73
Masalan:
NA-Soxibov Anvar Tuychievich
DA- 700019, Toshkent shaxar G‘.Gulom kuchasi 34 uy
ED-oliy
FT -1998 yilda Angliyaga borgan.
Eng asosiysi shundaki Ma‘lumotlar bazani
yaratishdan maqsad hosil
qilingan ma‘lumotlardan foydalanish qulayligidir. Birinchidan, turli alomatlariga
ko‘ra axborotlarni tartiblash, 2-chidan, ixtiyoriy belgilariga ko‘ra
ajratib olish
oson. Matnli fayllar esa ma‘lumotlarni ma‘lumotlarni bunday tashkillashtirishni
amalga oshira olmaydi. Axborotlar tizimi vositasida qayta ishlash uchun jadval
ko‘rinishdagi ma‘lumotlar qulay xisoblanadi. Komputerning dasturiy ta‘minotiga
kiradigan dasturlar xotiradagi jadvallarni ―tanitdi‖. Kompyuter xotirasida jadval
sifatida
saqlanadigan fayllar, asosan kengaytmasi dbf (Data Base File) bo‘lgan
fayllardir.
Ma‘lumotlar bazadan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va
bunday dasturlar ma‘lumotlar bazani boshqarish tizimi deb ataladi (MBBT).
Ma‘lumotlar bazada axborotlar asosan matn va raqam ko‘rinishida saqlanadi.
Ma‘lumotlar bazani boshqarish tizimi vazifasiga ma‘lumotlar bazani
boshqarishning qo‘yidagi xususiyatlari kirishi mumkin:
- ma‘lumotlar bazaga kirish: foydalanuvchining talabiga javoban axborot
turidan kat‘i nazar unga qulay ko‘rinishda
javob berish;
- ma‘lumotlarni modifikasiyalash: berilgan axborotni foydalanuvchi talabiga
mos holda o‘zgartirish;
- ishonchlik darajasi: qurilmalar tasodifan to‘xtatilganda ma‘lumotlar bazaning
qayta tiklanish qobiliyati;
- ma‘lumotlarni himoyalash: ma‘lumotlar bazadan ruxsatsiz (sanksiyasiz)
foydalanishning cheklanganligi;
- ma‘lumotlar bazadan tarmoqda foydalanish: ma‘lumotlardan bir vaqtda bir
necha kishining (bir-biriga xalaqit bermasdan) foydalanish.
74
Komputerda qayta ishlanadigan ma‘lumotlar o‘z
kundalik turmushida
ishlatiladigan barcha axborotlarni oladi. Turli kasb egalari o‘zlariga kerakli bo‘lgan
ma‘lumotlar bilan ish yuritadi. Bunday ma‘lumotlarning eng asosiylari sonli
(raqamli) va belgili (matnli) axborotlar xisoblanadi. Odatda, xar qanday axborot
tizimini yaratish uchun bu ikki turdagi ma‘lumot shakli etarlidir,
chunki
foydalanuvchiga etqazilmoqchi bo‘lgan barcha axborot raqamlar yoki so‘zlardan
iborat bo‘ladi.
Ma‘lumotlarning turlari: Belgili ma‘lumot, sonli ma‘lumot, mantiqiy
ma‘lumotlar (Masalan, ―lampa yoniq‖ (TRUE) yoki ―lampa uchirilgan‖ (FALCE).