76
Ushbu jadvalni biror fayl (masalan, Telefon) ko‘rinishida kompyuter diskiga o‘tqazilsa,
telefon ma‘lumotnomasi - telefonlar ma‘lumot bazaga ega bo‘lami
7.3. Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlari.
Jadvalda ma‘lumotlarni kodlash. Ma‘lumotlar baza bilan ishlashning
xususiyatlaridan yana biri shundaki, jadvaldagi ustunlar va satrlar soni qancha ko‘p
bo‘lsa, ularni kompyuterga kiritish shuncha qiyinlashadi. Bu muammoni xal qilish
maqsadida jadval elementini jumlalarni ifodalovchi
kodlar sifatida kiritish
mumkin.
Ma‘lumotlarni kiritish ustunlarida belgi yoki jumlalar o‘rniga kodlar
kiritiladi va bir vaqtning o‘zida kodlarni ko‘rsatuvchi lug‘atlar beriladi. Lug‘atlar
shaklan boshqa jadvallardan farq qilmaydi. Masalan,
Toshkent traktor zavodini
608 kodi bilan belgilab, talab jadvalida bu zavodga tegishli bo‘lgan
barcha
ustunlarda 608 kodini ishlatishimiz mumkin va talablar lug‘ati jadvali qo‘yidagi
satrni kiritadi:
608-Toshkent traktor zavodi. (Agar operator 608 o‘rniga 708 yoki 609
sonini kiritsa, u boshqa nomdagi manzilga tushadi yoki hech narsa topa olmasligi
mumkin.
Jadval xar bir yozuv o‘zining bosh kalitiga ega bo‘lishi va uning qiymati
yagona bo‘lishi kerak. Masalan, telefon ma‘lumotnomasida
telefon nomeri bosh
kalit bo‘lib xizmat qiladi. Bosh kalitni, ko‘pincha birlamchi kalit deb atashadi.
BOSH KALIT – ma‘lumotlar bazada saralash ishlarining tez va aniq
bajarilishiga imkon beradigan jadvalning bir ustuni.
―Talabnoma‖ jadvalidagi talab nomeri bosh kalit bo‘lib xizmat qiladi.
Jadvalda talab nomerini ko‘rsatadigan bir xil nomer bo‘lishi
mumkin emas, aks
xolda jadval ma‘noga ega bo‘lmaydi.
―Xodimlar
jadvali‖
ning
bosh
kaliti
tabel
nomeri
bo‘lishi
mumkin.(Familiyasi bo‘lmaydi , chunki bir tashkilot bir xil familiya bir necha
kishi ishlatishi mumkin.)