77
―Talabnoma‖ jadvalidagi talab nomeri haqida ma‘lumotlar
N
Ustun nomi
To‘la
nomlanishi
Turi
Uzunli gi
1. TAL-NOM
Talabnoma nomeri
Belgili
5
2.
TAL-KOD
Talabnoma kodi
Belgili
4
3. BANK-R
Talabgorning bank rekviziti
Belgili
40
4. HAJM
Talabnoma hajmi (kg)
Sonli
6
5. IJRO-S
Talabning ijro sanasi (kun yil
oy )
Sana
8
Ma‘lumotlar bazani yaratuvchilar ma‘lum doirada jadval tuzish va ularning
sonini tanlashni amaliyotda mustaqil xal kilishadi (tizimni
turli xil usullarda
loyixalash mumkin). Bunda ko‘zlangan asosiy maqsad – jadvallar miqdorining
mumkin qadar minimal bo‘lishi va turli xolatlarni xisobga olgan xolda jadvallarni
normallashtirishga erishishdir.
Buning moxiyati nimada?
Ma‘lumotlar bazadan unumli foydalanish uchun undagi axborotlarni izlash
va ulardan foydalanish qulay bo‘lishi kerak. Aks xolda ko‘zlangan
maksadga
erishish o‘rniga ma‘lumotlar o‘rnini topish uchun vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi.
o Iyerarxik yoki tarmoqli tuzilishga ega bo‘lgan ma‘lumotlarni Relyatsion
ko‘rinishga o‘tkazish jarayoni normallashtirish deyiladi.
o Sirtdan qaraganda bu jarayon juda sodda ko‘rinsa-da, uni amalga oshirish
anchagina murakkab vazifadir. Normallashtirish jarayonini «Talabnoma»
jadvalini yaratish misolida ko‘rib chiqamiz.
Ma‘lumki, ma‘lumotlar bazani yaratishda jadvalning asosiy kaliti bo‘lishi
kerak. Kerakli axborot ana shu asosiy kalitga ko‘ra izlanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan
jadvalga «Talabgorning rekvizitlari»
deb ataladigan satr kiritilib, uning qiymati
talabgor kodining qiymati bilan aniqlanadi. Lekin talab nomeri – jadval kalitiga
bog‘liq emas. Bunday xollarda axborotning yuqolishi ro‘y beradi,
chunki biror
talabgor nomeri yo‘qotilsa, u bilan birga talabgorning rekvizitlari xam yuqoladi.
Yana bir muammo shundaki, bir xil rekvizitlarni o‘nlab (balki yuzlab) marta
78
kiritish natijasida nafaqat
ortiqcha ishni bajarishingiz, balki ko‘plab xatoliklarga
yo‘l quyishingiz mumkin.
Shuning uchun, «Talabnoma» jadvalidan «Rekvizitlar ustunini olib, uni
talabgor nomi bilan taklif lug‘atiga kiritamiz. Bu lug‘atda
muayyan talabgorning
rekvizitlari bir marta ko‘rsatiladi. Kelgusida bu rekvizitlar nafaqat «Talabnoma»
faylida, balki talabgorning kodi bo‘lgan boshqa fayllarda xam ishlatilishi mumkin.
Etarli ko‘nikmaga ega bo‘lgan odam ma‘lumotlarni normallashtirishni
amalga oshira oladi. Bunda eng asosiysi, bosh kalit bilan bevosita bog‘lanmagan
ustunlarni yuqotishdir.
Foydalanuvchilar ma‘lumotlarni normallashtirishda,
jadvaldagi ustunlar
sonini belgilashda qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Misol tariqasida tuzilishi bo‘yicha Relyatsion tizimga ega bulgan xodimlar
to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bazani ko‘rib chiqamiz.