83
BOB-8. MBBT MS ACCESSDA ISHLASH
8.1. Microsoft Access ish darchasi
MBBT
Access ning barcha vazifalari va imkoniyatlarini o‘rganib uni
ishlatish texnologiyasi bilan tanishib chiqamiz, hamda olib boriladigan amaliy
mashg‘ulotlarni shu
MBBT da tashkil etishni tavsiya qilamiz. Buning uchun
avvalo
Microsoft Access bajaradigan vazifalari
, uning darchasi va ish yurituvchi
asosiy obyektlari bilan yaqindan tanishishga o‘tamiz.
Microsoft Access ish darchasi
Microsoft Office tarkibidagi
Microsoft Access piktogrammasi ustida
«sichqoncha» chap tugmasini 2 marta bossak, ekranda
Access darchasi paydo
bo‘ladi:
Darchaning birinchi satrida
MBBT nomi
Microsoft Access deb ifodalangan,
2-nchi satrda esa tavsiyanoma punktlari:
Файл, Правка, Вид, Вставка, Формат, Записи, Сервис, Окно ?
Uchinchi satrida
Standart paneli piktogrammalari joylashgan. Darchaning
keng qismi ishchi maydon hisoblanadi. Ishchi maydonda yuqoridagi muloqot
darchasi hosil bo‘ladi. Bu darcha yordamida biz yangi
MBni tashkil qilishimiz
yoki mavjud
MBni ochib ular ustida ishlashimiz mumkin.
Access darchasi
6 ta obyektdan iborat bo‘lib, asosan shular bilan ish
yuritiladi. Bular:
Таблица (jadval)
, Запрос (so‘rov)
, Форма (forma)
, Отчет
(hisobot)
, Макрос (makro buyruq)
va
Модул.