suv transportida qo‘llay boshladilar. Mu’lum muddat bug‘ avtomobillari, parovoz va benzinli avtomobillar bilan raqobatlashib va shu bilan birga bir - birini to‘ldirib rivojlanib bordi.
    Birinchi mukammal harakatlanuvchi bug‘ avtomobilini 1769 yilda fransuz Nikol-Jozef Kyuno (1715-1804) yaratdi (3-rasm).
    Bug‘ mashinasi aravaning oldingi g‘ildiragiga o‘rnatilgan bo‘lib, oldingi g‘ildirak ham yetakchi ham boshqariluvchi bo‘lgan. Bo‘g‘ mashinasining bunday o‘rnatilishi aravani boshqarishda qiyinchiliklar tug‘dirardi, chunki g‘ildirak o‘ng yoki chap tomonga burilganda u bilan birga katta hajmga ega bo‘lgan bug‘ qozoni ham buriladi.
    Kyunoning bu mashinasi asosan yuk tashishga mo‘ljallangan bo‘lib ko‘proq xarbiy maqsadlarda (artileriya qurollari va snaryadlarni tashishda) qo‘llanilgan.
    XIX asrning boshlarida temir yo‘llar vujudga kelib rivojlana boshladi. Ammo temir yo‘llar shaharning barcha ko‘chalariga kirib bora olmasdi. Shuning uchun ham ayniqsa Angliyada bug‘ avtomobillarining bir necha turlari yaratildi.
    Bug‘ avtomobillarining quvvati 8-10 barobar oshirilib ularning yonilg‘i sarfi va o‘lchamlari kamaytirildi. Bug‘ mashinasini aravaning orqa qismiga joylashtirdilar. Bug‘ avtomobillarida krivoship mexanizmining qo‘llanilishi kelajakda ichki yonuv dvigatellarini yaratilishiga asos bo‘ldi.
    Bug‘ avtomobillari temir yo‘l transporti singari tekis rivojlanmadi. Yo‘l sharoitlari bug‘ avtomobillariniing harakati uchun yetarli imkon bermasdi. Faqat XIX asrning 20-30 yillariga kelib yo‘llar birmuncha takomillashganidan so‘ng shahar ko‘chalarida bug‘ avtomobillari ko‘paya boshladi.
    XIX asrning 80 yillariga kelib Amerika, Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa davlatlarida neft qazib chiqarishili va uni qayta ishlash zavodlarining barpo etilishi, avtomobillarning benzinli yoki dizel ichki yonuv dvigatellari bilan jihozlanishiga olib keldi.
    Endi olimlar bug‘ mashinasi, elektrodvigatel emas, balki ichki yonuv dvigatellari bilan ko‘proq qiziqa boshladilar. Chunki bunday dvigatellar ixcham, tejamli va samaradorligi yuqori edi.
    Fransiyalik Jak Etsen Lenuar ichki yonuv dvigatellari «otasi» deb e’tirof etiladi. Gap shundaki, u boshqa ixtirochilardan farqli o‘laroq dvigatelning tajriba namunasini emas balki ishlab chiqarish uchun mumkin bo‘lgan texnologik nushasini yaratadi. Germaniyaning Kyoln shahridan 30 yoshlik Nikolaus Otto Lenuarning dvigatelini quvvatini oshirish hisobiga takomillashtiradi. Otto quyidagini aniqlagan edi: gazni alangalatishdan oldin siqish kerak, portlashni esa porshenning silindr ichidagi eng yuqori holatida amalga oshirish kerak. Bu jarayon hozirgi zamonaviy dvigatellarda bajariladigan kiritish, siqish, ish yo‘li va chiqarish taktlariga mos keladi. Bundan Otto ixtirosining ahamiyatini tushunish qiyin emas.
    1864 yili Otto badavlat Oygen Langen xomiyligida «Otto va kompaniya» firmasini tashkil etadi va gazli dvigatellar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. 1867 yili Parijdagi Xalqaro ko‘rgazmada Otto dvigateli o‘zining ixchamligi va tejamkorligi bilan g‘olib chiqadi.
    Otto «Otto-Doys» markasi ostida xunarmandchilik sanoati uchun statsionar dvigatellar ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yadi. «Doys» - bu Kyoln shahri yonidagi zavod qurilgan joyning nomi.
    Ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun Ottoning xomiysi Langen, Karlsrue (Germaniya) shahridan bilimli va tajribali muhandis Gotlib Daymlerni taklif qiladi. Daymler o‘zi bilan eng yaqin do‘sti va yordamchisi Vilgelm Maybaxni ham olib keladi. Shunday qilib taqdir o‘z vaqtining eng iqtidorli texnik-mashinasozlarini (Langen, Otto, Daymler, Maybax) bir yerga-bir korxonaga to‘pladi. Korxona 10 yil faoliyati davomida 5 mingdan ortiq gazli motorlarni ishlab chiqardi.
    Lenuar va Otto singari Dizel ham quyi tabaqa vakili bo‘lib, muhandislik ma’lumoti olishga muyassar bo‘lgan edi. Nemis hunarmandi farzandi Parijda tug‘ilib o‘sdi, lekin fransiya-prussiya urushi boshida oilasi bilan dastlab Angliya, so‘ng Germaniyaga qochishga majbur bo‘ladi. Bu yerda Dizel Myunxen oliy politexnika maktabiga o‘qishga kiradi. Yonilg‘ining qizigan havoda alangalanishi nazariyasiga ushbu maktab professori Bo de Rosha asos solgan edi. Dizel shu maktabda olgan bilimlari asosida yangi «Dizel» dvigatelini yaratadi. Dizel dvigateli bug‘ dvigateliga nisbatan yonilg‘ini 10 marta kam sarflar, istalgan yonilg‘i: ko‘mir va neft changi, smola va palma moyida ham ishlashi mukin edi. Dizel dvigatelining ishlashi quyidagicha: silindr ichida siqilgan va qizigan havoga yonilg‘i purkaladi, yonilg‘i qizigan havoga aralashib alangalanishi va portlashi hisobiga katta bosim hosil qilinib bu bosim detal va mexanizmlar yordamida dvigatel valini aylantiradi.
    Germaniyadagi Reyn daryosi qirg‘og‘ida joylashgan Mangeym shahri dunyodagi birinchi avtomobilining vatani deb yuritiladi: 1885 yilning bahorida Karl Bens ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan uch oyoqli o‘zi yurar aravani yaratdi.
    Bensning dvigatellariga talab katta bo‘lib u o‘z dvigatellarini avtomobillarga o‘rnatishni orzu qilar edi. Bens bu orzusini amalga oshirish uchun o‘ziga hamfikr va xomiy topa olmadi. Bu kompaniyada orzusi ushalishiga ko‘zi yetmagan Bens, o‘z aksiyalarini sotishga va kompaniyani tark etishga majbur bo‘ladi.
    O‘sha vaqtga kelib Otto tomonidan arava uchun yengil va qulay bo‘lgan 4 taktli ichki yonuv dvigateli yaratilgan edi. Ottoning bu dvigateli metall savdogari Maks Rozeni befarq qoldirmadi. Bens Maks Roze bilan yaxshi tanish bo‘lgani uchun uning homiyligi ostida Ottoning dvigatelini takomillashtirishga kirishadi. 1883 yili Bens Roze bilan birgalikda «Bens va Ko» zavodini tashkil qiladi. Bens Ottoning dvigatelini takomillashtirib uning quvvatini 3-4 o.k. ga va valning maksimal aylanishlar sonini 450 ayl/minutga yetkazdi.
    Bens 2 yil davomida o‘zining 3 g‘ildirakli ekipajini yaratadi (4-rasm). Ixtirochi bu ekipajni yaratishda velosipedning konstrukg‘iyasidan foydalanadi. Uning vazni 260 kg ni tashkil qilgan.
    Bu avtomobilni harakatga keltirish oson bo‘lmadi. Birinchidan u odamlar uchun kutilmagan hol bo‘lsa, ikkinchidan hali sinab ko‘rilmagan. 2-3 passajir bilan harakatlanayotgan Bensning ekipajidan hayratda qolgan odamlar unga «maxluq» deb nom beradilar. «Telba» Bens va uning avtomobili to‘g‘risidagi mish-mishlar matbuotda chop etilib butun mamlakatga ovoza bo‘ladi.

    4-rasm. Bens-1885 y.


    Keyinchalik bu telba ixtirochi - dunyodagi birinchi avtomobilning yaratuvchisi - Karl Bens ekanligi ma’lum bo‘ldi.
    Bens va Daymler o‘zlarining ixtirochilik faoliyatlarini bir-biridan behabar holda va turli sharoitlarda boshlaydilar.
    Bens iqtidorli mexanik, ya’ni tug‘ma amaliyotchi bo‘lsa, uning vatandoshi Daymler nafaqat Germaniyada balki Fransiya, Buyuk Britaniya davlatlarida texnika sohasida nazariy bilimlardan ta’lim olib mashinasozlik sohasida muhandis edi.
    Daymler Bensdan mustaqil ravishda o‘zining havo bilan sovitiladigan benzinli dvigatelini yaratib 1883 yili unga patent oladi. Dastlab Daymler bu dvigatelni maxsus velosipedga o‘rnatdi. Velosipedning yon tomonlariga esa qulamasligi uchun roliklar o‘rnatilgan. Shu asnoda Daymler tomonidan 1885 yili dunyoda birinchi motosikl yaratildi.
    Daymler Bensdan farqli ravishda 1886 yilda o‘zining 4 g‘ildirakli avtomobilini yaratdi.
    1889 yili Daymler yengil metall kuzovli va velosiped g‘ildiraklariga o‘rnatilgan motorli aravani yaratdi. Daymler bu modelni 920 ayl/min chastotaga ega bo‘lgan 2 silindrli V simon dvigatel bilan jihozladi. Aynan shu model Karl Bensni Parijda xalqaro ko‘rgazmada hayratda qoldirgan edi. Daymlerning bu dvigatelini fransuz «Panar-Levassor» firmasi sotib olib o‘z avtomobillariga qo‘llaydi. 1890 yili Daymler Germaniyada, uning ishlari bilan qiziqqan xomiylar yordamida «Daymler-motoren-Gezelsshaft» avtomobil ishlab chiqarish hissadorlik jamiyatini tashkil etib «Daymler» markasi ostida avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
    Fransiya - Prussiya urushi «Daymler» avtomobillarining Fransiya bozoridagi mavqeiga jiddiy putur yetkazadi. Buni bartaraf etish uchun nemis markasi «Daymler»ni boshqi nom bilan almashtirishiga to‘g‘ri keladi, ya’ni «Daymler» markasi - firma savdo vakilining 12 yoshli qizining ismi «Mersedes» bilan almashtiriladi. «Mersedes» avtomobili shu tariqa dunyoga keladi.
    Ko‘p yillik raqobatdan so‘ng 1926 yili «Daymler» va «Bens» firmalari birlashadilar, uch qirrali «baxtli yulduz» sobiq raqobatchining «lavr gardishi» bilan birlashtirilib dunyoni o‘zining avtomobillari bilan xayratga solib kelayotgan «Daymler-Bens» firmasi tashkil topdi. Firma «Mersedes-Bens» markasi ostida avtomobillar ishlab chiqara boshladi.
    O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, xalq xo‘jaligida xom ashyo va tayyor maxsulotlarni, passajirlarni, qishloq xo‘jalik maxsulotlarni, oziq-ovqat maxsulotlarini va keng iste’mol mollarini bevosita iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berishda turli xil yengil va yuk avtomobillar, avtobuslarga bo‘lgan ixtiyojini qondirish uchun o‘zining avtomobil sanoatini yaratish yo‘lidan bordi.
    1994 yil 17 martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №143 sonli qarori bilan O‘zbekiston Davlat qishloq xo‘jalik va avtomobil mashinasozlik-qishloq xo‘jalikmash-konserni O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari asotsiatsiyasi «O‘z-avtosanoat» ga aylantirildi.
    Hozirgi kunda «O‘zavtosanoat» o‘z tarkibiga 37 dan ortiq yirik va o‘rta korxonalarni jamlashtirgan. O‘z navbatida bu korxonalar yuzdan ortiq yuridik shaxslarni o‘z ichiga qamrab olgan va ular Janubiy Koreya, Turkiya, Italiya, Germaniya, Gollandiya, Xitoy, AQSH va MDX dan keltirilgan xorijiy sarmoyalar va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.
    «O‘zavtosanoat» asotsiatsiyasida bir qancha zamonaviy texnologiyalarga mos qurilmalar bilan jihozlangan qo‘shma korxonalar tashkil etilgan:
    Respublikada Avtomobilsozlikni ishlab chiqarish bazasini yanada rivojlantirish va importni miqdorini kamaytirish maqsadida quyidagi qo‘shma korxonalar tashkil qilish rejalashtirilgan. «O‘zkodji» qo‘shma korxonasi (avtomobil elektr simlarini ishlab chiqarish).
    Doimiy o‘sib borayotgan avtomobilar sonini ko‘payishi atrof-muhitga va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, 1 ta avtomobil 1 soatlik ish jarayonida 50-70m3 chiqindi gazlarni hosil qiladi va ularning tarkibida 200 dan ortiq zararli kimyoviy birikmalar mavjud (uglerod oksidi, azot oksidiuglevodorodlar, adlegidlar, ikki oksidli uglerod, oltin gugrut gazi, qurum, qo‘rg‘oshin birikmalari, benzopirin va hokazo.)
    Avtotransport chiqindilari tarkibiga kirivchilarning eng katta hissasini uglerod oksidi, azot birikmalari, uglevodorodlar va qurum tashkil qiladi (uglerod oksidi 87-98%, uglevodorodlar 82-96%, azot oksidlari 19-73%).
    Amerikalik olimlarning aniqlashicha havoning ifloslantiruvchi moddalarning umumiy miqdorini 55% avtotransport vositalarining chiqindilariga to‘g‘ri kelib, uning 90% esa SO gazidir.
    Havoga chiqarilgan uglerod oksidi 4 oy mobaynida saqlanib qoladi (100). Shahar magistrallarida qisqa vaqt davomida tashlangan chiqindi gazlar, ayniqsa uglerod oksidining miqdori 250-500 mgm3. gacha yetadi. Shu bilan birga, avtomobil dvigatelining ishlashi natijasida hosil bo‘ladigan shovqin ham odamlarning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari yuqori tezlikka ega bo‘lgan avtomobillar yo‘lda harakatlanayotgan odamlarning hayotiga xavf tug‘diradi.
    Avtomobillarning hamma salbiy ta’sirini yo‘q qilish qiyin, lekin bu ta’sirni sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Buning uchun dvigatelning ish rejimini aniq tanlash va yonilg‘i aralashmalarini tayyorlovchi apparatlarni rostlash, dvigatelni suyuqlashgan aralashmada ishlatish, elektron boshqaruv tizimini qo‘llash, ishlatib bo‘lingan gazlarni tashqi muhitga chiqarish oldidan filqtrlash va neytrallash yo‘llari bilan undan chiqayotgan zaharli gazlar miqdorini kamaytirish mumkin. Bu borada dvigatellarning konstrukg‘iyasini mukammallashtirish, yangi turdagi yonilg‘ilardan foydalanish, «elektromobil», «quyoshmobil», gibrid uzatmali avtomobillar, velomobillar yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
    Shaharlardagi hosil bo‘ladigan shovqinning asosiy manbai avtomobildir. Shovqin asosan dvigatelning ishlashidan va g‘ildirak shinalarining yer bilan ta’siridan hosil bo‘ladi. Eng katta shovqin dizel dvigatelli yuk avtomobillaridan hosil bo‘ladi.
    Shovqinlarni kamaytirish bo‘yicha asosiy yo‘nalish so‘ndirgichlarning yangi konstruksiyalarini yaratish va g‘ildirak shinalarini konstruksiyalarini takomillashtirishdir. Ma’lumki avtomobil transporti neft maxsulotlarining asosiy iste’molchisidir. Avtomobil korxonalarida hosil bo‘lgan neft mahsulotlari chiqindilari, ishlatilgan suv tarkibida oqar suvlarga tushib, suv havzalarini zaxarlashi, ifloslangan suv inson salomatligiga va tabiatga katta zarar yetkazishi mumkin. Buning oldini olish uchun Respublikamizda katta ishlar qilinmoqda, jumladan suv havzalarini tozalash hamda suvlarni qayta ishlash masalalari hal qilinmoqda.
    Avtomobillar sonining o‘sishi yo‘l transport halokatlari-ning o‘sishiga olib keladi. Eng ko‘p hosil bo‘ladigan yo‘l transport halokat turlariga avtomobillarni o‘zaro to‘qnashuvi, transport vositalarining turg‘unligini yo‘qotishi, piyodalarga va yo‘l to‘siqlariga urilishi misol bo‘ladi.
    Bugungi kunda respublikamizda transport sohasining jadal rivojlanishi sohada faoliyat olib boruvchi mutaxassislarga bo‘lgan extiyojni oshiradi. Sohaga bilimli, salohiyatli va raqobatbardosh mutaxassislarni yetkazib berishda oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan “Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servisi” fanining ahamiyati katta. Quyida ushbu fanning maqsad va vazifalari shuningdek, fanni o‘qitishda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllanishiga samarali xissa qo‘shuvchi innovatsion ta’lim texnologiyalarining o‘rnini nazariy asoslarini o‘rgandik va tahlil qildik.

    Download 133,16 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




    Download 133,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati

    Download 133,16 Kb.