70
«Мастер диаграмм» diagrammani yaratishga tayyorlaydi va bir necha
bosqichda ishlaydi. Bir bosqichdan keyingisiga o‗tish uchun «Далее» buyruq
tugmasidan foydalaniladi. Diagramma ustasining birinchi bosqichida diagrammaning
turi tanlanadi. Excel dasturi o‗nlab turli ko‗rinishdagi diagrammalarni yaratishga
imkon beradi. (21- rasm).
Agar diagramma ma‘lumotlar bazasi ko‗rinishidagi axborotlar asosida
yaratilayotgan bo‗lsa, unda keyingi bosqichda ishlatiladigan barcha axborotlar kerakli
katakchalarga avtomatik ravishda kiritiladi. Bundan keyin diagrammaning turli
qismlarining bezatilish o‗lchamlari tanlanadi. Оxirgi bosqichida tayyor diagrammani
joylashtirish uchun ish varaq (joriy varaq yoki alohida diagramma varag‗i) tanlanadi.
«Готово» tugmasi bosilgandan keyin diagramma yaratiladi.
Yaratilgan diagrammani formula sifatida ham qurish mumkin. Agar
diagrammani qurishda ishlatilgan ma‘lumotlarga o‗zgartirishlar kiritilsa, diagramma
ham o‗zgaradi. Tayyor diagramma, tanlash va o‗zgartirish mumkin bo‗lgan, qator
elementlardan iborat. Tanlangan element markerlar yordamida belgilanadi.
Markerda sichqonchaning o‗ng tugmasini bosib, kontekst menyuda «Формат»
punkti tanlanadi va ochilgan «Формат» muloqot oynasi yordamida diagramma
elementining mazmunini va bezatilishini o‗zgartirish mumkin bo‗ladi.