86
Rasm 22. Microsoft Accessda jadval tuzish - ma‘lumotlari oynasi
Мастер таблиц (jadval ustasi) bilan jadval tuzish.
Jadval ustasi bilan ish yuritganda ekranda hosil bo‘lgan muloqot darchasida
namunaviy jadvallar ro‘yhati va bu jadvallarga mos bo‘lgan namunaviy jadval
maydonlari foydalanuvchiga taklif etiladi. Foydalanuvchi bu muloqot darchasida
mavjud bo‘lgan ixtiyoriy jadval va uning maydonlarini tanlab olib (maydonlarning
nomini o‘zgartirishi mumkin) yangi jadval tuzishi mumkin. Bunda maydonlarning
turi ham avtomatik ravishda maydon nomiga mos holda tanlanadi.
Xullas, maydon turini o‘zgartirish zarur bo‘lsa,
конструктор holatidan
foydalanib o‘zgartirish mumkin.
2.
Импорт (Boshqa ma‘lumotlar bazasi)dan jadvalni tanlash.
Bunda import qilinuvchi jadvalni tanlash uchun muloqot darchasida import
qilinuvchi
MB tanlab olinadi va undan foydalanuvchiga kerak bo‘lgan maydon
bo‘yicha ma‘lumotlar ajratib olinishi mumkin.