79
o
Ob‘ektning xar xil hajmdagi axborotga ega elementlari takrorlanadigan
guruhlar deyiladi. Agar xar bir takrorlanadigan gurux uchun o‘z kalitiga ega
bo‘lgan alohida jadval hosil qilinsa, masalani yechish osonlashadi.
Masalan, uchta ustundan iborat MUKOFOT jadvalini tuzish mumkin:
Jadval 12
Xodimlarga mukofot to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bazani
Tabel nomeri
Taqdim sanasi
Mukofot kodi
...
...
...
Bu jadvalda Nomer + Sana jadvalning bosh kaliti xizMatni o‘taydi. dbf
fayllaridagi ma‘lumotlarni shartli ravishda ikki guruxga ajratish mumkin:
o‘zgaruvchan va doimiy ma‘lumotlar. Bu guruxlar faqat ma‘lumotlarni qayta
ishlash va ularning yangilanish chastotasi bilangina bir-biridan farq qiladi.
Ma‘lumotlar bazadagi o‘zgaruvchan ma‘lumotlar eng ko‘p qo‘llaniladigan
ma‘lumotlar xisoblanadi. Chunki ular tez-tez o‘zgartirib turiladi (ba‘zan xar kuni
yoki xaftada bir marta). Masalan, metallarni qayta ishlash mahsulotlariga bo‘lgan
talablar faylida doimiy o‘zgarish bo‘lib turadi.
Bunday axborot tizimlarida
qotishma turlari kam o‘zgaradi, lekin uning metalldagi tashkil etgan qismi (foizi)
o‘zgarib turadi.
Ba‘zi parametrlar - nomlanish, o‘rtacha og‘irligi, issiklik sig‘imi va
boshkalar uzoq muddat o‘zgarmay qoladi. Ular ma‘lumotlar bazadagi doimiy
ma‘lumotlar deb ataladi.
Relyatsion jadvalga katta hajmga ega bo‘lgan ma‘lumotlarni kiritishda ba‘zi
satr qiymatlarini bir necha bor qayta ishlatish xollari uchrab turadi. (Masalan,
firmalarning kodlari, talabgorning rekvizitlari va h.k.).
Ko‘pgina dasturlarda takrorlanadigan guruxlarni kiritish texnologiyalari
mavjud va ular orkali berilgan axborotlarning birortasi yuqotilmasdan satrlarga
o‘tkaziladi.
Masalan, MS Office paketidagi
Excel dasturidan foydalanib, ma‘lumotlar
baza tuzishda berilgan satr yoki ustundagi qiymatlarni qayta kiritishda
80
«Kopirovat» buyrug‘idan foydalanish mumkin. Bu buyrak orqali biror
katakchadagi qiymatlar buferga (vaqtinchalik saqlash uchun) o‘tkaziladi. Buferda
shaklanayotgan ma‘lumotlarni esa ko‘p marta ishlatish mumkin. Buning uchun
qiymat kiritiladigan katakcha tanlanib, «Vstavit» buyrug‘ining berilishi etarli.
Xuddi
shuningdek, ―Kopirovat‖ buyrug‘i yordamida ma‘lumotlar guruxi
nusxalanishi mumkin.
Tizimlar sistemalar deganda, yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida
xam yaxshi, xam o‘zaro bog‘langan tarzda faoliyat ko‘rsatadigan bir necha turdagi
elementlar majmui tushuniladi.
Informatilada ―tizim‖ tushunchasi ko‘proq texnik vositalar va dasturlar
to‘plamiga nisbatan ishlatilinadi. Axborotlarni shakli va mazmuniga ko‘ra turlariga
ajratish, ularni saqlash, izlash vakata ishlash prinsiplariga
qayta ishlashda
qo‘llaniladigan usullar shaxslar xamda vositalarning o‘zaro bog‘langan majmuiga
axborot tizimi deyiladi. Axborot tizimining asosiy vazifasiga berilgan turdagi
axborotni izlash uni kayta ishlash va qisqa vaqt ichida kerakli joyga uzatish
masalalarini xal qilish kiradi.
Axborot tizimlari oddiy xisoblash ishlari uchun emas, ma‘lumotlarni
avtomatik izlash va tanlash (saralash) masalalarini xal kilishga mo‘ljallangan.
Axborotni izlash nima? Masalan, aytaylik kutubxonadan Abdulla Qodiriyning
―O‘tgan kunlar‖ romanini izlayapsiz. Bu kitobni izlashni
kutubxonadagi alifboli
katalogdan boshlaysiz va unda faqat muallif nomiga e‘tibor berasiz. Kartochkalar
ichida bir necha ―A.Qodiriy‖ larni topasiz, ulardan kitob nomini izlaysiz. Shu
tartibda izlanayotgan kitobning bor yoki yuqligini aniqlaysiz.
Umuman, kutubxonadan kerakli adabiyotni izlashda alifboli katalog, tizimli
katalog, mualliflar ism va shariflari bo‘yicha katalogdan foydalaniladi.
Xozirgi davrda axborotlarni izlash va saralash amallari shunchalik rang-
barangki, ularni sanab chikish u yoqda tursin, turlarga ajratish xam mushkul.
Axborot tizimlari o‘zi xizmat qiladigan soha doirasidagi belgilangan xar qanday
savolga javobni avtomatik izlashga va topishga mol‘jallanadi. Odatda izlash sharti
faqat foydalanuvchining xoxishiga bog‘liq bo‘ladi.
Beriladigan savollar
81
komputerga kiritilgan ma‘lumotlar bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi, aks xolda
beriladigan savollar javobsiz qolishi tabiiy. Axborotni izlash jarayonini axborot
tizimlarida andozalar orqali amalga oshiriladi. Andoza ko‘rinishi turli dastur uchun
turlicha bo‘lishi mumkin. Quyidagi ma‘lumotlarni izlashning asosiy boshqarish
menyusi keltirilgan.
Andoza asosida ishlash tartibini asosiy boshkarish menyusi orqali
quyidagicha belgilash mumkin:
Kalitlar
Andoza
Kiritish/chiqarish
Birinchi
qator tanlanganda, asosiy kalit (so‘zlar) ekranda hosil bo‘ladi va
foydalanuvchi ulardan keraklisini PgUp, PgDoun, kursiv va h.k tugmachalaridan
foydalanib tanlaydi. Kerakli kalit tanlagach, unga mos andoza ekranga chiqadi
(ya‘ni ish tartibi o‘rnatiladi), so‘ngra (lozim bo‘lsa)
andozadagi axborotlarni
o‘zgartirib yoki o‘zgartirmagan xolda undan foydalaniladi.
Ma‘lumotlar bazadan kerakli satrni tez topish uchun jadvaldagi ma‘lumotlar
berilgan kalit bo‘yicha tartibga keltiradi (alifbo bo‘yicha, qiymatlarning kamayishi
yoki ortishi bo‘yicha).
Telefon ma‘lumotnomasidan iborat quyidagi jadval, bosh kalit (telefon
nomeri) qiyMatning o‘sishi bo‘yicha tartiblangan: