71
BOB-7: MA‘LUMOTLAR BAZASI (MB), MA‘LUMOTLAR BAZASINI
BOSHQARISH TIZIMLARI (MBBT).
7.1. Ma‘lumotlar bazasi haqida tushuncha
Komputerdagi ma‘lumotlar ma‘lumotlar bazada saqlanadi,
ular maxsus
dasturlar ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) yordamida
boshqariladi. Ma‘lumotlar bazani tashkil etuvchi elementlar turli ko‘rinishda
bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p tarqalgan va amaliyotda qo‘llaniladigan ma‘lumotlar
matnli fayllar xisoblanadi. Chunki Matnli fayllar orqali
turli axborotlar ifodalash
va
komputer
xotirasida
saqlash
mumkin.Komputer
asosidagi
ATning
ko‘rinishlaridan biri ma‘lumotlar baza (bazasi) xisoblanadi. Oddiy fayllardan farqli
ravishda ma‘lumotlar baza (MB) komputer xotirasida joylashgan axborotlarni
izlash va saralashni amalga oshirish imkoniyatiga ega. Ma‘lumotlar bazasi (MB)
deb, komputerning uzoq muddatli xotirasida saqlanayotgan
axborotlar va ular
ustida aniq bir ishlash usullariga imkon beradigan ma‘lumotlar yig‘indisiga
aytiladi.
Ma‘lumotlar bazada turli ma‘lumotlar saqlanishi mumkin. Masalan, poyezd,
samolyot, avtobuslarning xarakatlanish jadvali, do‘kon
yoki bazadagi
mahsulotlarning mavjudligi xaqidagi ma‘lumotlar, talaba, o‘qituvchi va xodimlar
xaqidagi ma‘lumotlar, kitoblar xaqidagi ma‘lumotlar va boshqa ma‘lumotlar
ma‘lumotlar bazaga misol bo‘la oladi.
Ma‘lumotlar bazani yaratish va uni ishlatish
uchun shaxsiy komputerdan
foydalanish shart emas. Masalan, tabibning qabulxonasidagi bemorlar
kartotekasini MO deb xisoblash mumkin. (Kartotekalar kog‘ozdan yoki
kartonlardan foydalanib bajarilgan bo‘lishi mumkin).
Ma‘lumotlar bazalarining eng sodda va keng
tarqalgan shakli jadval
ko‘rinishidir. MB bunday ko‘rinishi relyatsion tizim deb ataladi.
72
Relyatsion bazalar aniq sondagi ustunlarga ega bo‘lib, ularning xammasi
nomlarga ega bo‘ladi. Masalan, guruhdagi o‘quvchilar xaqidagi ba‘zi
ma‘lumotlarni qo‘yidagicha tasvirlash mumkin.