• 1*УКT-0,38-108УЗ
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali




    Download 161,7 Kb.
    bet5/14
    Sana02.02.2024
    Hajmi161,7 Kb.
    #150783
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Konchilik elektr mexanikasi”kafedrasi «Konchilik korxonalari ele-fayllar.org
    Hybrid-renewable energy systems in microgrids integration, developments and control ( PDFDrive ), 1427572, gipermatnlar yaratish va ishlash, 2 5454015403950874988-3[1], Биринчи бет, Astanov Axliddin, Asosiy makroiqtisodiy ko, 11-маъруза, Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, ,,,, Mavzu Erkin savdo va proteksionizm siyosati Reja, Tursunov Murodjon ingliz tilidan mustaqil ishi, Haqidagi fan, 0.В.И. Вешкурцев, Д.Г. Мирошин Практикум по дисциплине Оборудование отрасли, yakka tartibli ishchi reja
    2.2 Reaktiv quvvat kompensatsiyasi
    Reaktiv quvvatni kompensatsiyalash masalasi xalq xo’jaligi uchun katta ahamiyatga ega bo’lib, elektr ta’minoti tizimining foydali ish koeffitsiyentini oshirish, uning iqtisodiy va sifat ko’rsatkichlarini yaxshilashda asosiy omillardan biri hisoblanadi.
    Hozirgi vaqtda reaktiv quvvat iste’molining o’sishi aktiv quvvat iste’molining o’sishidan ancha yuqori bo’lib, ayrim korxonalarda reaktiv yuklama aktiv yuklamaga nisbatan 130% tashkil etadi.Reaktiv quvvatni elektr uzatuv liniyalari bo’ylab uzoq masofalarga uzatish, elektr ta’minoti tizimi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarining yomonlashuviga olib keladi.
    Sanoat korxonalarida reaktiv quvvatning asosiy qismini asinxron yuritgichlar (iste’mol qilinayotgan umumiy reaktiv quvvatning 60-65%), transformatorlar (20-25%), havo elektr uzatish liniyalari, reaktorlar, o’zgartgichlar (10% atrofida) va boshqa elektr iste’molchilar iste’mol qiladilar.
    Aktiv quvvat elektr stansiyalarning generatorlari tomonidan ishlab chiqilsa, reaktiv quvvatni esa, stansiyaning sinxron generatorlari, sinxron kompensatorlar, sinxron yuritgichlar, kondensator batareyalari, elektr uzatuv liniyalari va tiristorli reaktiv quvvat manbalari tomonidan generatsiya qilinadi. Elektr ta’minoti tizimini loyihalashtirish jarayonida, reaktiv quvvat koeffitsiyentining ko’rsatkichi bilan ishlash maqsadga muvofiqdir. Korxonaning reaktiv quvvat koeffitsiyenti qanday bo’lishligini energotizim hal qiladi, chunki reaktiv quvvatni kompensatsiyalash masalasi to’g’ri yechilganda iste’molchilar, elektr uzatuv liniyalari, elektr tarqatuvchi qurilmalar, transformatorlar, o’zgartgichlar va generatorlarni o’z ichiga olgan tizim ishining effektivligi ta’minlanadi.
    Reaktiv quvvatning elektr uzatuv liniyalari va transformatorlar orqali uzatish jarayoni elektr energiyasining qo„shimcha nobudgarchiligiga, kuchlanish yo’qotuvining oshishiga va elektr ta’minot tizimiga ketadigan sarf-xarajatlarning ortishiga olib keladi.
    Korxona elektr ta’minoti tizmining katta miqdorda reaktiv quvvat bilan yuklanishi, havo va kabel elektr uzatuv liniyalari kesim yuzasining oshishiga va transformatorlar quvvatlarining ortishiga olib keladi.
    Sanoat korxonalarida reaktiv quvvatni energotizimdan kam qabul qilishning ikki yo’li mavjud:
    - tabiiy usul;
    - maxsus kompensatsiyalovchi qurilmalarni ishlatish usuli.
    Birinchi navbatda tabiiy usullar asosida reaktiv quvvat iste’molini kamaytirishni ko’rib chiqish kerak, chunki bunda katta miqdordagi xarajatlar talab qilinmaydi.
    Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi texnik vositalarga quyidagi qurilmalar kiradi: kondensator batareyalari, sinxron yuritgichlar yoki kompensatorlar va ventilli statik reaktiv quvvat manbasi.
    Sinxronyuritgichlarqo’zg’atishtokiningmiqdorinominaldanoshirilgandareaktivquvvatishlabchiqariladi.
    Sinxronkompensatorsaltishrejimidaishlovchisinxronyuritgichbo’lib, o’qida
    mexanikyuklamabo’lmaydivaufaqatreaktivquvvatishlabchiqarishga
    mo’ljallangan.
    Sanoat korxonalarida kondensator batareyalari ko’p ishlatiladi. Ular 0,22; 0,38; 0,66; 6 va 10 kV li kuchlanishlarga mo’ljallangan bo’lib, bino ichkarisiga yoki tashqarisiga qo’yilishi mumkin. Kondensatorlar bir yoki uch fazali qilib ishlab chiqariladi.
    Kondensator batareyalarining reaktiv quvvatni kompensatsiyalashda keng ishlatishiga asosiy sabablar quyidagilardan iborat:
    - aktiv quvvatning solishtirma isrofi 0,005 kVt/kVArgacha kichik bo’lishi mumkin;
    - ekspluatatsiyasi va ta’mirlash ishlari oson bajariladi;
    - narxi nisbatan arzon;
    - og’irligi yengil;
    - shovqinsiz ishlaydi;
    - elektr iste’molchilar guruhining joylashgan maydoniga o’rnatish mumkin.
    Kondensator batareyalari uch fazali tarmoqqa uchburchak shaklida ulanadi.Bunday ulanganda har bir elementdagi kuchlanish qiymati yulduz sxema bo’yicha ulanishga nisbatan 3 marotaba katta bo’lib, ishlab chiqarilayotgan reaktiv quvvatning miqdori esa 3 marotaba ortiq bo’ladi.
    Kondensatorlar tarmoqdan uzilganda qoldiq zaryad avtomatik ravishda aktiv qarshilikka zaryadsizlanishi kerak. Zaryadsizlovchi qarshilik sifatida 6-10 kV kuchlanishlarda ikkita bir fazali kuchlanish transformatorlari, 0,38kV kuchlanishda cho’g’lanuvchi lampalar ishlatiladi.
    Nasosxona sexi uchun reaktiv quvvat kompensatsiya tadbiri o’tkazamiz.Bunda reaktiv quvvat manbasi sifatida kondensator batareyasini qo’llaymiz.
    - sex bo’yicha kondensator batareyasining hisobiy quvvatini aniqlaymiz:

    - Ph ga to’g’ri keladigan reaktiv quvvat koeffitsiyenti;


    - energotizim talab qiladigan reaktiv quvvat koeffitsiyenti, (hisoblashlar uchun cosφ=0,95 bo’lgan holatida =0,328 ga teng deb qabul qilingan).
    Yalpi quvvati kVArhamda1*УКT-0,38-108УЗ markali kondensator batareyalarni tanlaymiz.
    - sexning qoldiq reaktiv quvvatini hisoblaymiz:
    - sexning kompensatsiyadan keyingi hisobiy to’la quvvatini topamiz:

    - sex bo’yicha kompensatsiyadan keyingi quvvat koeffitsiyentini aniqlaymiz:

    - sexning kompensatsiyadan keyingi reaktiv quvvat koeffitsiyenti:

    Xuddi shu tartibda, qolgan sexlar uchun ham reaktiv quvvat kompensatsiyasi tadbirini o’tkazib, jadval ko’rinishida keltiramiz va natijalarini 3-jadvalga kiritamiz.



    Download 161,7 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 161,7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali

    Download 161,7 Kb.